Nurov Akobir Rizokulovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Soch xususiyatlarini o‘rganish asosida shaxsni aniqlashni takomillashtirish», 14.00.24 - Sud tibbiyoti (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Tib5601.
Ilmiy rahbar: Xasanova Muxarrama Almaredanovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat tibbiyot universiteti huzuridagi DSc.06/2025.27.12.Tib.01.03 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Yuldashev Baxrom Sabirjanevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Abdullaev Baxtiyor Saidovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Abuali ibni Sino nomidagi Tojikiston davlat tibbiyot universiteti.
II. Tadqiqotning maqsadi: inson soch xususiyatlari va sochlarda AV0 tizimi antigenlarini aniqlashda affin xromatografiya usulidan foydalanish imkoniyatini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
soch namunasi bo‘yicha AV0 tizimi guruhiy mansubligini aniqlash samaradorligi, shuningdek, guruhiy mansublikni aniqlashga to‘sqinlik qiluvchi omillar (chirish, yoqilg‘i-moylash materiallari, kislota-ishqor va bo‘yoqlar bilan ifloslanish, termik ta’sir, suv va tuproqda uzoq qolish) hamda AV0 guruhlarining jins bo‘yicha taqsimoti aniqlangan;
sochning tabiiy tushganligi yoki yulib olinganligini (soch piyozchasining holatiga ko‘ra) farqlashning morfologik belgilari asoslanib, sochning morfologik xususiyatlari (kutikula, pigmentli po‘stloq va o‘zak) bo‘yicha sud-tibbiy baholash mezonlari ishlab chiqilgan;
sochlarda A, V va 0(N) antigenlarini absorbsiya reaksiyasining miqdoriy modifikatsiyasi va absorbsiya-elyusiya usullarida aniqlashda izozardoblarning o‘rniga o‘simlik fitagglyutininlari ekstraktlarini qo‘llash asoslangan;
sud tibbiyoti amaliyotida yulib olingan tolalari ildiz piyozchalarida A va V antigenlarini affin (biospesifik adsorbsion) xromatografiya usuli bilan aniqlash tartibi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Inson soch xususiyatlari va sochlarda AV0 tizimi antigenlarini aniqlashda affin xromatografiya usulidan foydalanish imkoniyatini asoslash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: soch namunasi bo‘yicha AV0 tizimi guruhiy mansubligini aniqlash samaradorligi, shuningdek, guruhiy mansublikni aniqlashga to‘sqinlik qiluvchi omillar (chirish, yoqilg‘i-moylash materiallari, kislota-ishqor va bo‘yoqlar bilan ifloslanish, termik ta’sir, suv va tuproqda uzoq qolish) hamda AV0 guruhlarining jins bo‘yicha taqsimoti aniqlanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasining muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 22 avgustda 08-24/351-t-son bilan tasdiqlangan «Soch xususiyatlarini o‘rganish asosida shaxsni aniqlashni takomillashtirish» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazining Buxoro viloyat filiali bo‘yicha 09.07.2025 yildagi 42T-son, Sirdaryo filiali bo‘yicha 12.09.2025 yildagi 36-i-ch-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi xuzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2026 yil 10 iyundagi 10/20-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: tadqiqot natijalari bo‘yicha sud tibbiy ekspertiza muassasalarida mazkur turdagi ekspertizalarni o‘tkazishni takomillashtirish, soch xususiyatlarini va guruhiy mansubligini aniqlashda ekspert xulosalarining asoslanganlik va ishonchlilik darajasini oshirish ta’minlangan. Iqtisodiy samaradorligi: mazkur holatning sud tibbiy ekspertizasi uchun sarflanadigan 150000-250000 so‘m byudjet mablag‘lari tavsiya etilgan usullardan foydalanish orqali birlamchi ekspertiza muddatini 2-3 kunga qisqartirish natijasida iqtisod qilinadi;
ikkinchi ilmiy yangilik: sochning tabiiy tushganligi yoki yulib olinganligini (soch piyozchasining holatiga ko‘ra) farqlashning morfologik belgilari asoslanib, sochning morfologik xususiyatlari (kutikula, pigmentli po‘stloq va o‘zak) bo‘yicha sud-tibbiy baholash mezonlari ishlab chiqilganligi bo‘yicha takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasining muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 22 avgustda 08-24/351-t-son bilan tasdiqlangan «Soch xususiyatlarini o‘rganish asosida shaxsni aniqlashni takomillashtirish» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazining Buxoro viloyat filiali bo‘yicha 09.07.2025 yildagi 42T-son, Sirdaryo filiali bo‘yicha 12.09.2025 yildagi 36-i-ch-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi xuzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2026 yil 10 iyundagi 10/20-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: tadqiqot natijalari bo‘yicha sud tibbiy ekspertiza muassasalarida mazkur turdagi ekspertizalarni o‘tkazishni takomillashtirish, soch xususiyatlarini va guruhiy mansubligini aniqlashda ekspert xulosalarining asoslanganlik va ishonchlilik darajasini oshirish ta’minlangan. Iqtisodiy samaradorligi: mazkur holatning sud tibbiy ekspertizasi uchun sarflanadigan 150000-250000 so‘m byudjet mablag‘lari tavsiya etilgan usullardan foydalanish orqali birlamchi ekspertiza muddatini 2-3 kunga qisqartirish natijasida iqtisod qilinadi;
uchinchi ilmiy yangilik: sochlarda A, V va 0(N) antigenlarini absorbsiya reaksiyasining miqdoriy modifikatsiyasi va absorbsiya-elyusiya usullarida aniqlashda izozardoblarning o‘rniga o‘simlik fitagglyutininlari ekstraktlarini qo‘llash asoslanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasining muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 22 avgustda 08-24/351-t-son bilan tasdiqlangan «Soch xususiyatlarini o‘rganish asosida shaxsni aniqlashni takomillashtirish» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazining Buxoro viloyat filiali bo‘yicha 09.07.2025 yildagi 42T-son, Sirdaryo filiali bo‘yicha 12.09.2025 yildagi 36-i-ch-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi xuzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2026 yil 10 iyundagi 10/20-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: tadqiqot natijalari bo‘yicha sud tibbiy ekspertiza muassasalarida mazkur turdagi ekspertizalarni o‘tkazishni takomillashtirish, soch xususiyatlarini va guruhiy mansubligini aniqlashda ekspert xulosalarining asoslanganlik va ishonchlilik darajasini oshirish ta’minlangan. Iqtisodiy samaradorligi: mazkur holatning sud tibbiy ekspertizasi uchun sarflanadigan 150000-250000 so‘m byudjet mablag‘lari tavsiya etilgan usullardan foydalanish orqali birlamchi ekspertiza muddatini 2-3 kunga qisqartirish natijasida iqtisod qilinadi;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: sud tibbiyoti amaliyotida yulib olingan tolalari ildiz piyozchalarida A va V antigenlarini affin (biospesifik adsorbsion) xromatografiya usuli bilan aniqlash tartibi asoslanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasining muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 22 avgustda 08-24/351-t-son bilan tasdiqlangan «Soch xususiyatlarini o‘rganish asosida shaxsni aniqlashni takomillashtirish» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazining Buxoro viloyat filiali bo‘yicha 09.07.2025 yildagi 42T-son, Sirdaryo filiali bo‘yicha 12.09.2025 yildagi 36-i-ch-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi xuzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2026 yil 10 iyundagi 10/20-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: tadqiqot natijalari bo‘yicha sud tibbiy ekspertiza muassasalarida mazkur turdagi ekspertizalarni o‘tkazishda, morfologik, taqqoslash, sud tibbiy, hamda statistik usullar yordamida ishlov berilganligi, sochlarni guruhiy mansubligini baholash bo‘yicha ekspert xulosalarining asoslanganlik va ishonchlilik darajasini oshirish ta’minlangan. Iqtisodiy samaradorligi: mazkur holatning sud tibbiy ekspertizasi uchun sarflanadigan 150000-250000 so‘m byudjet mablag‘lari tavsiya etilgan usullardan foydalanish orqali birlamchi ekspertiza muddatini 2-3 kunga qisqartirish natijasida iqtisod qilinadi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish