G‘aniev Muhammadamin Avazbek o‘g‘lining

fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bo‘lajak shifokorlarni deontologik kompetentligini master adaptive learning texnologiyasi orqali rivojlantirish metodikasi», 13.00.02 - Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3DSc/Ped8210.
Ilmiy maslahatchi: Kadirova Munira Rasulovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Andijon davlat tibbiyot instituti , DSc.04/08.05.2024.tib.95.03.
Rasmiy opponentlar: Erkaboeva Nigora Shermatovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Musashayxov Xusanboy Tadjibaevich, tibbiyot fanlari doktori (DSc), professor; Ergasheva Gulruxsor Surxoniddinovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor;
Yetakchi tashkilot: Xoja Ahmad Yassaviy nomidagi Xalqaro qozoq-turk universiteti (Qozog‘iston Respublikasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak shifokorlarning deontologik kompetentligini Master Adaptive Learning texnologiyasi asosida rivojlantirishning pedagogik mexanizmlarini takomillashtirish hamda talabalarda o‘zgaruvchan tibbiy-ijtimoiy muhitda axloqiy qarorlar qabul qilishga yo‘naltirilgan adaptiv-metodik tizimni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
bo‘lajak shifokorlarning deontologik tayyorgarligi mazmuniy komponenti «Master Adaptive Learner» modelining rejalashtirish, o‘rganish, baholash va moslashtirish bosqichlarini o‘z ichiga olgan tsiklini etik dilemmalarni tahlil qilish hamda kasbiy-axloqiy qarorlar qabul qilish jarayoniga mualliflik asosida moslashtirish va integratsiyalash orqali takomillashtirilgan;
shifokor-bemor munosabatlaridagi murakkab klinik vaziyatlarni modellashtirish orqali talabalarda adaptiv-deontologik xulq-atvorni rivojlantirishning stsenariyli o‘qitish metodikasi va situatsion vazifalar majmuasining didaktik ta’minoti asoslangan;
bo‘lajak shifokorlarning deontologik kompetentligini baholashga doir miqdoriy va sifat ko‘rsatkichlari, motivatsion-qadriyatli, kognitiv, faoliyatga yo‘naltirilgan va refleksiv-baholovchi mezonlar hamda mazkur kompetentlikning rivojlanganlik darajasini aniqlashga xizmat qiluvchi diagnostik usullarni tibbiy ta’lim sharoitiga moslashtirish orqali takomillashtirilgan;
tibbiy ta’lim amaliyotida deontologik kompetentlikni rivojlantirishning variativ-modulli o‘quv dasturi yaratilib, uning tarkibida klinik vaziyatlarda etik barqarorlikni saqlash va kasbiy deformatsiyaning oldini olishning pedagogik mexanizmlari asoslangan.
tibbiy ta’lim amaliyotida deontologik kompetentlikni strategik rejasi hamda kasbiy tayyorgarligini belgilangan darajada baholash ko‘rsatkichlari va mezonlarini modulli o‘qitish texnologiyalarining indikatorli tuzilma bilan adaptiv uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tibbiy ta’lim jarayonida talabalarning deontologik kompetentligini rivojlantirishga doir olingan ilmiy natijalar asosida:
bo‘lajak shifokorlarning deontologik tayyorgarligini takomillashtirishga yo‘naltirilgan «Master Adaptive Learner» modelining rejalashtirish, o‘rganish, baholash va moslashtirish bosqichlarini etik dilemmalarni tahlil qilish hamda kasbiy-axloqiy qarorlar qabul qilish jarayoniga integratsiyalashga doir takliflar «Tibbiy deontologiya» nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026 yil 4 apreldagi 281551528-sonli nashr ruxsatnomasi). Natijada tibbiy ta’lim talabalarida etik dilemmalarni tahlil qilish va kasbiy-axloqiy qarorlar qabul qilishga yo‘naltirilgan deontologik tayyorgarlik mazmuni takomillashtirilgan;
shifokor-bemor munosabatlaridagi murakkab klinik vaziyatlarni modellashtirish orqali talabalarda adaptiv-deontologik xulq-atvorni rivojlantirishga qaratilgan stsenariyli o‘qitish metodikasi hamda situatsion vazifalar majmuasining didaktik ta’minoti «Tibbiy deontologiya» nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026 yil 4 apreldagi 281551528-sonli nashr ruxsatnomasi). Natijada murakkab klinik vaziyatlarni modellashtirish asosida talabalarning adaptiv-deontologik xulq-atvorini rivojlantirish imkoniyatlari kengaytirilgan;
bo‘lajak shifokorlarning deontologik kompetentligini baholashga doir miqdoriy va sifat ko‘rsatkichlari, motivatsion-qadriyatli, kognitiv, faoliyatga yo‘naltirilgan va refleksiv-baholovchi mezonlar hamda ushbu kompetentlikning rivojlanganlik darajasini aniqlashga xizmat qiluvchi diagnostik usullarni tibbiy ta’lim sharoitiga moslashtirish bo‘yicha takliflardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi «Farg‘ona viloyati teleradiokanali» davlat muassasasining «Salomatlik soati» ko‘rsatuvini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi «Farg‘ona viloyati teleradiokanali» davlat muassasasining 2026 yil 3 iyuldagi 01-12/125-son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak shifokorlarning deontologik kompetentligini baholash mezonlari va diagnostik usullarini tibbiy ta’lim sharoitida qo‘llashga doir yondashuvlar takomillashtirilgan;
tibbiy ta’lim amaliyotida deontologik kompetentlikni rivojlantirishga qaratilgan variativ-modulli o‘quv dasturi, klinik vaziyatlarda etik barqarorlikni saqlash hamda kasbiy deformatsiyaning oldini olishga doir takliflardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi «Farg‘ona viloyati teleradiokanali» davlat muassasasining «Salomatlik soati», «Assalom, Farg‘ona!» ko‘rsatuvlari va «Salomatlik sirlari» eshittirishini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi «Farg‘ona viloyati teleradiokanali» davlat muassasasining 2026 yil 3 iyuldagi 01-12/125-son ma’lumotnomasi). Natijada klinik vaziyatlarda etik barqarorlikni saqlash, deontologik xulq-atvorni mustahkamlash va kasbiy deformatsiyaning oldini olishga qaratilgan pedagogik yondashuvlar takomillashtirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish