Xakimova Xalima Rinatovnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “M.I.Sheverdinning tarixiy romanlari matnlaridagi glossalar”, 10.00.04 – Evropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Fil5011.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Cho‘ponov Otanazar Otajonovich, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti, IK raqami: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti PhD.03/2025.27.12.Fil.06.05.
Rasmiy opponentlar: Kulmamatov Dusmamat Sattarovich, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Ataeva Ranusha Rashidovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat chet tillar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Mixail Ivanovich Sheverdinning tarixiy romanlar matnlaridagi glossalarning semantik, funksional, derivatsion, tuzilmaviy va etimologik xususiyatlarini yoritishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Mixail Ivanovich Sheverdinning tarixiy romanlari matnlaridagi glossalarning leksik-mavzuviy tarkibi g‘oyat xilma-xil ekanligi asoslab berildi; “Inson”, “E’tiqod”, “Maishiy turmush”, “An’analar, urf-odatlar” mavzuviy guruhlari ko‘proq namoyon bo‘lishi aniqlandi, bu esa uning asarlarida ko‘tarilgan mavzu va muammolar bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, tasvirlanayotgan davr muhitini yaratishda muhim ekanligi aniqlangan;
Mixail Ivanovich Sheverdinning tarixiy romanlarida etimologik jihatdan arab, fors va turkiy tillardan o‘zlashgan glossalar ko‘pchilikni tashkil etishi isbotlandi; mazkur tillardan olingan unsurlar asosida shakllangan gibrid birikmalar sermahsul ekanligi aniqlangan;
Mixail Ivanovich Sheverdin glossalar asosida yangi so‘zlar yasashda asosan so‘z qo‘shish va affiksatsiya kabi so‘z yasashning eng samarali usullaridan foydalanganligi ochib berilgan;
Mixail Ivanovich Sheverdinning tarixiy romanlarida Markaziy Osiyo xalqlari tili, madaniyati, urf-odatlari va turmush tarzining bilimdoni bo‘lgan adibning o‘zi tomonidan rus tilida ilk bor qo‘llanilgan noyob glossalar yaqqol ustunlik qilishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Dissertatsiyada olingan ilmiy natijalar quyidagicha amaliyotga joriy qilingan:
Mixail Ivanovich Sheverdinning tarixiy romanlari matnlaridagi glossalar leksik-tematik tarkibining rang-barangligi, “Inson”, “Din”, “Maishiy turmush”, “An’analar, urf-odatlar” guruh birliklarining miqdoriy jihatdan ustunligi bevosita uning asarlarida ko‘rib chiqilgan mavzu va muammolar bilan bog‘liq bo‘lib, tasvirlanayotgan davr muhitini yaratishda muhim vosita bo‘lib xizmat qilishi haqidagi xulosalardan O‘zR FA Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida 2017-2020-yillarda bajarilgan FA-F1-OO5 “Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental loyihani amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2025-yil 1-maydagi 257/2-son ma’lumotnomasi). Natijada XX asr qoraqalpoq adabiyotida keng iste’molda bo‘lgan rus tilidan o‘zlashgan ayrim birliklar talqini mukammallashgan;
Mixail Ivanovich Sheverdin tomonidan glossalar asosida derivatlar hosil qilishda asosan so‘z yasashning qo‘shish va affiksatsiya kabi samarali usullaridan foydalanilganligi haqidagi xulosalar Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filialida amalga oshirilgan IL-402104155 raqamli “XIX asr Xorazm vohasi milliy-ma’naviy merosini “Haft shuaro” majmuasini o‘rganish orqali tadqiq etish va elektron ilova yaratish (o‘zbek, rus, ingliz tillarida)” mavzusidagi amaliy loyihani bajarishda qo‘llanilgan (TATU Urganch filialining 2025-yil 10-apreldagi 452-sonli ma’lumotnomasi). Natijada yuqoridagi grant loyihasi doirasida ishlab chiqilgan ilovaning rus tilidagi versiyasida qo‘llanilgan bir qator so‘zlarning yasalish usullari va ma’nolari aniqlanib, dasturiy ta’minot yanada takomillashtirildi.
Mixail Ivanovich Sheverdinning tarixiy romanlari matnlarida etimologik jihatdan arab, fors va turkiy tillarga borib taqaladigan glossalar yetakchilik qilishi haqidagi xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 20-martdagi “Muhammad Rizo Ogahiy tavalludining 210 yilligini nishonlash va Xivada Ogahiy ijod maktabini tashkil etish to‘g‘risida”gi 238-son qarorining 3-bandi ijrosini ta’minlash hamda Xorazm Mamun akademiyasida faoliyat yuritayotgan A-FA-2019-9 raqamli “Noyob qadimiy yozma qo‘lyozma va manbalarni tadqiq etish, ularning raqamlashtirilgan kutubxonasini yaratish” mavzusidagi amaliy loyiha doirasida amalga oshirilayotgan Ogahiy asarlarining 6-, 8- va 9-jildlarini nashr etishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Xorazm Mamun akademiyasining 2025-yil 6-maydagi 92/5-25-son ma’lumotnomasi). Natijada arab, fors va turkiy tillarga mansub ayrim leksik birliklar talqini hamda ularning ruscha matnlarda qo‘llanilishiga oid qarashlar dissertant tomonidan to‘plangan ma’lumotlar bilan boyitilgan;
Mixail Ivanovich Sheverdinning tarixiy romanlari matnlarida Markaziy Osiyo xalqlari tili, madaniyati, an’analari va turmush tarzining bilimdoni bo‘lgan yozuvchining o‘zi tomonidan rus tilida birinchi marta qo‘llanilgan o‘ziga xos glossalar yaqqol ustunlik qilishi haqidagi xulosalardan Xorazm teleradiokompaniyasining “Assalom, Xorazm” ko‘rsatuvining “Qiziqarli faktlar” rukni ssenariysini tuzishda foydalanilgan (Xorazm viloyati teleradiokompaniyasining 2025-yil 9-apreldagi 320-son ma’lumotnomasi). Natijada dissertant tomonidan to‘plangan manbalar va shakllantirilgan xulosalar teleko‘rsatuv ssenariysini nazariy va amaliy jihatdan boyitishga, rus va o‘zbek tillarining o‘zaro ta’siri, uning o‘ziga xos xususiyatlari haqidagi masalalarni bayon etishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish