Abdusattarova Dildora Bohodirovna

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekiston oliy ta’lim eksport xizmatlari moliyaviy natijadorligini ta’minlashni takomillashtirish”, 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Iqt1891
Ilmiy rahbar: Pardaev Jamshid Muzaffarovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/2025.27.12.I.23.01.
Rasmiy opponentlar: Alimardonov Ilhom Muzrobshoxovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Karlibaeva Gulshat Xojabaevna, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi oliy ta’lim eksport xizmatlarining moliyaviy natijadorligini oshirishga qaratilgan tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarni takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “oliy ta’lim xizmatlari eksporti” tushunchasining iqtisodiy mazmuni oliy ta’lim muassasalarining ta’lim, ilmiy va innovatsion salohiyatini xalqaro bozor talablariga mos holda tijoratlashtirish, xorijiy talabalarni jalb qilish, transchegaraviy va raqamli ta’lim dasturlarini amalga oshirish, akademik brendni shakllantirish hamda ta’lim xizmatlaridan olinadigan eksport tushumlarini diversifikatsiya qilish orqali moliyaviy natijadorlik va institutsional raqobatbardoshlikni oshirishga qaratilgan tashkiliy-iqtisodiy mexanizm jihatidan takomillashtirilgan;
oliy ta’lim eksport xizmatlarining moliyaviy natijadorligini ta’minlash xorijiy talabalarga ko‘rsatiladigan ta’lim xizmatlari bo‘yicha tushumlar va xarajatlarni alohida hisob markazlari kesimida yuritish hamda har bir dasturning valyuta tushumi, xarajat sig‘imi va marjinal daromadini baholash tartibini joriy etish asosida takomillashtirilgan;
oliy ta’lim xizmatlari eksportini rivojlantirish xorijiy auditoriya uchun mo‘ljallangan ta’lim dasturlarini moliyaviy natijadorlik darajasiga ko‘ra reytinglash, resurslarni yuqori eksport salohiyatiga ega dasturlarga maqsadli qayta taqsimlash va eksportbop ta’lim mahsulotlarining daromadlilik profilini shakllantirish tartibini joriy etish asosida takomillashtirilgan;
xorijiy tillarda ta’lim dasturlarini kengaytirish, magistratura va doktoranturaga xorijiy fuqarolarni suhbat orqali qabul qilish tizimini ekonometrik modeli asosida mazkur yo‘nalishdagi amaliy qarorlar qabul qilishni 2030-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonda oliy ta’lim eksport xizmatlari moliyaviy natijadorligini ta’minlashni takomillashtirishda bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy natijalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “oliy ta’lim xizmatlari eksporti” tushunchasining iqtisodiy mazmuni oliy ta’lim muassasalarining ta’lim, ilmiy va innovatsion salohiyatini xalqaro bozor talablariga mos holda tijoratlashtirish, xorijiy talabalarni jalb qilish, transchegaraviy va raqamli ta’lim dasturlarini amalga oshirish, akademik brendni shakllantirish hamda ta’lim xizmatlaridan olinadigan eksport tushumlarini diversifikatsiya qilish orqali moliyaviy natijadorlik va institutsional raqobatbardoshlikni oshirishga qaratilgan tashkiliy-iqtisodiy mexanizm jihatidan takomillashtirishga oid nazariy-uslubiy materiallardan oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun mo‘ljallangan “Introduction to taxation” nomli darslikni tayyorlashda foydalanilgan (Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektorining 2022-yil 24-oktyabrdagi 328-sonli buyrug‘i). Mazkur tushunchaning oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun yangi mazmunda kiritilishi bo‘lg‘usi mutaxassislarning oliy ta’lim xizmatlari eksporti va uni moliyalashtirish borasidagi bilim va ko‘nikmalarini kengaytirish imkonini yaratgan;
oliy ta’lim eksport xizmatlarining moliyaviy natijadorligini ta’minlash xorijiy talabalarga ko‘rsatiladigan ta’lim xizmatlari bo‘yicha tushumlar va xarajatlarni alohida hisob markazlari kesimida yuritish hamda har bir dasturning valyuta tushumi, xarajat sig‘imi va marjinal daromadini baholash tartibini joriy etish asosida takomillashtirishga doir taklif O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazining 2026-yil 7-yanvardagi № 02/01-01-1-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga tatbiqi natijasida, ta’lim dasturlarini modernizatsiya qilish, OTMlar reytingini oshirish, diplomlarning xalqaro maydonda tan olinish darajasini kengaytirish uchun institutsional-huquqiy asos yaratildi hamda O‘zbekiston oliy ta’lim tizimining jahon ta’lim makoniga integratsiyalashuv darajasi oshgan;
oliy ta’lim xizmatlari eksportini rivojlantirish xorijiy auditoriya uchun mo‘ljallangan ta’lim dasturlarini moliyaviy natijadorlik darajasiga ko‘ra reytinglash, resurslarni yuqori eksport salohiyatiga ega dasturlarga maqsadli qayta taqsimlash va eksportbop ta’lim mahsulotlarining daromadlilik profilini shakllantirish tartibini joriy etish asosida takomillashtirishga doir taklif O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazining 2026-yil 7-yanvardagi № 02/01-01-1-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga tatbiqi natijasida O‘zbekistonning ta’lim jozibadorligini global miqyosda oshirish, xorijiy talabalar sonini ko‘paytirish, oliy ta’lim muassasalariga qo‘shimcha budjetdan tashqari mablag‘lar oqimini shakllantirish hamda respublikaning xalqaro imidjini mustahkamlashga xizmat qiluvchi kompleks axborot platformasini yaratish uchun institutsional-huquqiy asos shakllantirilgan;
xorijiy tillarda ta’lim dasturlarini kengaytirish, magistratura va doktoranturaga xorijiy fuqarolarni suhbat orqali qabul qilish tizimini ekonometrik modeli asosida mazkur yo‘nalishdagi amaliy qarorlar qabul qilishni 2030-yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan amaliy qarorlar qabul qilish jarayoniga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazining 2026-yil 7-yanvardagi № 02/01-01-1-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga tatbiqi natijasida Oliy ta’lim vazirligi va ayrim universitetlar uchun 2030-yilgacha xorijiy talabalar soni prognozi ekonometrik model asosida shakllantirilib, xorijiy til dasturlari ulushini 15 foizga oshirish xorijiy talaba oqimini 2 baravar ko‘paytirishi mumkinligi aniqlangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish