Tashkenbaeva Zarina Ulugbekovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Turizm sohasida boshqaruv hisobi va tahlilini takomillashtirish», 08.00.08–Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Iqt222.
Ilmiy rahbar: Pardaev Mamayunus Qarshiboevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.27.06.2017.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Ibragimov Abdugapur Karimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Isroilov Baxodir Ibragimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: turizm sohasida boshqaruv hisobi va  tahlilining ilmiy-nazariy va uslubiy asoslarini takomillashtirish bo‘yicha taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“tur” iborasiga turizm biznesida qo‘llanilishi xususiyatini, “turizm mahsuloti” iborasiga ehtiyojni qondirish, “turizm operatorlari (turoperatorlar)” iborasiga targ‘ib qilish, “turagentlar” iborasiga turoperatorlar tomonidan ishlab chiqilgan turizm mahsulotlarini sotishdagi ishtirokini kiritish asosida takomillashtirilgan ta’rifi ishlab chiqilgan;
turizm sohasi korxonalarida turmahsulot tannarxini kal`kulyasiya qilish hamda xarajatlarni samarali boshqarishda  xarajatlarning turlari tarkibi aniqlashtirilib, ular boshqaruv hisobiga moslashtirilgan;
turizm korxonalarida hisob ma’lumotlarini moliyaviy hamda boshqaruv hisobida qo‘llash imkonini beradigan xarajatlarning analitik hisobini yuritish uslubi takomillashtirilgan;
turizm sohasida xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar xarajatlari samaradorligi o‘zgarishiga ta’sir etuvchi omillarning tarkibiy tuzilishi va ularning ta’sirini hisoblash yo‘llari iqtisodiy tahlilning an’anaviy usullardan foydalangan holda takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Turizm sohasida boshqaruv hisobi va tahlilini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tadqiqot ishida turizm biznesida qo‘llanilishi tavsiya qilingan “tur”, “turizm mahsuloti”, “turizm operatorlari (turoperatorlar)”, “turagentlar” kabi turizm iboralari va ularning takomillashgan ta’riflari O‘zbekiston Respublikasi “Turizm to‘g‘risida”gi qonuni yangi tahririning 3-moddasi “Asosiy tushunchalar” qismini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2018 yil 21 noyabrdagi 05-22/7416-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif sohaga oid qonunchilikni takomillashtirish va tushunchalarga aniqlik kiritishga xizmat qilgan;
turizm korxonalarda xarajatlarning turlariga aniqlik kiritish va ularni tasniflash, boshqarish jarayonida tejash imkoniyatlaridan foydalanish yo‘llarini takomillashtirish bo‘yicha berilgan  taklifi “ASIA TOUR” turistik korxonasi amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2018 yil 21 noyabrdagi 05-22/7416-son ma’lumotnomasi). Ushbu  taklifning amaliyotga tatbig‘i xarajatlarni boshqarish bo‘yicha samarali boshqaruv qarorlarini qabul qilish imkoniyatini bergan. Natijada xarajatlarning umumiy hajmi 2018 yilda  2,27 foizga kamaygan;
turizm korxonalarda hisob ma’lumotlari asosida tannarxni kal`kulyasiya qilish va boshqaruv qarorlarini qabul qilishda  moliyaviy va boshqaruv hisobini yuritishda  qo‘llash imkonini beradigan analitik hisob tizimini joriy qilish taklifi “Luxury Asia” turistik korxonasi amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2018 yil 21 noyabrdagi 05-22/7416-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotda qo‘llanilishi xarajatlarni rejalashtirish hamda elektron tizim orqali nazorat qilish samaradorligini oshirishga yordam bergan;
turizm sohasida xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar xarajatlari samaradorligi o‘zgarishiga ta’sir etuvchi omillarning tarkibiy tuzilishi bilan bog‘liq omillarning ta’sirini hisoblash yo‘llarini takomillashtirish  va omilli tahlil natijasida boshqaruv qarorlarini qabul qilish bo‘yicha berilgan  taklifi “ASIA TOUR” turistik korxonasi amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2018 yil 21 noyabrdagi 05-22/7416-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning qo‘llanilishi natijasida, turistik korxonada xarajatlar samaradorligini oshirishga turfirma rentabellik koeffisienti, bitta turistga to‘g‘ri keladigan xizmatlar hajmi, bitta xodimga to‘g‘ri keladigan turistlar soni, xarajatlarning xodimlar bilan ta’minlanganlik darajasining ta’sirini aniqlash va omilli tahlil natijasi bo‘yicha ijobiy ta’sir qilgan omillarni yanada kuchaytirish, salbiy ta’sir qilgan omillarni ijobiy tarafga o‘zgartirish bo‘yicha boshqaruv qarorlarini qabul qilish imkoniyati yaratilgan. Natijada 2018 yilda xarajatlar samaradorligi 1,9 foiz oshishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish