Erimbetov Bayrambay Karlibaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Malakali kurashchilar musobaqa va mashg‘ulot jarayonini pedagogik nazorat qilishning nazariy-metodik asoslarini takomillashtirish”, 13.00.04–Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi (pedagoika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/Ped156.
Ilmiy rahbar: Kerimov Fikrat Azizovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, DSc.27.06.2017.Ped.28.01.
Rasmiy opponentlar: Abdiev Abdulla Nosirovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Pulatov Fazliddin Muxiddinovich, pedagogika fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: malakali kurashchilar musobaqa va mashg‘ulot jarayonini pedagogik nazorat qilishning nazariy-metodik asoslarini yanada takomillashtirish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kurashchilarni tayyorlashda mashg‘ulot yuklamalari jismoniy tayyorgarlik va musobaqa faoliyatini nazorat qilish talablarini inobatga olgan holda unifikatsiyalashgan pedagogik nazorat qilish tizimi takomillashtirilgan;
o‘quv-mashg‘ulotlar jarayonida malakali kurashchilarning jismoniy tayyorgarligini baholash umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlikni nazorat qilish uchun belgilangan mashqlarni qo‘llash metodikasi takomillashtirilgan;
malakali kurashchilarning jismoniy tayyorgarligini ifodalovchi ko‘rsatkichlarni koeffisientlarda qayta hisoblash orqali kurashchilarning jismoniy tayyorgarligini baholash samaradorligi isbotlangan;
musobaqa faoliyatini nazorat qilishda ishlab chiqilgan musobaqa tarkiblari mazmunini tahlil qilish samaradorligi tajribada asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Malakali kurashchilarning musobaqa va mashg‘ulot yuklamalarini pedagogik nazorat qilishning nazariy-metodik asoslarini takomillashtirish yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida:
malakali kurashchilarning musobaqa va mashg‘ulot faoliyatini hisobga olish va tahlil qilishning unifikatsiyalashgan yagona modeli Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahar 1- sonli bolalar va o‘smirlar sport maktabida o‘quv-mashg‘ulotlar jarayoniga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining 2019 yil 12 martdagi 01-07-15-957-son ma’lumotnomasi). Natijada musobaqa va o‘quv-mashg‘ulotlar jarayoni samaradorligi oshgan va Qoraqalpog‘iston Respublikasi kurashchilari 2017 yilda kurash bo‘yicha O‘zbekiston kubogi musoba¬qalarida jamoaviy hisobda 3-o‘rinni egallashida xizmat qilgan;
maxsus jismoniy tayorgarlikning axborotli va ishonchli nazorat mashqlari kompleksi Nukus oliy sport mahorati maktabida malakali kurashchilarning o‘quv-mashg‘ulotlari jarayoniga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining 2019 yil 12 martdagi 01-07-15-957-son ma’lumot¬nomasi). Natijada kurashchilar tayyorgarligining kuchli va kuchsiz tomonlari aniqlangan, bu kurashchilarning maxsus jismoniy tayyorgarligini oshirish uchun mashqlar ishlab chiqish hamda tanlash imkonini bergan, ularning qo‘llanishi asosida kurashchilar maxsus jismoniy tayyorgarligi 10–12% ga oshishiga erishilgan;
malakali kurashchilarning umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarligini baholash uchun me’yoriy ko‘rsatkichlar (nomogramma) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatida o‘quv-mashg‘u¬lot¬lar jarayoniga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining 2019 yil 12 martdagi 01-07-15-957-son ma’lumotnomasi). Natijada tajriba guruhi kurashchilarining o‘quv mashg‘ulotlar jarayonini boshqarish samaradorligi 12–14% ga oshgan;
malakali kurashchilarning musobaqa va mashg‘ulot faoliyatini pedagogik nazorat qilish metodikasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahar 1-sonli bolalar va o‘smirlar sport maktabida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining 2019 yil 12 martdagi 01-07-15-957-son ma’lumot¬nomasi). Natijada malakali kurashchilarning: hujum samaradorligi – 12–14%, himoyalanish samaradorligi – 11–13%, hujumlar xilma xilligi – 9–11%, ko‘prik holatida bosh atrofida aylanishlar – 14–17%, vaqt uchun sherigini tashlashlar – 12–15%, ko‘prik holatida ag‘darishlar – 13–15% ga ortgan.