Sultonov Nodirbek Bo‘ston o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bolalar ombudsmani institutining tashkil etilishi: xalqaro amaliyot va milliy tajriba”, 12.00.13 – Inson huquqlari (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.1.PhD/Yu1998.
Ilmiy rahbar: Olimova Kamilaxan Kamalitdinovna, yuridik fanlar nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi, DSc.26/2025.27.12.Yu/S.01.01.
Rasmiy opponentlar: yuridik fanlar doktori, dotsent Gulimov Amanliq Bazarbaevich, yuridik fanlar nomzodi, dotsent Ganibaeva Shahnoza Karimberdievna.
Yetakchi Tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Bolalar ombudsmani instituti faoliyatiga oid xalqaro amaliyot va milliy tajribani tahlil qilish hamda institut faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
umumiy, o‘rta maxsus va kasbiy ta’lim tashkilotlarida “Ombudsman soati” tadbirlarini o‘tkazish zarurati Bolalar ombudsmanining bola huquqlarini targ‘ib qilish, bolalarni o‘z huquqlarini mustaqil anglash va himoya qilishga yo‘naltirish, ular bilan bevosita muloqotni kengaytirish hamda institutga murojaat qilishning bolalar uchun qulay mexanizmlarini rivojlantirishga qaratilgan huquqiy-ma’rifiy faoliyatini takomillashtirish nuqtayi nazaridan asoslab berilgan;
ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar tomonidan o‘z bolasini qonunga xilof ravishda diniy ta’lim olishga jalb etishga yo‘l qo‘yilmasligi majburiyatini belgilovchi norma kiritish lozimligi O‘zbekistonda Bolalar ombudsmani institutining bolalar huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda ularning ta’lim olish huquqini ta’minlashga qaratilgan faoliyatini takomillashtirish nuqtayi nazaridan asoslab berilgan;
mahalliy kengashlarda har yili Bola huquqlari bo‘yicha vakil (Bolalar ombudsmani) mintaqaviy vakilining tegishli hududda bola huquqlari, erkinliklarini va qonuniy manfaatlarini himoya qilish holati to‘g‘risidagi ma’ruzasini eshitish amaliyotini yo‘lga qo‘yish Bolalar ombudsmani mintaqaviy vakillarining hududlarda bola huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishdagi institutsional rolini kuchaytirishi asoslantirilgan;
tarbiya koloniyalarida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bola huquqlari bo‘yicha vakiliga (Bolalar ombudsmaniga) murojaatlar qutisi o‘rnatish kerakligi harakatlanish erkinligi cheklangan muassasalarda bolalarga nisbatan zo‘ravonlikka qarshi kurashish va ularning tegishli huquq va manfaatlarini to‘laqonli ta’minlash zaruratidan kelib chiqib asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekistonda Bolalar ombudsmani faoliyatini takomillashtirishga doir olingan ilmiy natijalardan quyidagilarda foydalanilgan:
umumiy, o‘rta maxsus va kasbiy ta’lim tashkilotlarida “Ombudsman soati” tadbirlarini o‘tkazish taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 3-martdagi “O‘zbekiston Respublikasida Inson huquqlari sohasidagi Jahon ta’lim dasturining beshinchi bosqichini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 91-sonli qarori bilan tasdiqlangan 1-ilovaning 1-bobi “Bolalar va yoshlar o‘rtasida inson huquqlari bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirish”da 7-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazining 2026-yil 17-iyuldagi №01/915-son dalolatnomasi). Mazkur taklif Bolalar ombudsmanining huquqiy-ma’rifiy faoliyatini kuchaytirish, bolalarning o‘z huquqlari hamda ularni himoya qilish mexanizmlari to‘g‘risidagi bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qilgan;
ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar tomonidan o‘z bolasini qonunga xilof ravishda diniy ta’lim olishga jalb etishga yo‘l qo‘yilmasligi majburiyati qonunchilikda belgilanishiga oid taklifdan O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 20-fevraldagi O‘RQ-1035-sonli “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga bola huquqlari himoyasini yanada mustahkamlashga qaratilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi Qonuni
2-moddasi (“Bola huquqlari kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunning 23-moddasi to‘rtinchi qismi)ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlar institutining 2026-yil 3-martdagi №3/dn-30-son dalolatnomasi). Ushbu taklif Bolalar ombudsmanining bolalarni qonunga xilof diniy ta’limga jalb etilishining oldini olish va ularning huquq hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan faoliyatining huquqiy asoslarini mustahkamlashga xizmat qilgan;
mahalliy kengashlarda har yili Bola huquqlari bo‘yicha vakil (Bolalar ombudsmani) mintaqaviy vakilining tegishli hududda bola huquqlari, erkinliklarini va qonuniy manfaatlarini himoya qilish holati to‘g‘risidagi ma’ruzasini eshitish haqidagi taklifdan O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 17-oktyabrdagi O‘RQ-976-sonli “Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonuni 2-moddasi 20-bandi (“Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonun 24-moddasi ikkinchi qismi beshinchi xatboshisi)ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlar institutining 2026-yil 3-martdagi №3/dn-30-son dalolatnomasi). Mazkur taklif Bolalar ombudsmani mintaqaviy vakillari faoliyati samaradorligini oshirish va hududlarda bola huquqlarini himoya qilishning institutsional mexanizmlarini kuchaytirishga xizmat qilgan;
tarbiya koloniyalarida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bola huquqlari bo‘yicha vakiliga (Bolalar ombudsmaniga) murojaatlar qutisi o‘rnatish haqidagi taklifdan O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 28-avgustdagi O‘RQ-948-sonli “Jinoyat-ijroiya kodeksiga mahkumlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonunining 1-moddasi 4-bandi (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksining 792-moddasi birinchi qismi)ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlar institutining 2026-yil 3-martdagi №3/dn-30-son dalolatnomasi). Ushbu taklif tarbiya koloniyalarida bolalarning Bolalar ombudsmaniga murojaat qilishining samarali mexanizmini yaratish orqali ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish kafolatlarini kuchaytirishga xizmat qilgan.