Xallieva Salima Mammatrasulovananing

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Nanozarrachali tarkiblar asosida sellyuloza tutgan materiallar yonuvchanligini kamaytirish usullarini takomillashtirish”, 05.10.02 – “Favqulodda holatlarda xavfsizlik. Yong‘in, sanoat, yadro va radiatsiya xavfsizligi” ixtisosligi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/T2984
Ilmiy rahbar: Dusmatov Xashim Mamatkarimovich, kimyo fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi, DSc.19/2025.27.12.T.01.01.
Rasmiy opponentlar: Rafikov Adxam Salimovich, kimyo fanlari doktori (DSc), professor, Saidov Muxiddin Sadirovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat Texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ultratovushli ta’sir, mayin dispersli kremniy (IV) oksidi va aerosil-380 nanozarrachalarini qo‘llash orqali sellyuloza tarkibli materiallar yonuvchanligini kamaytirish usullarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
aerosil-380 nanozarrachalarini maqsadli modifikatsiyalash orqali ularning matolarni olovbardoshlilik xususiyatlarini oshirish, nanosuspenziyaning qovushqoqligi, oquvchanligi va barqarorligi o’rtasidagi o’zaro bog‘liqlik asosida sellyuloza tarkibli matolar yuzasida bir tekis taqsimlanib ularning ichki strukturasiga singish orqali olovdan himoyalovchi nanosuspenziyalarning maqbul tarkibi ishlab chiqilgan;
sellyulozali mato tolalarining ichki va tashqi tuzilmalariga modifikatsiyalangan aerosil-380 nanozarrachalarining joylashishi, tolalar yuzasida uzluksiz termik himoya qatlamini hosil qilishi va mustahkam birikishi natijasida matolarning barcha xossalari saqlangan holda ularning yonuvchanligi, alangani yuza bo‘ylab tarqalishi va tutun hosil qilish darajasining pasayishini aniqlash mexanizmining optimal variantlari ishlab chiqilishiga erishilgan;
sellyuloza tarkibli matolarning yong‘in-texnik xossalari, yonuvchanlik darajasi va tutun hosil qilish koeffitsienti 27-30% gacha kamaygan, kislorod indeksi 29,2% gacha oshirilgan, mustaqil yonish davomiyligi 94% gacha, ochiq olov ta’sirida kuyish darajasi 85–90% gacha kamayishi ko‘rsatkichlariga ega bo‘lgan olovbardosh yangi namunadagi matolar tarkibini olish usullari takomillashtirilgan;
sellyuloza tarkibli matolarning yong‘in-texnik xususiyatlariga modifikatsiyalangan aerosil-380 nanozarrachalarining ta’sirini kompleks baholash asosida olovdan himoyalashning maqbul texnologik parametrlari va samaradorlik mezonlari asosida, olovbardosh sellyuloza tarkibli matolarning resurs-tejamkor texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Nanozarrachali tarkiblar asosida sellyuloza tutgan materiallar yonuvchanligini kamaytirish usullarini takomillashtirish bo‘yicha amalga oshirilgan tadqiqotlar asosida:
aerosil-380 nanozarrachalarini maqsadli modifikatsiyalash orqali ularning matolarni olovbardoshlilik xususiyatlarini oshirish, nanosuspenziyaning qovushqoqligi, oquvchanligi va barqarorligi o’rtasidagi o’zaro bog‘liqlik asosida sellyuloza tarkibli matolar yuzasida bir tekis taqsimlanib ularning ichki strukturasiga singish orqali olovdan himoyalovchi nanosuspenziyalarning maqbul tarkibi, olovbardosh yangi namunadagi matolar tarkibini olish takomillashtirilgan usullari, ishlab chiqilgan olovbardosh sellyuloza tarkibli matolarning resurs-tejamkor texnologiyasi “AMUDAR TEXTILE” MChJ va “ZIF TEHTILE” MChJ to‘qimachilik korxonalarida joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining 2024-yil 03-iyul kunidagi 5/4/38-2125-son ma’lumotnomasi, O‘zbekiston Respublikasi Sanoat Xavfsizligi Davlat Qo‘mitasining 2024-yil 5-may kunidagi 04/732-son ma’lumotnomasi). Natijada, sellyuloza tarkibli matolarni aerosil-380 asosidagi nanosuspenziyalar bilan ultratovush ta’sirida modifikatsiyalash orqali ularning yong‘in-texnik xossalari yaxshilangan. Jumladan, kislorod indeksi 29,2% gacha oshgan, mustaqil yonish davomiyligi 50–55 soniyadan 2–3 soniyagacha qisqargan hamda ochiq olov ta’sirida kuygan qism ulushi 85–90% ga kamaygan. Ushbu ko‘rsatkichli matolardan foydalanish orqali yong‘inlarning tarqalishini cheklash hamda yetkaziladigan moddiy zararni kamaytirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish