G‘iyosov Ilhom Karimovichning

fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Qurilish sanoati korxonalari iqtisodiy samaradorligini oshirishda korporativ boshqaruv mexanizmlarini takomillashtirishning metodologik asoslari”, 08.00.03 – “Sanoat iqtisodiyoti”, 08.00.13 – “Menejment” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:
Ilmiy maslahatchi: Pardaev Abdunabi Xolikovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent arxitektura-qurilish universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent arxitektura-qurilish universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/2026.09.01.I.04.M raqamli Ilmiy kengash asosidagi bir martalik Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), professor Hasanov Tohir Abdurashidovich; iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), professor Allayorov Shamsiddin Amonullaevich; iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), professor Ochilov Akram Odilovich.
Yetakchi tashkilot: Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: qurilish sanoati korxonalari iqtisodiy samaradorligini oshirishda korporativ boshqaruv mexanizmlarini takomillashtirishning metodologik asoslarini rivojlantirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra, qurilish sanoati korxonasining «iqtisodiy samaradorligi» va «korporativ boshqaruv mexanizmi» tushunchalari mos ravishda natija, resurs, xarajat, vaqt va risk omillarining o‘zaro nisbati hamda mulkdorlik nazorati, javobgarlik va rag‘batlantirish mexanizmlarining o‘zaro bog‘liqligi asosida aniqlashtirilib, korporativ boshqaruvning iqtisodiy samaradorlikka ta’sirini «formal mavjudlik - real ishlash - iqtisodiy ta’sir» tamoyili asosida baholash yondashuvi takomillashtirilgan;
qurilish sanoati korxonalarida korporativ boshqaruv mexanizmlarining integral samaradorligi va etuklik darajasini baholash metodikasi ekspert va obektiv baholarni gibrid vaznlash, kritik boshqaruv bloklaridagi zaifliklarning kompensatsiyalanishini cheklash, institutlar komplementarligi va ma’lumotlar ishonchliligini hisobga olish asosida ishlab chiqilib, korporativ boshqaruv etukligi «boshlang‘ich» (0 ≤ ICG < 0,25), «rivojlanayotgan» (0,25 ≤ ICG < 0,50), «barqaror» (0,50 ≤ ICG < 0,75) hamda «ilg‘or» (0,75 ≤ ICG ≤ 1,00) darajalarga ajratilgan;
korporativ boshqaruvni takomillashtirish bo‘yicha muqobil qarorlarni tanlashning ko‘p mezonli iqtisodiy-matematik modeli ekonometrik baholarni ssenariylar asosida kutiladigan iqtisodiy samaraga transformatsiya qilish, choralarni iqtisodiy samara, xarajat, risk va amalga oshirish imkoniyati bo‘yicha baholash hamda budjet cheklovlari, o‘zaro bog‘liqlik va sinergik ta’sirlarni hisobga olgan holda maqbul choralar portfelini shakllantirish asosida ishlab chiqilgan;
korporativ boshqaruv etukligi darajalari va korxona turlariga mos tabaqalashtirilgan tashkiliy-iqtisodiy mexanizm korporativ, loyiha va shartnoma boshqaruvini integratsiyalash, qaror vakolatlari va hisobdorlik matritsasini joriy etish hamda boshqaruv transformatsiyasining bosqichli yo‘l xaritasini shakllantirish asosida ishlab chiqilgan;
qurilish sanoati korxonalari iqtisodiy samaradorligini prognozlash metodikasi korporativ boshqaruv etukligining maqsadli traektoriyasi, korporativ omillarning ekonometrik baholangan ta’siri va takomillashtirish choralari portfelidan kutiladigan iqtisodiy samarani o‘zaro bog‘lash asosida takomillashtirilib, «Trest 12» AJning uch ssenariy bo‘yicha 2030-yilgacha asosiy hamda 2035-yilgacha indikativ prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qurilish sanoati korxonalari iqtisodiy samaradorligini oshirishda korporativ boshqaruv mexanizmlarini takomillashtirishning metodologik asoslarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra, qurilish sanoati korxonasining «iqtisodiy samaradorligi» va «korporativ boshqaruv mexanizmi» tushunchalari mos ravishda natija, resurs, xarajat, vaqt va risk omillarining o‘zaro nisbati hamda mulkdorlik nazorati, javobgarlik va rag‘batlantirish mexanizmlarining o‘zaro bog‘liqligi asosida aniqlashtirilib, korporativ boshqaruvning iqtisodiy samaradorlikka ta’sirini «formal mavjudlik - real ishlash - iqtisodiy ta’sir» tamoyili asosida baholash yondashuviga oid nazariy-uslubiy materiallardan oliy ta’lim tashkilotlari talabalari uchun tavsiya etilgan «Loyiha boshqaruvi» nomli o‘quv adabiyotini tayyorlashda foydalanilgan (Toshkent arxitektura-qurilish universitetining 2026-yil 15-maydagi 3/48-sonli buyrug‘i asosida berilgan o‘quv adabiyotining nashr ruxsatnomasi, № 3/48-2). Mazkur natijaning joriy etilishi talabalarda qurilish sanoati korxonalari iqtisodiy samaradorligini kompleks baholash va boshqaruv qarorlarini samaradorlik mezonlari asosida asoslash ko‘nikmalarini kengaytirish imkonini bergan;
