Temirov Akmal Zokir o‘g‘liningning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Madaniy transformatsiyalar sharoitida milliy o’zlikni anglashning dialektik rivojlanish xususiyatlari, 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.2.PhD/Fal1925
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat pedagogika instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat pedagogika instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.01/2025.27.12.F.10.02
Ilmiy rahbar: Yazdonov Zikirillo Shukurilloevich, falsafa fanlari doktori, dotsent.
Rasmiy opponentlar: Berdimuratova Alima Karlibaevna, falsafa fanlari doktori, professor; Hoshimov Sheraxon Juraxonovich, falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot - Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. Madaniy transformatsiya sharoitida o‘zbek xalqida milliy o‘zlikni anglashning dialektik rivojlanish xususiyatlarini ijtimoiy-falsafiy tahlil qilish hamda milliy va umuminsoniy qadriyatlarning avlodlararo davomiyligini ta’minlash yo‘llarini ilmiy asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“madaniy transformatsiya” va “milliy o‘zlik” konseptlarining integrativ-dialektik rivojlanishi asosida yoshlarning aksiologik va tanqidiy idrok etish mexanizmlari takomillashtirilgani, mazkur jarayonning ma’naviy-madaniy identifikatsiya, ijtimoiy mas’uliyat va fuqarolik faolligining transformatsion rivojlanishiga ta’sir etuvchi determinant sifatidagi funksional xususiyatlari ilmiy-metodologik isbotlangan;
Yangi O‘zbekiston jamiyatining sotsiomadaniy identifikatsiyasini shakllantirish maqsadida milliy-madaniy qadriyatlar tizimi bilan ma’naviy-tarbiyaviy jarayonlarda shaxs xulq-atvori va ijtimoiy faoliyatini baholash mezonlarini milliy hamda umuminsoniy qadriyatlarning aksiologik sintezi zarurligi falsafiy asoslangan;
madaniy transformatsiya sharoitida milliy o‘zlikni anglash va milliy madaniyatning integratsiyalashuv jarayonlarining konflikt (nizo) holatidan kompromiss (kelishuv)ga, undan esa konsensus (ijtimoiy yakdillik) darajasiga o‘tish dinamikasi imkoniyatlari bilan bog‘liq konseptual asoslari tizimli-analitik yondashuv asosida ochib berilgan;
hozirgi globallashuv davrida “raqamli etnomadaniy makon” tushunchasi ilmiy muomalaga kiritilib, uning tarkibiy elementlari, funksional xususiyatlari hamda global axborotlashuv sharoitida milliy madaniyat barqarorligini ta’minlashdagi ochiqligi milliy madaniyatlarning globallashuv ta’sirida transformatsiyalanishini saqlanishi o‘rtasidagi dialektik bog‘liqlikning ijtimoiy-falsafiy darajasi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Madaniy transformatsiya davrida milliy o‘zlikni anglash barqarorligiga erishishda ta’lim va tarbiya samaradorligini ta’minlash zarurati bilan bog‘liq ishlab chiqilgan nazariy xulosa va amaliy takliflar asosida:
“madaniy transformatsiya” va “milliy o‘zlik” konseptlarining integrativ-dialektik rivojlanishi asosida yoshlarning “ommaviy madaniyat” ta’sirini aksiologik va tanqidiy-refleksiv idrok etish mexanizmlari takomillashtirilgani, mazkur jarayonning ma’naviy-madaniy identifikatsiya, ijtimoiy mas’uliyat va fuqarolik faolligining transformatsion rivojlanishiga ta’sir etuvchi determinant sifatidagi funksional xususiyatlari ilmiy-metodologik isbotlanganligiga oid taklif va tavsiyalardan Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan nashr etilgan O‘rta asr Sharq allomalari va mutafakkirlari tarixiy-falsafiy merosi ensiklopediyasini boyitishda foydalanilgan (Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining 2026-yil 03-iyuldagi 02/292-son ma’lumotnomasi). Natijada, respublika aholisining milliy o‘zlik qadriyatlarini targ‘ib qilishda hamda insonlarning ongi va madaniyatining yuksalishida muhim tayanch bo‘lib xizmat qilgan;
madaniy transformatsiya sharoitida milliy o‘zlikni anglash jarayonining transformatsion xususiyatlari asosida Yangi O‘zbekiston jamiyatining sotsiomadaniy identifikatsiyasini shakllantirish modernizatsion imperativlarni milliy-madaniy qadriyatlar tizimi bilan dialektik uyg‘unlashtirishni, shuningdek, ma’naviy-tarbiyaviy jarayonlarda shaxs xulq-atvori va ijtimoiy faoliyatini baholash mezonlarini milliy hamda umuminsoniy qadriyatlarning aksiologik sintezi zarurligi falsafiy asoslanganligiga oid taklif-tavsiyalardan Samarqand davlat chet tillar institutida 2022-2024-yillarda amalga oshirilgan va Toshkent shahridagi AQSh elchixonasi hamda AQSh davlat departamenti tomonidan moliyalashtirilgan SUZ80020GR0039-raqamli “English Access Microscholarship Program” mavzusidagi amaliy loyihasi doirasida foydalanilgan (Samarqand Davlat Chet tillar institutining 2026-yil 15-iyundagi 2740/02-son ma’lumotnomasi). Natijada, globallashgan davrda milliy madaniyatni rivojlantirish bilan bog‘liq jarayonlarni rivojlantirishga va aholining etnik madaniyatini oshirishga xizmat qilgan;
madaniy transformatsiya sharoitida milliy o‘zlikni anglash va milliy madaniyatning integratsiyalashuv jarayonlarining konflikt (nizo) holatidan kompromiss (kelishuv)ga, undan esa konsensus (ijtimoiy yakdillik) darajasiga o‘tish dinamikasi imkoniyatlari bilan bog‘liq konseptual asoslari tizimli-analitik yondashuv asosida ochib berilganiga oid taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Xalq demakratik partiyasi tomonidan yoshlar o’rtasida milliy turmush tarzini targ‘ib qilish hamda ular orasida bu borada milliy madaniyatning dolzarbligi va ahamiyatini kengroq tushuntirish maqsadida “Milliy o‘zlik” umummilliy harakati faoliyati bilan bog‘liq chora-tadbirlarni amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Xalq demakratik partiyasining 2026-yil 14-sentabrdagi 6-355-son dalolatnomasi). Natijada, yoshlarda milliy o‘zlikni saqlagan holda madaniy turizmdan oqilona foydalanish hissini shakllantirishga xizmat qilgan.
hozirgi globallashuv davrida “raqamli etnomadaniy makon” tushunchasi ilmiy muomalaga kiritilib, uning tarkibiy elementlari, funksional xususiyatlari hamda global axborotlashuv sharoitida milliy madaniyat barqarorligini ta’minlashdagi ochiqligi milliy madaniyatlarning globallashuv ta’sirida transformatsiyalanishi va lokal identiklikning saqlanishi o‘rtasidagi dialektik bog‘liqlikning ijtimoiy-falsafiy darajasi aniqlanganligiga oid taklif va tavsiyalardan Samarqand viloyat teleradiokanali tomonidan 2026-yilda Samarqand FM 105.2 radiokanali orqali efirga dastur ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan. (Samarqand viloyat teleradiokanalining 2026-yil 19-iyundagi 01-07/238-son ma’lumotnomasi). Natijada, respublika aholisining ma’naviy-ma’rifiy harakatlar ichki imkoniyatlari, ayniqsa, milliylikni rivojlantirish bilan bog‘liq jarayonlarni optimallashtirishda muhim manba bo‘lib xizmat qilgan.