Hasanov Tohir Abdurashidovichning
falsafa doktori (PhD)  dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekistonda xususiy uy-joy fondini boshqarish tizimini takomillashtirish», 08.00.13–Menejment (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan  raqam: B2018.3.PhD/Iqt187.
Ilmiy rahbar: Toshmatov Shuxrat Amonovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruv akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc 27.06.2017.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Xamidov Obidjon Xafizovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent; Xankeldieva Go‘zal Sherovna, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot:  Samarqand davlat arxitektura va qurilish instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi:  nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: iqtisodiyotni yanada rivojlantirish sharoitida xususiy uy-joy fondini boshqarish tizimini takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
xususiy uy-joy fondini boshqarish va saqlash talablari ustidan texnik nazoratni davlat-xususiy va ijtimoiy sherikchiligi asosida tashkil etish taklif etilgan;
xususiy uy-joy fondini boshqarishda professional boshqaruvchi korxonalar xizmatidan foydalanish orqali ma’muriy xarajatlarni qisqartirish asosida iqtisodiy samaradorlikka erishish yo‘nalishlari asoslangan;
xususiy uy-joy fondini boshqarish sifatini oshirishda rahbar kadrlar tayyorlash tizimi zamonaviy boshqaruv ko‘nikmalarini shakllantirish asosida takomillashtirilgan;
xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlarini moliyalashtirish mexanizmi xususiy uy-joy fondiga operativ xizmatlar ko‘rsatishni joriy etish asosida takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekistonda xususiy uy-joy fondini boshqarish tizimini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
davlat-xususiy va ijtimoiy sherikchiligi asosida xususiy uy-joy fondini boshqarish va saqlash talablari ustidan texnik nazoratni tashkil etishning samarali tizimini yaratish bo‘yicha berilgan taklif Toshkent shahridagi xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari faoliyatiga joriy etilgan (Toshkent shahar Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari uyushmasining 2018 yil 7 oktyabrdagi 30/1-son ma’lumotnomasi). Natijada O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi huzuridagi Ko‘p xonadonli uy-joy fondidan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari bilan hamkorlikda xususiy uy-joy fondini boshqarish, uning atrof hududini saqlash va undan foydalanish qoidalariga rioya qilish nazoratga olingan;
xususiy uy-joy fondini boshqarishda professional boshqaruvchi kompaniyalar xizmatidan foydalanish orqali iqtisodiy samaradorlikka erishish bo‘yicha berilgan taklif Toshkent shahridagi xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari faoliyatiga joriy etilgan (Toshkent shahar Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari uyushmasining 2018 yil 7 oktyabrdagi 30/1-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida shirkatlarda doimiy asosda ishlovchi xodimlar sonining 4–6 nafardan 2–3 nafargacha kamayishi ma’muriy xarajatlarning 50%gacha qisqartirishga olib kelgan;
xususiy uy-joy fondini boshqarish sifatini oshirishda rahbar kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha berilgan taklif Toshkent shahridagi xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari faoliyatiga joriy etilgan (Toshkent shahar Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari uyushmasining 2018 yil 7 oktyabrdagi 30/1-son ma’lumotnomasi). Natijada xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari boshqaruvi raislarining «Kommunalo‘quv» o‘quv-uslubiy markazi»da o‘quv kurslarni muvaffaqiyatli yakunlab, maxsus sertifikatlarga ega bo‘lganlari faoliyat ko‘rsatishlari yo‘lga qo‘yilgan;
xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlarini moliyalashtirish mexanizmini  takomillashtirish bo‘yicha berilgan taklif Toshkent shahridagi xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari faoliyatiga joriy etilgan (Toshkent shahar Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari uyushmasining 2018 yil 7 oktyabrdagi 30/1-son ma’lumotnomasi). Natijada Toshkent shahridagi xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari qoshida sinov tariqasida tashkil etilgan “Xizmat ko‘rsatish markazlari” tomonidan mulkdorlarga operativ tarzda kommunal xizmatlar ko‘rsatilmoqda va undan tushadigan mablag‘ hisobiga moliyaviy barqarorligi ta’minlangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish