Xushvaqov Shokir Shavkat og‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
1. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Ekspluatatsiyadagi ko‘priklarda favqulodda vaziyatlar xavfini baholash va erta ogohlantirish tizimini takomillashtirish” mavzusidagi 05.10.02 – “Favqulodda holatlarda xavfsizlik. Yong‘in, sanoat, yadro va radiatsiya xavfsizligi” 05.09.02 – “Geotexnika (Ko‘priklar, transport tonnellari va metropolitenlar) ixtisosliklari tutashligida (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: №B2026.2.PhD/T6909.
Ilmiy raxbarlar: texnika fanlari doktori (DSc), dotsent. Sunnatulla Baxadirjanovich Gaibnazarov, texnika fanlar bo‘yicha falsafa doktori, (PhD), dotsent, Zokirov Faxriddin Zohidjon o’g‘li;
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi xodimlarning malakasini oshirish markazi huzuridagi ilmiy kengash qoshidagi bir martalik ilmiy kengash PhD.34/2025.27.12.T.01.01.
Rasmiy opponentlar: Artyom Lityaga Valerivech, texnika fanlari falsafa doktori, dotsent; Rahimjonov Ziyovuddin Qahramon o‘g‘li, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: respublikamizdagi ekspluatatsiya qilinayotgan avtoyo‘l temirbeton ko‘priklarining joriy holatini hisobga olgan holda, ehtimoliy favqulodda vaziyatlardan erta ogohlantirish tizimini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ko‘priklarning yuk ko‘tarish qobiliyatini uzluksiz tizimli ravishda baholash, buzilish, nurash kabi xavfli omillarini erta ogohlantirish rejimida uzatiladigan ma’lumotlar monitoringi asosida yuklanish darajasi, seysmik ta’sirlar va xavf chegaralarini aniqlash usuli ishlab chiqilgan;
ko‘prik inshootlarida yuzaga keluvchi siljish, chukish, kuchlanganlik deformatsion xususiyatlarining xavfli omillaridan favqulodda vaziyatlardan erta aniqlash, tezkor xabar berish rejimida ishlovchi ma’lumotlarni taxlil qilish asosida qayta ishlash algoritmi ishlab chiqilgan;
ko‘priklarning yuk ko‘tarish qobiliyatiga, xususan, doimiy va vaqtinchalik yuk miqdori, yuklanish intensivligi, deformatsiya va xavf ko‘rsatkichlariga asoslangan integratsiyalashgan ogohlantirish tizimi, avariya qutqaruv ishlarini tashkillashtirish mexanizmlarining asosiy usullarining optimal variantlari takomillashtirilishiga erishilgan.
favqulodda holatlarni baholashning zamonaviy usullarini yuk ko‘taruvchanlik modeli bilan uyg‘unlashtirish orqali inshootlarning xavfsizlik darajasini erta ogohlantirishlarda prognozlash favqulotda qidiruv qutqaruv bo‘linmalarining xarakatlarini sodir bo‘lgan holatga oldindan muvofiqlashtirishning optimal variantlari ishlab chiqilishiga erishilgan.
Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ekspluatatsiyadagi ko‘priklarda favqulodda vaziyatlar xavfini baholash va erta ogohlantirish tizimini takomillashtirish bo‘yicha o‘tkazilgan ilmiy-tadqiqot ishi natijalari asosida.
Ko‘priklarning mustahkamligini oshirish va ekspluatatsiyadagi ko‘prik inshootlarini holatini erta ogohlantirish rejimida nazorat qilish tizimini favqulotda vaziyatlar markaziy dispetcherlik xizmati tizimiga integratsiyalash orqali xavfli holatlarni erta aniqlash va avariya ehtimolini kamaytirish mexanizmi va usullari joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Favqulotda vaziyatlar vazirligining 2026-yil 13-apreldagi, 3/4/10-1786-sonli ma’lumotnomasi).
Natijada, mahalliy sharoitlarni inobatga olgan holda uzluksiz monitoring tizimi avtomatik tarzda har qanday xavf darajasini baholashi, ogohlantirish signallarini generatsiya qilishi va markaziy dispetcherlik xizmatiga erta ogohlantirish rejimida ma’lumotlarni uzatishda inson omiliga bog‘liq subektiv baholash ehtimoli, ushbu integratsion ogohlantirish tizimi ko‘priklarning yuk ko‘tarish qobiliyatini monitoring qilib, nuqson va shikastlanishlarning rivojlanish tendensiyasiga asoslangan avtomatik ogohlantirish orqali potensial zarar miqdorini minimallashtirish imkonini bergan.