Kamalova Mahzuna Xusanovnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “XX asr jadid matbuotida xotin-qizlarning o‘rni va ishtiroki”, 10.00.09 Jurnalistika (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Fil4912.
Ilmiy rahbar: Tashpulatova Nazira Kurbanovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, DSc.03/2025.27.12 Fil.03.01.
Rasmiy opponentlar: Saidov Halim Amanovich filologiya fanlari doktori, professor (DSc); Karimov Bahodir Nurmetovich, filologiya fanlari doktori, professor (DSc).
Yetakchi tashkilot: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy Universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi XIX asr oxiri - XX asr boshlarida jadid matbuotida ishtirok etgan xotin-qizlar faoliyati, ijodi, ko‘targan mavzulari, mustaqil chop etgan nashrlarini o‘rganish, tadqiq etish, ularni milliy jurnalistika rivojidagi o‘rni va ahamiyatini ko‘rsatishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
XX asr jadid matbuotida xotin-qizlar masalasining milliy uyg‘onish, ma’rifatparvarlik va ijtimoiy transformatsiya g‘oyalari bilan bog‘liq publitsistik, itimoiy-ma’rifiy fenomen sifatidagi mohiyati dalillangan;
jadid matbuotida xotin-qizlarning ijtimoiy muhokama obektidan matbuot jarayonining faol ishtirokchisi, publitsistik fikr bildiruvchi muallif, ijtimoiy-ma’rifiy subekt darajasiga o‘tish evolyusiyasi aniqlangan;
“Alam-i nisvon”, “Suyumbika” jurnallari va “Ishiq” gazetasining jadidlar tomonidan xotin-qizlarga mo‘ljallangan maxsus nashrlar sifatida ta’sis etilishining ijtimoiy-ma’rifiy omillari, tashkiliy-huquqiy asoslari, funksional yo‘nalishlari asosida institutsional taraqqiyot tendensiyasi aniqlangan;
XX asr boshlarida xotin-qizlar publitsistikasining g‘oyaviy va ijodiy yo‘nalishi, mavzular ko‘lami, lingvopublitsistik ifoda vositalari va diskursiv xususiyatlari asosida jadid ayollar publitsistikasining konseptual modeli aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining amaliyotga joriy etilishi. XX asr jadid matbuotida xotin-qizlarning o‘rni va ishtiroki bo‘yicha olingan natijalar asosida:
XX asr jadid matbuotida xotin-qizlar masalasining milliy uyg‘onish, ma’rifatparvarlik va ijtimoiy transformatsiya g‘oyalari bilan bog‘liq ijtimoiy-madaniy fenomen sifatidagi tarixiy-kompramativ mohiyati borasidagi taklif va xulosalardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Tarix maydoni” ko‘rsatuvida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Ma’rifat” ijodiy birlashmasi” davlat muassasasining 2026-yil 26-fevraldagi 01-33/132-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur ilmiy yangilik asosida materiallar, intervular, tahliliy ko‘rsatuvlar tayyorlangan.
Jadid matbuotida xotin-qizlarning ijtimoiy muhokama obektidan matbuot jarayonining faol ishtirokchisi, publitsistik fikr bildiruvchi muallif, ijtimoiy-ma’rifiy subekt darajasiga o‘tish evolyusiyasi borasidagi taklif va xulosalardan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi faoliyatini samarali tashkil etish, ozbek adabiy muhitida xotin-qizlar ishtirokini kengaytirishga qaratilgan ma’rifiy tadbirlar, uchrashuvlar, konferensiyalar tashkil etishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining 2026-yil 13-fevraldagi №01-03/79-son ma’lumotnomasi). Natijada ayol ijodkorlar merosini tar’g‘ib etish hamda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar mazmunini kuchaytirishga ko‘maklashgan.
“Alam-i nisvon”, “Suyumbika” jurnallari va “Ishiq” gazetasining jadidlar tomonidan xotin-qizlarga mo‘ljallangan maxsus nashrlar sifatida ta’sis etilishining ijtimoiy-ma’rifiy omillari, tashkiliy-huquqiy asoslari, funksional yo‘nalishlari asosida institutsional taraqqiyot tendensiyasi haqidagi taklif va xulosalardan O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi tomonidan tayyorlanayotgan ilmiy-ma’rifiy nashrlar, ko‘rgazma materiallari, ma’ruzalar va targ‘ibot ishlari jarayonida amaliy manba sifatida foydalanilgan (O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining 2026-yil 16-fevraldagi №05-14/105-son ma’lumotnomasi). Natijada Markaz tomonidan tayyorlanayotgan ilmiy ma’rifiy nashrlar, ko‘rgazma materiallari, ma’ruzalar va targ‘ibot ishlari jarayonida amaliy manba sifatida qo‘llanilgan.
O‘zbekistonda ilk ayollar nashri bo‘lgan “Yangi yo‘l” jurnalining tadrijiy va tashkiliy xususiyatlari, o‘zbek ayollar matbuotining shakllanish bosqichlari borasidagi ilmiy xulosalardan “Saodat” jurnalining 2025-yilda bo‘lib o‘tgan 100 yillik tantanalari munosabati bilan o‘tkazilgan “Saodat – bir asrlik yo‘l!” ilmiy-amaliy konferensiyasi jarayonida, “Saodat – ayollar ovozi” kitob-albomida amaliy foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining 2026-yil 24-apreldagi 02-02/852-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur ilmiy-nazariy xulosalar Xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan zamonaviy ayollar nashrlarida tarixiy materiallar tayyorlash, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazish jarayonida ilmiy-amaliy manba sifatida xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish