Normurodova Farog‘at Tojimurod qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): O‘zbek va ingliz tillaridagi milliy libos nomlarining lingvomadaniy xususiyatlari’ 10.00.13 – Qiyosiy va chog‘ishtirma tilshunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan B2026.2.PhD/Fil7523.
Ilmiy rahbar: Narmuratov Zayniddin Radjabovich, filologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, ilmiy kengash raqami: Termiz iqtisodiyot va servis universiteti, PhD.03/27.12.2025.Fil.13.02.
Rasmiy opponentlar: Mirsanov Gaybulla Qulmurodovich, filologiya fanlari doktori, professor, Djabborov Sherzod Xalikulovich filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD),dotsent
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi o‘zbek va ingliz tillaridagi milliy libos nomlarini chog‘ishtirib o‘rganish orqali ularning til xususiyatalri, o‘xshash va farqli jihatlarini aniqlash, turli tizimli tillarda ularning lingvokulturologik xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zbek va ingliz tillaridagi milliy libos nomlarining leksik-semantik, etimologik va nominativ xususiyatlari, ularning shakllanishida tarixiy taraqqiyot, geografik muhit, ijtimoiy turmush tarzi hamda milliy dunyoqarashning ta’siri, libos nomlarining atalish tamoyillari, semantik taraqqiyoti va milliy-madaniy xoslanishidagi o‘xshash hamda farqli jihatlari ochib berilgan;
milliy libos nomlarining mavzuviy guruhlari, xususan, bosh kiyim, ustki kiyim, oyoq kiyim, erkaklar va ayollar liboslarini ifodalovchi leksik birliklarning struktur-semantik xususiyatlari ularning jins, yosh, ijtimoiy mavqe, kasb-hunar, marosimiy vazifa va milliy mansublikni ifodalashdagi lingvomadaniy belgilari har ikki tilga xos milliy-madaniy semantik komponentlarning o‘xshash va tafovutli xususiyatlari aniqlangan;
chog‘ishtirilayotgan tillaridagi milliy libos nomlarining lingvomadaniy birlik sifatidagi xususiyatlari, ularning milliy mentalitet, qadriyatlar tizimi, urf-odat, an’ana va marosimlar bilan bog‘liq ramziy-majoziy ma’nolari xususan, o‘zbek tilidagi do‘ppi, chopon, atlas, adras, paranji hamda ingliz tilidagi kilt, bonnet, gown, tartan kabi libos nomlarining madaniy konnotatsiyalari asosida milliy o‘zlik, ijtimoiy maqom, gender va tarixiy xotiraning tilda ifodalanish mexanizmlari aniqlangan;
o‘zbek va ingliz xalqlarining milliy kiyinish madaniyati bilan bog‘liq an’ana, urf-odat, bayram va marosimlarda qo‘llaniladigan libos nomlarining etnomadaniy hamda kommunikativ-pragmatik vazifalari aniqlanib, ularning madaniy axborotni saqlash va avloddan avlodga uzatishdagi o‘rni, milliy libos nomlarini tarjima qilishda yuzaga keladigan lingvomadaniy nomuvofiqliklar, muqobilsiz leksik birliklar va milliy realiyalarni ifodalash usullari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek va ingliz tillarida milliy libos nomlarining lingvomadaniy tadqiqi yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida:
o‘zbek va ingliz tillaridagi milliy libos nomlarining leksik-semantik, etimologik va nominativ xususiyatlari, ularning shakllanishida tarixiy taraqqiyot, geografik muhit, ijtimoiy turmush tarzi hamda milliy dunyoqarashning ta’siri, libos nomlarining atalish tamoyillari, semantik taraqqiyoti va milliy-madaniy xoslanishidagi o‘xshash hamda farqli jihatlari ochib berilganlik to‘g‘risidagi mulohazalaridan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot inistitutida FA-A1-G003 “Hozirgi qoraqalpoq tilida funksional so‘z yasalish” mavzusidagi nomli fundamental loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot inistitutining 2026-yil 17-avgustdagi 391/1-son ma’lumotnomasi). Natijada milliy madaniyatni ifodalovchi leksik birliklar - urf-odat, an’ana, marosim, taom va milliy libos nomlari lingvomadaniy tahlil va milliy libos nomlari xalqning tarixiy taraqqiyoti, ijtimoiy hayoti, estetik didi, gender va yoshga oid tasavvurlari, diniy e’tiqodi hamda mentalitetini aks ettiruvchi madaniy kodlar sifatida namoyon bo‘lish xususiyatlariga doir dalillar bilan boyishiga xizmat qilgan;
milliy libos nomlarining mavzuviy guruhlari, xususan, bosh kiyim, ustki kiyim, oyoq kiyim, erkaklar va ayollar liboslarini ifodalovchi leksik birliklarning struktur-semantik xususiyatlari ularning jins, yosh, ijtimoiy mavqe, kasb-hunar, marosimiy vazifa va milliy mansublikni ifodalashdagi lingvomadaniy belgilari har ikki tilga xos milliy-madaniy semantik komponentlarning o‘xshash va tafovutli xususiyatlari aniqlanganlik to‘g‘risidagi mulohazalardan Qo‘qon davlat universitetida 2023-2025-yillarga mo‘ljallangan “2023 KA 171 Mobility Higher Education students (Erasmus+)” nomli amaliy loyiha doirasida samarali va keng foydalanilgan (Qo‘qon davlat universitetining 2026-yil 26-martdagi 82-son ma’lumotnomasi). Natijada loyihaning ilmiy-amaliy ahamiyati ortgan, o‘zbek va ingliz tillarida milliy libos nomlari semantikasi va lingvomadaniyat bilan bog‘liq bo‘lgan tomonlari hamda o‘ziga xos xususiyatlarining chog‘ishtirma tahlili ilmiy-nazariy ahamiyat kasb etishi bilan xizmat qilgan;
chog‘ishtirilayotgan tillaridagi milliy libos nomlarining lingvomadaniy birlik sifatidagi xususiyatlari, ularning milliy mentalitet, qadriyatlar tizimi, urf-odat, an’ana va marosimlar bilan bog‘liq ramziy-majoziy ma’nolari xususan, o‘zbek tilidagi do‘ppi, chopon, atlas, adras, paranji hamda ingliz tilidagi kilt, bonnet, gown, tartan kabi libos nomlarining madaniy konnotatsiyalari asosida milliy o‘zlik, ijtimoiy maqom, gender va tarixiy xotiraning tilda ifodalanish mexanizmlari aniqlanganlik haqidagi ilmiy xulosalaridan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston -24” ijodiy birlashmasi “O‘zbekiston” teleradiokanalida 2025-2026 yillarda efirga uzatilgan “Ta’lim va taraqqiyot”, “Adabiy jarayon”, “Jahon adabiyoti” nomli dasturlarining senariysini tayyorlashda foydalanilgan. (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston 24 ijodiy birlashmasi” davlat muassasasining 2026-yil 3-apreldagi 05-09-597-son ma’lumotnomasi); Natijada o‘zbek xalqining milliy libos nomlarida jamoaviylik, an’anaga sodiqlik, muqaddaslik va marosimiylik yetakchi o‘rin tutishi, ingliz milliy libos nomlarida esa individual maqom, ijtimoiy tabaqa va tarixiy ramziylik ustuvorligi ilmiy dalillaridan ham foydalanilgan.