qurilish sanoati korxonalarida korporativ boshqaruv mexanizmlarining integral samaradorligi va etuklik darajasini baholash metodikasi ekspert va obektiv baholarni gibrid vaznlash, kritik boshqaruv bloklaridagi zaifliklarning kompensatsiyalanishini cheklash, institutlar komplementarligi va ma’lumotlar ishonchliligini hisobga olish asosida ishlab chiqilib, korporativ boshqaruv etukligi «boshlang‘ich» (0 ≤ ICG < 0,25), «rivojlanayotgan» (0,25 ≤ ICG < 0,50), «barqaror» (0,50 ≤ ICG < 0,75) hamda «ilg‘or» (0,75 ≤ ICG ≤ 1,00) darajalarini tasniflash metodikasi bo‘yicha taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi tizimidagi qurilish korxonalari faoliyatiga joriy etilgan (vazirlikning 2026-yil 13-oktabrdagi 34-06/13852-son ma’lumotnomasi). Mazkur natijaning joriy etilishi bazaviy integral indeks 0,835 darajasida baholanib, sezgirlik tahlilida uning 0,828–0,841 oralig‘ida barqaror saqlanishi aniqlangan, boshqaruv organlari tarkibidagi o‘zgarishlar, likvidlik va ma’lumotlar sifati esa korporativ boshqaruvning ustuvor takomillashtirish yo‘nalishlari sifatida belgilangan;
korporativ boshqaruvni takomillashtirish bo‘yicha muqobil qarorlarni tanlashning ko‘p mezonli iqtisodiy-matematik modeli ekonometrik baholarni ssenariylar asosida kutiladigan iqtisodiy samaraga transformatsiya qilish, choralarni iqtisodiy samara, xarajat, risk va amalga oshirish imkoniyati bo‘yicha baholash hamda budjet cheklovlari, o‘zaro bog‘liqlik va sinergik ta’sirlarni hisobga olgan holda maqbul choralar portfelini shakllantirish bo‘yicha taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi tizimidagi qurilish korxonalari faoliyatiga joriy etilgan (vazirlikning 2026-yil 13-oktabrdagi 34-06/13852-son ma’lumotnomasi). Mazkur natijaning joriy etilishda 8 mlrd so‘mlik bir martalik budjet doirasida ettita choradan iborat portfel shakllantirilib, uning besh yillik yig‘ma sof joriy qiymati bazaviy ssenariyda 77,4 mlrd so‘mni, pessimistik ssenariyda 3,0 mlrd so‘mni, uchinchi yildan boshlab kutiladigan yillik sof samarasi 35–40 mlrd so‘mni tashkil etishi hamda portfel integral indeksni 0,85 dan 0,95 gacha, ya’ni qariyb 11,8 foizga oshirishi asoslangan;
korporativ boshqaruv etukligi darajalari va korxona turlariga mos tabaqalashtirilgan tashkiliy-iqtisodiy mexanizm korporativ, loyiha va shartnoma boshqaruvini integratsiyalash, qaror vakolatlari va hisobdorlik matritsasini joriy etish hamda boshqaruv transformatsiyasining bosqichli yo‘l xaritasini shakllantirish bo‘yicha taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi tizimidagi qurilish korxonalari faoliyatiga joriy etilgan (vazirlikning 2026-yil 13-oktabrdagi 34-06/13852-son ma’lumotnomasi). Mazkur natijaning joriy etilishi korxonalarning korporativ boshqaruv etukligi va tashkiliy xususiyatlariga mos boshqaruv mexanizmlarini tanlash, qaror qabul qilish vakolatlari va hisobdorlikni aniq belgilash hamda boshqaruv transformatsiyasini bosqichma-bosqich amalga oshirish imkonini bergan;
qurilish sanoati korxonalari iqtisodiy samaradorligini prognozlash metodikasi korporativ boshqaruv etukligining maqsadli traektoriyasi, korporativ omillarning ekonometrik baholangan ta’siri va takomillashtirish choralari portfelidan kutiladigan iqtisodiy samarani o‘zaro bog‘lash asosida takomillashtirish bo‘yicha taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi tizimidagi qurilish korxonalari faoliyatiga joriy etilgan (vazirlikning 2026-yil 13-oktabrdagi 34-06/13852-son ma’lumotnomasi). Mazkur natijaning joriy etilishi «Trest 12» AJda takomillashtirish ssenariysi bo‘yicha 2030-yilda sof foydani 79,2 mlrd so‘mga, ya’ni bazaviy ssenariyga nisbatan 2,05 baravarga, o‘z kapitali rentabelligini esa 18,4 foizga yetkazish imkoniyatini prognozlashga xizmat qilgan. Shuningdek, 2035-yil uchun sof foydaning 151,2 mlrd so‘mga etishi indikativ prognoz sifatida belgilangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish