Kenesbaev O‘tebay Joldasbaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qoraqalpog‘istonning jamoat tashkilotlari tarixi (1946-1985-yillar)”, 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.3.DSc/Tar225
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Djumashev Askar Mambetovich, tarix fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, ilmiy kengash raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti. DSc.03/2025.27.12.Tar.04.04
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi, unvoni: Abdullaeva Yaxshibeka Atamuratovna, tarix fanlari doktori, professor; Bekimbetov Baxadir Mirzabaevich, tarix fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
Etakshi tashkilot: Nukus davlat pedagogika instituti.
II. Tadqiqotning maqsadi: 1946-1985 yillarda Qoraqalpog‘istonda jamoat tashkilotlarining shakllanishi va faoliyatining tarixiy tajribasini tahlil qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: Qoraqalpog‘istonning sovet davridagi jamoat tashkilotlarini faoliyat yo‘nalishlari, shuningdek, ularning miqdor va sifat ko‘rsatkichlariga qarab tasniflash natijasida ularning sovet-partiya apparatining ma’muriy, tashkiliy va mafkuraviy nazorati ostida faoliyat yuritganligi asoslangan;
Qoraqalpog‘istonning sovet davridagi jamoat tashkilotlarining shakllanishi va ularning faoliyat ko‘rsatish xususiyatlari sovet hokimiyatining umumdavlat manfaatlari bilan o‘zaro bog‘liq bo‘lib, aholining kommunistik qurilish maqsadlariga erishishga qaratilgan faoliyatida ishtirok etishi ixtiyoriy-majburiy xarakterga ega bo‘lganligi isbotlangan;
Sovet davrida Qoraqalpog‘iston jamoat tashkilotlari faoliyati aholining har turli jabhalarini qamrab olib, sovet hokimiyatining iqtisodiy, madaniy-ma’naviy qadriyatlarini targ‘ib qilish, ijtimoiy muhofaza, harbiy-sport va jismoniy tarbiya tizimini amalga oshirish vazifalarini bajarganligi aniqlangan;
o‘rganilayotgan davrda Qoraqalpog‘iston jamoat tashkilotlarining faoliyat shakllari va usullari, a’zolik va boshqa da ko‘rsatkichlari tahlil qilinib, jamoatchilik tashabbuslari va fikr-mulohazalarini xokimiyat tarafidan nazorat qilinishi o‘zaro konstruktiv hamkorlikni yo‘lga qo‘yishda to‘sqinlik qiluvchi omilga aylanganligi ko‘rsatilgan.
Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamyati: Dissertatsiya natijalarining ilmiy ahamiyati fuqarolarning jamoat tashkilotlari faoliyatidagi ishtiroki va fuqarolik pozisiyasini shakllantirish masalasiga oid nazariy yondashuvlarni takomillashtirishga, O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatini shakllantirishda fuqarolarning siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy faolligini oshirishga xizmat qilishi bilan belgilanadi.
Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati Qoraqalpog‘istonning yangi tarixiga oid tadqiqotlar va mavzuga oid darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar va elektron nashrlar, ma’ruzalarni boyitishga, shuningdek, respublika oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida “Fuqarolik jamiyati” maxsus kursi bo‘yicha yangi tahrirda ishlab chiqishga xizmat qilishi bilan izohlanadi.
Tadqiqotning amaliy natijalari quyidagilardan iborat: Dissertatsiyada bayon etilgan hamda ilk bor ilmiy muomalaga kiritilayotgan materiallar, taklif va xulosalardan Qoraqalpog‘iston jamoat tashkilotlari tarixi bo‘yicha maxsus va umumlashtirilgan tadqiqotlar, turli darsliklar, ma’ruza mashg‘ulotlari tayyorlashda foydalanish mumkin.
