Mo‘minova Shohida Toshtemir qizining

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Hozirgi o‘zbek bolalar she’riyatida badiiy obraz yaratish mahorati”, 10.00.14 – XX asr o‘zbek adabiyoti va hozirgi adabiy jarayon (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Fil4981.
Ilmiy rahbar: Jo‘raeva Gulnoza Axmatovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, DSc.03/2025.27.12.Fil.41.01.
Rasmiy opponentlar: Yoqubov Islomjon Axmedjanovich, filologiya fanlari doktori, professor; Jamilova Bashorat Sattorovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi hozirgi o‘zbek bolalar she’riyatida badiiy obraz yaratish mahorati muammosini tadqiq etish, shoirlarning obraz yaratishdagi o‘ziga xos konseptual yondashuvlari, badiiy mahorat qirralari va poetik yangilanish tamoyillarini ilmiy asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
hozirgi o‘zbek bolalar she’riyatida an’anaviy obrazlar (tabiat, hayvonot olami) bilan bir qatorda texnologik taraqqiyot va global axborotlashuv natijasida shakllangan yangi turdagi intellektual obrazlar tizimi hamda ularning bolalar dunyoqarashini boyitishdagi badiiy-estetik funksiyalari jahon bolalar she’riyati kontekstida tizimlashtirilgan;
Kavsar Turdieva ijodida milliy folklor an’analarining namoyon bo‘lish usullari, Abdurahmon Akbar va Dilshod Rajab she’riyatida esa vizual-grafik shakllarning modernizatsiyalashuv jarayoni bolalik olamini anglash va estetik tafakkurni rivojlantirishning muhim omili ekanligi ilmiy jihatdan asoslangan;
bolalar shoirlari ijodida qo‘llangan metafora, tashbeh va jonlantirish kabi tasvir vositalarining bolalar psixologiyasini aks ettiruvchi shakllari ijodkor individual uslubi hamda obrazli-assotsiativ tafakkur orqali namoyon bo‘lishi dalillangan;
hozirgi o‘zbek bolalar she’riyatida shoir “men”i va bola ruhiyati mutanosibligi, lirik qahramon olamining yangicha talqinlari hamda ruhiyat tasvirida qo‘llanilgan poetik unsurlarning bolalar adabiyotidagi psixologizm ko‘lamini kengaytirishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Hozirgi o‘zbek bolalar she’riyatida badiiy mahorat masalasi bo‘yicha erishilgan ilmiy natijalar asosida:
zamonaviy bolalar shoirlari ijodida individual mahorat masalasini umumadabiyot, xususan, jahon bolalar poeziyasi kontekstida o‘rganishga doir nazariy xulosalardan davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasidagi 2021–2023-yillarda bajarilgan PF-201912258 “O‘zbek adabiyotining ko‘p tilli (o‘zbek, rus, ingliz tillarida) elektron platformasini yaratish” nomli amaliy loyihasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti 2026-yil 19-martdagi №04/1-1481-son ma’lumotnomasi). Natijada bolalar adabiyotiga xos ijtimoiy-falsafiy, ma’naviy-ma’rifiy mavzularning o‘zbek adabiyotida yoritilishi, badiiy reallikka doir obrazlarning bolalar she’riyatidagi o’rni muammosiga doir ilmiy materiallar tayyorlashga asos bo‘lgan;
Tadqiqot natijalarining o‘rinli va samarali qo‘llanilishi Kavsar Turdievaning an’anaviy usuldagi, folklor an’analariga asoslangan, Abdurahmon Akbar va Dilshod Rajabning geometrik shakllar, rasmlar, raqamlar bilan boyitilgan, shaklan yangi she’rlari misolida bolalar she’riyatidagi o‘ziga xosliklarni qiyosiy o‘rganilgani bois loyiha mavzusiga oid nazariy va amaliy tavsiyalar bergan. Ushbu ilmiy xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2021–2023-yillarga mo‘ljallangan IL-402104474 “Bolalaradabiyoti.uz” elektron platforma va uning mobil ilovasini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti 2026-yil 26-yanvardagi №04/1-407-son ma’lumotnomasi). Natijada platforma bolalar adabiyotiga oid nazariy bilimlar, zamonaviy bolalar she’riyatiga doir ma’lumotlar bilan boyitilgan;
Qolaversa, “O‘zbekiston tarixi” telekanalining “Hamma uchun” ko‘rsatuvi ssenariylarini tayyorlash jarayonida foydalanilgan (O‘zbekiston teleradiokompaniyasining 2024-yil
24-dekabrdagi 06-28/846-sonli ma’lumotnomasi). Natijada dasturlarning mazmuni ilmiy dalillar bilan boyitilgan, ilmiy-ommaboplik xususiyati kuchaytirilgan, mazkur ko‘rsatuv va eshittirishlarga yosh tomoshabin va tinglovchilarning qiziqishi oshirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish