Shukurova Sevara Ilhomovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Tibbiy radiologiya fanini o‘qitishda pedagogik muloqot orqali tanqidiy-operativ tafakkurni o‘stirish metodikasi”. 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (tibbiyot).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Ped6675.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
Ilmiy rahbar: Kurbanova Gulnoz Negmatovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: Toshkent davlat tibbiyot universiteti huzuridagi DSc.06/2025.27.12.Tib.01.08 raqamli Ilmiy Kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash
Rasmiy opponentlar: Ergasheva Gulruxsor Surxonidinovna pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Xamidov Obid Abduraxmonovich, tibbiyot fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tibbiy radiologiya fanini o‘qitish jarayonida pedagogik muloqotni samarali tashkil etish orqali talabalarda tanqidiy-operativ tafakkurni rivojlantirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tibbiy ta’limda talabalarning tanqidiy-operativ tafakkurini rivojlantirishning pedagogik tizimi shaxsning individual-tipologik xususiyatlaridagi tashqi yoki ichki olamga yo‘nalganlik tipologiyasini tasniflash hamda muloqot sinxronizatsiyasidagi farqli jihatlarni belgilash asosida aniqlashtirilgan;
talabalarda tanqidiy-operativ tafakkurni rivojlantirish mazmuni tibbiy-pedagogik faoliyatning yo‘nalishlari, stimullari va motivatsion xususiyatlarini belgilash, shuningdek, pedagogning ta’lim strategiyalarini darajalash asosida takomillashtirilgan;
tibbiy radiologiya fanini o‘qitishda pedagogik muloqotni samarali tashkil etish orqali talabalarda tanqidiy-operativ tafakkurni rivojlantirish modeli metodik blok mazmunida shaxs kommunikativligining ambivert va introvert darajalariga muvofiq emotsional barqarorlik, empatiya hamda suhbatdoshini tinglay olish mezonlarini bosqichma-bosqich variatsiyalash asosida takomillashtirilgan;
talabalarda tanqidiy-operativ tafakkurni rivojlantirish metodikasi pedagogik muloqotni emotsional boshqarish, kommunikativ bag‘rikenglik va emotsional barqarorlikni diagnostika qilish hamda qayta aloqaga kirishish faolligini dinamik oshirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tibbiy radiologiya fanini o‘qitishda pedagogik muloqot orqali tanqidiy-operativ tafakkurni o‘stirish metodikasiga doir tadqiqot natijalari asosida:
tibbiy ta’limda talabalarning tanqidiy-operativ tafakkurini rivojlantirish pedagogik tizimiga doir takliflar «Tibbiy radiologiya» nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 6-sentyabrdagi 333-son nashrga ruxsatnomasi). Natijada, tibbiyot oliy ta’lim muassasalari talabalarida tanqidiy-operativ tafakkurni rivojlantirishga xizmat qiluvchi pedagogik tizimning zamonaviy yondashuvlari aniqlashtirilgan;
talabalarda tanqidiy-operativ tafakkurni rivojlantirish mazmuni, tibbiy-pedagogik faoliyatning yo‘nalishlari, stimullari va motivatsion xususiyatlari hamda pedagogning ta’lim strategiyalariga doir takliflar «Tibbiy radiologiya» nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 6-sentyabrdagi 333-son nashrga ruxsatnomasi). Natijada, pedagogik muloqotni samarali tashkil etish orqali talabalarda tanqidiy-operativ tafakkurni rivojlantirish jarayoni metodik jihatdan takomillashtirilgan;
tibbiy radiologiya fanini o‘qitishda pedagogik muloqotni samarali tashkil etish orqali talabalarda tanqidiy-operativ tafakkurni rivojlantirish modeliga doir takliflardan Buxoro viloyati teleradiokanalining «Tibbiy maslahat» va «Salomat bo‘ling» ko‘rsatuvlarini tayyorlashda foydalanilgan (Buxoro viloyati teleradiokanalining 2026-yil 19-yanvardagi 01-09-07-son ma’lumotnomasi). Natijada, pedagogik muloqot vositasida tanqidiy-operativ tafakkurni rivojlantirishga oid amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish imkoniyati kengaytirilgan;
pedagogik muloqot orqali tanqidiy-operativ tafakkurni rivojlantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlariga doir ma’lumotlardan Samarqand davlat chet tillar institutida 2022–2024-yillarda amalga oshirilgan «English Access Microscholarship Program» innovatsion-tadqiqot loyihasida (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 12-dekabrdagi 2/24-4/7-690-son xati), shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2019–2024-yillarga mo‘ljallangan FA-F1-005-son «Qoraqalpoq ta’lim va tarbiyasida yoshlarning axloqiy roli» fundamental ilmiy loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan. Natijada, talabalarda pedagogik muloqot orqali tanqidiy-operativ tafakkurni rivojlantirishga oid amaliy ko‘nikmalar shakllantirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish