Zaynutdinov Bunyodjon Odiljon o‘g‘lining

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirishda tijorat banklari investision kreditlarining samaradorligini oshirish», 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PHD/Iqt1794.
Ilmiy rahbar: Tuxliev Bozor Karimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: iqtisodiyot fanlari doktori, professor Ismailov Alisher Agzamovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent Karabaev Nodir belgilansin.
Yetakchi tashkilot: “O‘zsanoatqurilishbank” ATB.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirishda tijorat banklari investision kreditlarining samaradorligini oshirish bo‘yicha ilmiy-amaliy taklif hamda tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tijorat banklarida risklarni boshqarish bo‘yicha kapital rentabelligi (ROE) aktivlar rentabelligi (ROA) va kapitalizatsiya ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi muvozanatni saqlashga yo‘naltirilgan investision samaradorlik indeksi (ISI) modelini qo‘llash orqali muammoli kreditlar ulushini 2 foizgacha kamaytirish imkoniyati asoslab berilgan;
bankning A, B va C darajadagi investision xizmatlarini, iqtisodiyot tarmoqlari kesimida investision samaradorlik koeffitsienti (DSK) modeli asosida toifalarga tasniflash orqali amaliyotga joriy qilish taklif etilgan;
bank xizmatlarini toifalash jarayonida kreditlash amaliyotida rasmiylashtirish xarajatlarini asosiy qarz tarkibida hisobga olish taklifi kompleks investision samaradorlik indeksi (IKSI) modeli ishlab chiqilgan;
tijorat banklarining investision kreditlardan olinadigan daromad hajmiga muammoli qarzdorliklarini qoplash bo‘yicha yaratilgan zaxira fondi sarfi va bank majburiyatlarining ta’sirini baholashning samaradorligiga ta’sir etuvchi omillar asosida ekonometrik modeldan foydalanib banklar investision kreditlashdan olinadigan daromadlarining 2030-yilga qadar mo‘ljallangan prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirishda tijorat banklari investision kreditlarining samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tijorat banklarida risklarni boshqarish bo‘yicha kapital rentabelligi (ROE) aktivlar rentabelligi (ROA) va kapitalizatsiya ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi muvozanatni saqlashga yo‘naltirilgan investision samaradorlik indeksi (ISI) modelini qo‘llash orqali muammoli kreditlar ulushini 2 foizgacha kamaytirish taklifi AT “Agrobank” investisiya siyosatini ishlab chiqishda foydalanilgn (“Agrobank” ATBning 2025 yil 23 oktabrdagi №04-02-06/408-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklif natijasida, muammoli kreditlar (NPL) ulushi 2024-yil 1-yanvar holatiga 4,1 foizdan 2025-yilda 1-yanvar holatiga 3,9 foizgacha kamayishiga erishilgan;
bankning A, B va C darajadagi investision xizmatlarini, iqtisodiyot tarmoqlari kesimida investision samaradorlik koeffitsienti (DSK) modeli asosida toifalarga tasniflash orqali amaliyotga joriy qilish taklifi AT “Agrobank” investisiya portfelini optimallashtirish jarayonida foydalanilgan (“Agrobank” ATBning 2025-yil 23-oktabrdagi №04-02-06/408-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif natijasida bankga iqtisodiyot tarmoqlari bo‘yicha investision kreditlarni samaradorlik darajasiga qarab qayta taqsimlash, yuqori rentabellikka ega (A-toifa) sohalarga ustuvorlik berish hamda past rentabellik (C-toifa) yo‘nalishlarida risklarni kamaytirish imkonini bergan. Natijada, (“Agrobank” ATBningda 2025-yil uchun investision portfel tarkibi optimallashtirilib, sanoat va xizmatlar sektorlarining investision samaradorlik ko‘rsatkichlari mos ravishda 1,18 va 1,09 birlikka oshishiga erishilgan.
bank xizmatlarini toifalash jarayonida kreditlash amaliyotida rasmiylashtirish xarajatlarini asosiy qarz tarkibida hisobga olish taklifi kompleks investision samaradorlik indeksi (IKSI) modeli doirasida “Agrobank” ATBning “Kredit siyosati”ni ishlab chiqishda foydalanilgan “Agrobank” ATBning 2025-yil 23-oktabrdagi №04-02-06/408-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif kredit operatsiyalari samaradorligini baholashda kapital etarliligi, investision daromadlilik, risk darajasi va tarmoq bo‘yicha investision ulush kabi ko‘rsatkichlarning uyg‘unligini ta’minlaydi. Natijada, bankning kredit portfeli 2025-yilda 2866,5 mlrd. so‘mgacha kengayib, yil boshiga nisbatan 510,3 mlrd. so‘m miqdorida qo‘shimcha kredit ajratilishi ta’minlashga xizmat qilgan.
tijorat banklarining investision kreditlardan olinadigan daromad hajmiga muammoli qarzdorliklarini qoplash bo‘yicha yaratilgan zaxira fondi sarfi va bank majburiyatlarining ta’sirini baholashning samaradorligiga ta’sir etuvchi omillar asosida ekonometrik modeldan foydalanib “Agrobank” ATBning investision kreditlashdan olinadigan daromadlarining 2030-yilga qadar mo‘ljallangan prognozi ishlab chiqilgan (“Agrobank” ATBning 2025-yil 23-oktabrdagi №04-02-06/408-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif “Agrobank” ATBning uzoq muddatli kredit siyosati ishlab chiqishda foydalanilgan. Natijasida bank investision kreditlari samaradorligi oshirilib, resurslardan foydalanish va risklarni boshqarishni strategik darajada muvofiqlashtirish imkonini berdi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish