Salimjonov Xazrat Akramjon o‘g‘lining

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Titan qo‘shilishi bilan yuqori marganesli po‘lat ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirish”, 05.02.01 – “Mashinasozlikda materialshunoslik. Quymachilik. Metallarga termik va bosim ostida ishlov berish. Qora, rangli va noyob metallar metallurgiyasi. (Quymachilik va metallarga ishlov berish texnologiyasi yo‘nalishi)” ixtisosligi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/T4880
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti xuzuridagi DSc.03/2025.27.12.T.02.04 raqamli Ilmiy Kengash.
Ilmiy rahbar: Sayfidinov Oxunjon Odilovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Rasmiy opponentlar: Dunyashin Nikolay Sergeevich, texnika fanlari doktori, professor; Begatov Jahongir Muxammadjonovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat transport universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Titan qo‘shilishi bilan yuqori marganesli po‘lat ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
110G13L markali po‘latni ferrotitan bilan modifikatsiyalash texnologiyasi titan elementini qotishma tarkibiga singishi asosida ishlab chiqilgan;
110G13L markali po‘lat mirkotuzulishi yaxshilash texnologiyasi titanning qotishma mikrotuzlishidagi yirik ustunsimon austenit donachalarini maydalashi asosida ishlab chiqilgan;
110G13L markali po‘latni mexanik xossalarini oshirish texnolgiyasi titanning po‘latni qotish jarayonida kristallanish markazlarini ko‘payishi asosida ishlab chiqilgan;
110G13L markali yuqori maganesli po‘latni qum-gilli qoliplarga quyish jarayonida strukturaviy bir xillikni (gomogenlikni) ta’minlash texnologiyasi titan karbidlarining don chegaralarida bir tekis taqsimlanishi asosida ishlab chiqilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Titan qo‘shilishi bilan yuqori marganesli po‘lat ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
110G13L markali po‘latni titan elementi bilan modifikatsiyalash texnologiyasi “Navoiy mashinasozlik zavodi” IChBga joriy qilingan (Navoiy kon-metallurgiya kombinati AJning
26.02.2025-yildagi 23/01-01-07/160 sonli ma’lumotnomasi). Joriy qilish natijasida ishlab chiqarilgan detallarning eyilishbardoshliligi 9–11% ga oshgan.
110G13L markali po‘latni ferrotitan bilan pech ichida ishlov berish texnologiyasi “Navoiy mashinasozlik zavodi” IChBga joriy qilingan (Navoiy kon-metallurgiya kombinati AJning
26.02.2025-yildagi 23/01-01-07/160 sonli ma’lumotnomasi). Joriy qilish natijasida qotishmaning zarbiy qovishqoqligi 10–12% ga oshgan.
Titan elementini 110G13L markali po‘lat tarkibiga yuqori haroratlarda kiritish texnologiyasi “Navoiy mashinasozlik zavodi” IChBga joriy qilingan (Navoiy kon-metallurgiya kombinati AJning
26.02.2025-yildagi 23/01-01-07/160 sonli ma’lumotnomasi). Joriy qilish natijasida ishlab chiqarilgan detallarning xizmat muddati 10–12% ga oshgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish