Toshpulatov Sirojiddin Furqat o‘g‘lining

Falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Fotoelektrik tizimlardan foydalanish samaradorligini ularning konstruktiv elementlarini takomillashtirish orqali oshirish”, 05.05.06 - Qayta tiklanadigan energiya turlari asosidagi energiya qurilmalari
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/T4253
Ilmiy rahbar: Abdiev Umirbek Begmatovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat texnika universiteti, PhD.03/2025.28.11.T.16.01
Rasmiy opponentlar: Payzullahonov Muhammade-Sultonxon Saidvalixonovich - texnika fanlari doktori, professor. Nematov Shuhrat Nasillo o‘g‘li - texnika fanlari falsafa doktori, dotsentEtakchi tashkilot: Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqot maqsadi: konstruktiv elementlari takomillashtirilgan fotoelektrik tizimlarni ishlab chiqish va ularning asosiy elektr va issiqlik parametrlarini tadqiq qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
fotoelektrik batareyani sovitishda issiqlik kontaktini yaxshilash uchun tannarxi arzon va unumli sovituvchi bir kamerali issiqlik kollektori ishlab chiqilgan;
fotoelektrik-issiqlik qurilmasida issiqlik kollektori issiqlikka chidamli, yuqori issiqlik o‘tkazuvchanlikka ega bo‘lgan metalldan tayyorlangan, reflektorlari yuqori nur qaytarish koeffitsientiga ega alyukabond materialidan tayyorlangan qurilma ishlab chiqilgan;
fotoelektrik-issiqlik qurilmasining elektr parametrlarini regressiya metodida tahlil qilish dasturi ishlab chiqilgan;
FEB yuzasiga tushuvchi quyosh radiatsiyasi va FEB o‘rtacha haroratidan foydalanib, fotoelektrik batareya elektr quvvatini baholovchi empirik tenglama yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarning joriy qilinishi. Fotoelektrik batareya samaradorligini oshirish uchun ishlab chiqilgan fotoelektrik-issiqlik qurilmalaridan olingan natijalar va intensiv bog‘lar yaratish uchun quyosh fotoelektrik stansiyalaridan foydalanish asosida:
bir kamerali fotoelektrik-issiqlik qurilmasi Termiz davlat universiteti Nazariy fizika kafedrasiga qarashli “Muqobil va qayta tiklanuvchi energiya manbalari fizikasi” laboratoriyasida qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 3-martdagi № 4/17-2024-506-024-son ma’lumotnomasi). Natijada Fizika ta’lim yo‘nalishi (bakalavriat) va Qayta tiklanuvchi energiya manbalari va barqaror atrof-muhit fizikasi mutaxassisligi (magistratura) yo‘nalishidagi ayrim fanlardan ma’ruza, amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlarining sifat darajasini oshirishga erishilgan;
Termiz davlat universiteti hududida joylashgan tarmoq quyosh fotoelektrik stansiyalari monitoring ko‘rsatkichlari asosida ishlab chiqilgan fotoelektrik-issiqlik qurilmasidan Termiz davlat universiteti “70530905-“Yarimo‘tkazgichlar fizikasi” mutaxassisligi bo‘yicha magistratura yo‘nalishida “Yarimo‘tkazgichlar optik va fotoelektrik xossalari” fanini, “70530904-“Qayta tiklanuvchi energiya manbalari va barqaror atrof-muhit fizikasi” mutaxassisligi bo‘yicha magistratura yo‘nalishida “Quyosh energetikasi materialshunosligi”, “Quyosh elementlari va batareyalari” fanlarini o‘qitishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 2-oktabrdagi № 4/17-4/4-18331-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu magistratura yo‘nalishlaridagi ma’ruza, amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlarining sifat darajasini oshirishga erishilgan;
mahalliy elektr tarmoqlaridan uzoqda joylashgan hududlarda intensiv bog‘dorchilik, dehqonchilik uchun suv chiqarishda quyosh fotoelektrik tizimlardan foydalanish samaradorligini oshirish “Surxon Meva Marjon” fermer xo‘jaligida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024-yil 11-oktabrdagi № 05/04-04-495-son ma’lumotnomasi). Natijada energiya ta’minotida foydalanilgan dizel generatori bilan taqqoslanganda tizim o‘zini iqtisodiy qoplash muddati 3,5 yilni tashkil etgan va tizim xizmat ko‘rsatish muddati 20 yilni tashkil etishi aniqlangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish