Mamajanova Nodira Mirfotixovnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Surunkali gepatit bilan og‘rigan bemorlarning ambulator-poliklinika amaliyotidagi mul`tiparametrik ultratovush tashxisi va monitoringi», 14.00.19 – klinik radiologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2020.4.PhD/Tib1546.
Ilmiy rahbar: Xodjibekov Marat Xudaykulovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Bolalar onkologiyasi, gematologiyasi va klinik immunologiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.06/2025.27.12.Tib.06.01.
Rasmiy opponentlar: Raxmonova Gulbaxor Ergashevna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Yarmuxamedova Nargiza Anvarovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat tibbiyot insitituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: mashinaviy ta’lim metodi yordamida yaratilgan jigar fibrozi darajasini bashorat qiluvchi ul`tratovushli skoring modellarini qo‘llagan holda ambulator-poliklinika sharoitida surunkali virusli gepatit B va C diagnostikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
surunkali virusli gepatitlar bilan og‘rigan bemorlarda ambulator-poliklinika amaliyotida exografik belgilarning sub’ektiv talqiniga asoslangan an’anaviy kulrang shkalali ul`trasonografiya jigar fibrozini ishonchli stadiyalash imkonini bermasligi, bu ul`tratovush belgilari nospesifikligi va fibroz jarayonining erta bosqichlarida ularning bir-birini qoplashi bilan izohlanishi isbotlangan;
standart ul`trasonografik ma’lumotlar asosida mashinali o‘qitish usullarini qo‘llash sifat va miqdoriy parametrlarni integratsiya qilish orqali murakkab radiomik texnologiyalarsiz jigar fibrozini stadiyalashning prognostik modellarini shakllantirish imkonini berishi asoslangan;
belgilarni bosqichma-bosqich orqaga tanlab olish algoritmini qo‘llash orqali mustaqil ul`trasonografik prediktorlarning minimal to‘plamini ajratib olish va ular asosida amaliyotda qo‘llashga mos integral jigar fibrozi indeksini shakllantirish mumkinligi isbotlangan;
ul`trasonografik prediktorlarni qon zardobi indeksi APRI bilan birgalikda qo‘llash ularni alohida qo‘llashga nisbatan jigar fibrozini noinvaziv stadiyalash aniqligini oshirishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ambulator-poliklinika amaliyotida surunkali virusli gepatitlar bilan og‘rigan bemorlarda mul`tiparametrik ul`tratovush diagnostikasi va monitoringiga bag‘ishlangan tadqiqot natijalari asosida:
birinchi ilmiy yangilik: surunkali virusli gepatitlar bilan og‘rigan bemorlarda ambulator-poliklinika amaliyotida exografik belgilarning sub’ektiv talqiniga asoslangan an’anaviy kulrang shkalali ul`trasonografiya jigar fibrozini ishonchli stadiyalash imkonini bermasligi, bu ul`tratovush belgilari nospesifikligi va fibroz jarayonining erta bosqichlarida ularning bir-birini qoplashi bilan izohlanishi isbotlanganligi Toshkent tibbiyot akademiyasi ekspert kengashining 2025 yil 25 fevraldagi 654-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Surunkali gepatit bilan og‘rigan bemorlarda ambulator-poliklinika amaliyotida mul`tiparametrik ul`tratovush diagnostikasi va monitoringi usullari» nomli uslubiy tavsiyalar mazmuniga kiritildi. Ishlab chiqilgan yondashuv O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, infeksion va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazining 2025 yil 6 martdagi 36-sonli buyrug‘i hamda mazkur markaz Virusologiya ilmiy-tadqiqot institutining 2025 yil 9 apreldagi 86-sonli buyrug‘i asosida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 24 oktyabrdagi 27/09-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: exografik belgilarning sub’ektiv bahosiga asoslangan an’anaviy ul`trasonografiyaning cheklangan diagnostik axborotliligini inobatga olgan holda ishlab chiqilgan yondashuv klinik qarorlar qabul qilishning asosliligini oshirishga xizmat qiladi, bemorlarni qo‘shimcha tekshiruv usullariga maqsadli yo‘naltirish imkonini beradi, jigar fibrozining klinik ahamiyatli bosqichlarini erta aniqlashni yaxshilaydi va ambulator-poliklinika sharoitida tibbiy yordam sifatini oshiradi. Iqtisodiy samaradorligi: mazkur yondashuvni qo‘llash diagnostikadagi xatoliklar va asossiz qo‘shimcha tekshiruvlar tayinlanishi bilan bog‘liq xarajatlarni kamaytirish, bemorning diagnostik marshrutini optimallashtirish hisobiga bir nafar bemorga o‘rtacha 350000 so‘mgacha mablag‘ni tejash imkonini beradi, jumladan qayta-qayta ul`tratovush tekshiruvlari, asossiz konsul`tatsiyalar va laborator tahlillar soni qisqarishi hisobiga. Xulosa: exografik belgilarning sub’ektiv talqiniga asoslangan an’anaviy kulrang shkalali ul`trasonografiyaning cheklangan imkoniyatlari isbotlanganligiga asoslangan yondashuvni klinik amaliyotga joriy etish diagnostik taktikani aniqlashtirish, qo‘shimcha tekshiruv usullaridan oqilona foydalanish va tibbiy yordam sifatini oshirishga xizmat qiladi hamda bir nafar bemorga o‘rtacha 350000 so‘mgacha iqtisodiy samaraga erishish imkonini berib, taklif etilgan echimning ijtimoiy va iqtisodiy samaradorligini tasdiqlaydi.
