Alibekova Mahzuna Alisher qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi to‘g‘risida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Motivatsion yondashuv asosida talabalarning auditiv kompetensiyasini takomillashtirish metodikasi (xorijiy til va adabiyoti yo‘nalishi misolida)”, 13.00.02 — Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.1.PhD/Ped9945.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Guliston davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Pazilov Abdushohit Abduvoeitovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, ilmiy kengash raqami: Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti, DSc 01/2025.27.12.Ped.03.04.
Rasmiy opponentlar: Xoliqov A’zam Abdusalomovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Djuraeva Nilufar Baxtiyarovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi motivatsion yondashuv asosida talabalarning auditiv kompetensiyasini takomillashtirish metodikasining samaradorligini ilmiy-metodik jihatdan asoslash hamda uni “Xorijiy til va adabiyoti” ta’lim yo‘nalishi talabalarining ta’lim jarayoniga tatbiq etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
chet tili ta’limida motivatsion yondashuvning nazariy-metodologik asoslari hamda talabalarning auditiv kompetensiyasini takomillashtirishning didaktik imkoniyatlari kommunikativ til o‘qitish (CLT), differensial yondashuv, kontekstga asoslangan o‘qitish, interfaol mashg‘ulotlar, refleksiv tahlil va audio-multimedia vositalari orqali tinglash ko‘nikmalarni rivojlantirishning konseptual asoslari aniqlangan;
talabalarning auditiv kompetensiyasi va motivatsion holatini real vaqt rejimida baholovchi (Web-based platforma, adaptiv test mexanizmi, real-time monitoring, bulutli ma’lumotlar bazasi) adaptiv raqamli platformasi va sun’iy intellekt asosida motivatsion profillarni avtomatik aniqlovchi algoritm ishlab chiqilgan;
motivatsion yondashuv asosida talabalarning auditiv kompetensiyasini takomillashtirishning pedagogik modeli, motivatsion, kompetensiyaviy, shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim, faoliyatga asoslangan yondashuv,konstruktivistik yondashuv hamda ichki, tashqi, o‘z-o‘zini motivatsiyalash kabi komponentlarni birlashtirgan holda takomillashtirilgan;
motivatsion yondashuv asosida talabalarning auditiv kompetensiyasini rivojlantirish metodikasining samaradorligi kommunikativ til o‘qitish metodi, topshiriq asosida til o‘qitish metodi, to‘g‘ridan-to‘g‘ri metod, audio-lingual metod, zamonaviy kommunikativ yondashuvlar, shuningdek, reseptiv, reproduktiv va produktiv topshiriqlar hamda samarali autentik materiallardan foydalanish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Motivatsion yondashuv asosida talabalarning auditiv kompetensiyasini takomillashtirish metodikasi bo‘yicha olingan natijalar asosida:
chet tili ta’limida motivatsion yondashuvning nazariy-metodologik asoslari hamda talabalarning auditiv kompetensiyasini takomillashtirishdagi didaktik imkoniyatlarini kommunikativ til o‘qitish, differensial yondashuv, kontekstga asoslangan ta’lim, interfaol mashg‘ulotlar, refleksiv tahlil hamda audio-multimedia vositalari asosida tinglab tushunish ko‘nikmalarini rivojlantirishning konseptual asoslari orqali aniqlashtirishga oid tavsiyalar “English” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2026-yil 9-iyuldagi 11-05-4278/04-sonli ma’lumotnomasi). Natijada talabalarning auditiv kompetensiyasini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishga xizmat qiluvchi didaktik imkoniyatlarni aniqlashga erishilgan;
talabalarning auditiv kompetensiyasi va motivatsion holatini real vaqt rejimida baholashga xizmat qiluvchi veb-platforma, adaptiv test mexanizmi, real vaqt rejimidagi monitoring va bulutli ma’lumotlar bazasiga asoslangan raqamli platformani ishlab chiqish, shuningdek, sun’iy intellekt texnologiyalari asosida motivatsion profillarni avtomatik aniqlovchi algoritm yaratishga oid takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy institutida 2023–2025-yillarda bajarilgan “Tizim” shifrli amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2026-yil 9-iyuldagi 11-05-4278/04-sonli ma’lumotnomasi). Natijada motivatsion yondashuv asosida talabalarning auditiv kompetensiyasini rivojlantirish metodikasining didaktik ta’minotini tahlil qilish imkoniyatlari kengaytirilgan;
motivatsion yondashuv asosida talabalarning auditiv kompetensiyasini takomillashtirishga yo‘naltirilgan pedagogik modelni motivatsion, kompetensiyaviy, shaxsga yo‘naltirilgan, faoliyatga asoslangan va konstruktivistik yondashuvlar, shuningdek, ichki motivatsiya, tashqi motivatsiya va o‘z-o‘zini motivatsiyalash komponentlarini integratsiyalash asosida takomillashtirishga oid takliflar “English” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2026-yil 9-iyuldagi 11-05-4278/04-sonli ma’lumotnomasi). Natijada motivatsion yondashuv asosida talabalarning auditiv kompetensiyasini rivojlantirishga xizmat qiluvchi metodik texnologiyalardan foydalanish imkoniyati oshirilgan;
motivatsion yondashuv asosida talabalarning auditiv kompetensiyasini rivojlantirish metodikasini kommunikativ til o‘qitish metodi, topshiriq asosida til o‘qitish metodi, to‘g‘ridan-to‘g‘ri metod, audiolingval metod va zamonaviy kommunikativ yondashuvlar, shuningdek, reseptiv, reproduktiv va produktiv topshiriqlar hamda autentik audio materiallardan foydalanish asosida takomillashtirishga oid takliflar “English” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2026-yil 9-iyuldagi 11-05-4278/04-sonli ma’lumotnomasi). Natijada motivatsion yondashuv asosida talabalarning auditiv kompetensiyasini rivojlantirish metodikasining amaliy samaradorligi oshirilgan.
.

Yangiliklarga obuna bo‘lish