Tadqiqotda fuqarolik jamiyati institutlari bilan ijtimoiy sheriklikning yangi samarali shakllarini izlash talab etilayotgan hozirgi sharoitda barcha darajadagi ijro va vakillik organlarining amaliy faoliyati uchun sohani rivojlantirish bo‘yicha nazariy tavsiyalar ilgari surilgan. Yangi O‘zbekistonni barpo etish jarayonida fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish mexanizmlarini joriy etish imkonini beruvchi tarixiy tajribaga asoslangan amaliy tavsiyalar berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarning joriy qilinishi: Qoraqalpog‘iston jamoat tashkilotlari tarixini har tomonlama o‘rganish asosida ishlab chiqilgan ilmiy xulosalar, natijalar va amaliy tavsiyalar qo‘yidagi tarzda joriy etildi:
Qoraqalpog‘istonning sovet davridagi jamoat tashkilotlarini faoliyat yo‘nalishlari, shuningdek, ularning miqdor va sifat ko‘rsatkichlariga qarab tasniflash natijasida ularning sovet-partiya apparatining ma’muriy, tashkiliy va mafkuraviy nazorati ostida faoliyat yuritganligiga oid ilmiy xulosalar va natijalar O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq ijtimoiy fanlar ilmiy-tadqiqot institutida 2018-2020 yillari bajarilgan “Qaroqalpog‘iston jamiyatida ijtimoiy ko‘rsatmalarning transformatsiyasi: tarix va amaliyot” PZ-20170915198-sonli amaliy loyihasini amalga oshirishda qo‘llanilgan (O‘zR FA QQB Qoraqalpog‘iston Gumanitar Fanlar Ilmiy-tadqiqot institutining 2025 yil 28 iyuldagi №432/2-sonli ma’lumotnomasi);
Qoraqalpog‘istonning sovet davridagi jamoat tashkilotlarining shakllanishi va ularning faoliyat ko‘rsatish xususiyatlari sovet hokomiyatining umumdavlat manfaatlari bilan o‘zaro bog‘liq bo‘lib, aholining kommunistik qurilish maqsadlariga erishishga qaratilgan faoliyatida ishtirok etishining ixtiyoriy-majburiy xarakterda bo‘lganligi xaqidagi ilmiy xulosalar va natijalar Qaraqalpaqstan Respublikasi teleradiokompaniyasining ilmiy-ommabop ko‘rsatuvlari va eshittirishlari orqali o‘zatilgan (Qaraqalpaqstan Respublikasi teleradiokompaniyasining 2025 yil 28 iyuldagi №05-22/431-sonli ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalari axoliga ob’ektiv ma’lumotlar etkazilib, fuqarolik jamiyat institutlari rivojlanishining targ‘ib qilish bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot ishlari mazmunini oshirishga imkon bergan;
1946-1985 yillarda Qoraqalpog‘iston jamoat tashkilotlari tarixiga oid ilmiy xulosalar va natijalar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 4-may kungi PF-5430-sonli “Mamlakatni demokratik yangilash jarayonida fuqarolik jamiyati institutlarining rolini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi va 2024-yil PF-124-sonli “Fuqarolik jamiyati institutlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonlarining ijrosida, shuningdek, Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti Qoraqalpogiston filialida bajarilgan AI-XT-0-92997 raqamli «Yoshlarni umuminsoniy, milliy va tarixiy qadriyatlar uyg‘unligi asosida ma’naviy-ahloqiy tarbiyalashning muammolari» mavzusidagi amaliy loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti Qoraqalpogiston filialining 2025 yil 18 avgustdagi №335-sonli ma’lumotnomasi). Xususan, Qoraqalpog‘iston jamoat tashkilotlarining ish shakllari va usullari, miqdoriy ko‘rsatkichlari tahlil qilinib, konstruktiv hamkorlikni yo‘lga qo‘yishda to‘sqinlik qiluvchi omilga aylangan jamoatchilik tashabbuslari va fikr-mulohazalarini monitoring qilishga qaratilgan tadbirlarning amalga oshirilayotganligi hamda ularning ommaga ta’sir ko‘rsatish darajasi bugungi kunda fuqarolik jamiyat institutlari faoliyatini tashkillashtirish va beg‘araz rivojlanishining tarixiy tajribasi ko‘rsatilgan;
Sovet davrida Qoraqalpog‘iston jamoat tashkilotlari faoliyati aholining har turli jabhalarini qamrab olib, sovet hokimiyatining ijtimoiy muhofaza tizimini amalga oshirish, iqtisodiy, madaniy va ma’naviy qadriyatlarini targ‘ib qilish funksiyalarini bajarganligi xaqidagi ma’lumotlar O‘zbekiston Kasaba Uyushmalari Federatsiyasi Qoraqalpog‘iston Kengashining faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Kasaba Uyushmalari Federatsiyasi Qoraqalpog‘iston Kengashining 2025 yil 24 iyuldagi №UJ-07/952-sonli ma’lumotnomasi). Xususan, Sovet davrida Qoraqalpog‘iston jamoat tashkilotlari faoliyati aholining har turli jabhalarini qamrab olib, sovet hokimiyatining ijtimoiy muhofaza tizimini amalga oshirish, iqtisodiy, madaniy va ma’naviy qadriyatlarini targ‘ib qilish funksiyalarini bajarganligi xaqidagi ma’lumotlar e’tirof etilgan.