Egamova Maxfurat Esanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tijorat banklari kapitallashuv darajasini oshirishda daromadning roli”, 08.00.07–Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Iqt993.
Ilmiy rahbar: Karaliev Turaboy Mamatkulovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.27.06.2017.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Berdiyarov Baxriddin Tavasharovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent; Olimjonov Odil Olimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tijorat banklari kapitallashuvi jarayonida daromadlar rolini oshirishga qaratilgan taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tijorat banklari daromadlari tarkibida foizsiz daromadlari ulushining yuqoriligi ularning kapitallashuvi darajasini oshirishga ta’siri aniqlanib, banklarning foizli daromadlarini yuqori riskli aktivlar, xususan real sektorga berilayotgan kreditlar va investisiyalar hisobidan oshirish taklif etilgan;
banklarning aktivlari tarkibida fyu`chers va REPO operatsiyalarni yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish orqali daromadlarni oshirish asoslangan;
tijorat banklari xarajatlar tarkibida operatsion xarajatlar ulushini bank raqamli xizmatlari sifati va turlarini ko‘paytirish hisobidan kamaytirish asosida banklarning kapitallashuv darajasini oshirish taklif etilgan;
tijorat banklari kapitali tarkibida davlatga tegishli aksiyalarni sotish va sotib olish hamda bozor bahosi shakllanshining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash uslubi takomillashtirilgan;
tijorat banklari kapitalini bosqichma-bosqich diversifikatsiyalash orqali davlat ulushini kamaytirish taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tijorat banklari kapitallashuv darajasini oshirishda daromadning roli bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tijorat banklarining foizli daromadlarini yuqori riskli aktivlar, xususan real sektorga berilayotgan kreditlar va investisiyalar hisobidan oshirish bo‘yicha taklifi AT “Agrobank” tomonidan amaliyotga joriy etilgan (AT “Agrobank”ning 2019 yil 28 maydagi 04-25/241-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida bank kapitalini 11293 mln. so‘mga oshishiga erishilgan;
banklarning aktivlari tarkibida fyu`chers va REPO operatsiyalarni yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish orqali daromadlarni oshirish bo‘yicha taklifi AT “Agrobank”ning 2018 yil 7 yanvardagi 7-sonli “Bank xizmatlari va turlari va ularning sifatini oshirish to‘g‘risi”dagi nizomida o‘z aksini topgan (AT “Agrobank”ning 2019 yil 28 maydagi 04-25/241-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif joriy etilishi natijasida bankda fyu`chers va REPO operatsiyalarni yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish imkoniyati yaratilgan;
tijorat banklari xarajatlar tarkibida operatsion xarajatlar ulushini bank raqamli xizmatlari sifati va turlarini ko‘paytirish hisobidan kamaytirish asosida banklarning kapitallashuv darajasini oshirish taklifi AT “Agrobank”amaliyotiga joriy etilgan (AT “Agrobank”ning 2019 yil 28 maydagi 04-25/241-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida bank xarajatlari 2018 yilda 2017 yilga nisbatan 7–foizga qisqargan va bu o‘z navbatida bank foydasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan;
tijorat banklari kapitali tarkibida aksiyalarni sotish va sotib olish hamda bozor bahosi shakllanshining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash uslubini takomillashtirish taklifi AT “Agrobank” amaliyotiga joriy etilgan (AT “Agrobank“ning 2019 yil 28 maydagi 04-25/241-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida 2018 yil 1 yanvar` holatiga jismoniy shaxslarga sotilgan oddiy aksiyalar summasi 255 mlrd.so‘mni tashkil etgan va 2019 yil 1 yanvar` holatiga 110 mlrd.so‘mga oshishiga erishilgan;
tijorat banklari kapitalini bosqichma-bosqich diversifikatsiyalash orqali davlat ulushini kamaytirish taklifi AT “Agrobank” tomonidan amaliyotga joriy etilgan (AT “Agrobank“ning 2019 yil 28 maydagi 04-25/241-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida bank kapitali tarkibida davlat ulushini yillik 20 foizdan kamaytirib borishga erishilgan.