ikkinchi ilmiy yangilik: standart ul`trasonografik ma’lumotlar asosida mashinali o‘qitish usullarini qo‘llash sifat va miqdoriy parametrlarni integratsiya qilish orqali murakkab radiomik texnologiyalarsiz jigar fibrozini stadiyalashning prognostik modellarini shakllantirish imkonini berishi asoslanganligi Toshkent tibbiyot akademiyasi ekspert kengashining 2025 yil 25 fevraldagi 654-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Surunkali gepatit bilan og‘rigan bemorlarda ambulator-poliklinika amaliyotida mul`tiparametrik ul`tratovush diagnostikasi va monitoringi usullari» nomli uslubiy tavsiyalar mazmuniga kiritildi. Ishlab chiqilgan yondashuv O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, infeksion va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazining 2025 yil 6 martdagi 36-sonli buyrug‘i hamda mazkur markaz Virusologiya ilmiy-tadqiqot institutining 2025 yil 9 apreldagi 86-sonli buyrug‘i asosida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 24 oktyabrdagi 27/09-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: standart ul`trasonografik ma’lumotlarni tahlil qilishda mashinali o‘qitish usullariga asoslangan yondashuvni joriy etish diagnostik jarayonni ob’ektivlashtirishga xizmat qiladi, tekshiruv natijalarining shifokor sub’ektiv omillariga bog‘liqligini kamaytiradi, jigar fibrozining erta bosqichlarini aniqlash aniqligini oshiradi va davolashni o‘z vaqtida boshlash imkonini yaratadi, bu esa ambulator-poliklinika sharoitida tibbiy yordam sifatini yaxshilaydi. Iqtisodiy samaradorligi: mazkur yondashuvni qo‘llash birlamchi ul`tratovush tekshiruvi aniqligini oshirish va qo‘shimcha instrumental usullar, jumladan tranzient elastografiyani o‘tkazish zaruratini kamaytirish hisobiga diagnostik jarayon xarajatlarini qisqartirish imkonini berib, bir nafar bemorga o‘rtacha 900000 so‘mgacha mablag‘ni tejashni ta’minlaydi. Xulosa: standart ul`trasonografik ma’lumotlarni tahlil qilishda mashinali o‘qitish usullariga asoslangan yondashuvni klinik amaliyotga joriy etish jigar fibrozini noinvaziv stadiyalash aniqligini oshiradi, sub’ektiv omil ta’sirini kamaytiradi va bemorning diagnostik marshrutini optimallashtiradi, bu esa bir nafar bemorga o‘rtacha 900000 so‘mgacha iqtisodiy samaraga erishish imkonini berib, taklif etilgan echimning yuqori ijtimoiy va iqtisodiy samaradorligini tasdiqlaydi.
uchinchi ilmiy yangilik: belgilarni bosqichma-bosqich orqaga tanlab olish algoritmini qo‘llash orqali mustaqil ul`trasonografik prediktorlarning minimal to‘plamini ajratib olish va ular asosida amaliyotda qo‘llashga mos integral jigar fibrozi indeksini shakllantirish mumkinligi isbotlanganligi Toshkent tibbiyot akademiyasi ekspert kengashining 2025 yil 25 fevraldagi 654-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Surunkali gepatit bilan og‘rigan bemorlarda ambulator-poliklinika amaliyotida mul`tiparametrik ul`tratovush diagnostikasi va monitoringi usullari» nomli uslubiy tavsiyalar mazmuniga kiritildi. Ishlab chiqilgan yondashuv O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, infeksion va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazining 2025 yil 6 martdagi 36-sonli buyrug‘i hamda mazkur markaz Virusologiya ilmiy-tadqiqot institutining 2025 yil 9 apreldagi 86-sonli buyrug‘i asosida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 24 oktyabrdagi 27/09-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: mustaqil ul`trasonografik prediktorlarning minimal to‘plami va jigar fibrozining integral indeksiga asoslangan yondashuvni joriy etish diagnostik jarayonni soddalashtiradi, ul`tratovush tekshiruvi natijalarining qayta takrorlanuvchanligini oshiradi, klinik qaror qabul qilishni engillashtiradi hamda usulning keng doiradagi tibbiyot muassasalari uchun qo‘llanishini ta’minlaydi, bu esa surunkali virusli gepatitlar bilan og‘rigan bemorlarga ko‘rsatiladigan tibbiy yordam sifatini oshirishga xizmat qiladi. Iqtisodiy samaradorligi: axborotli prediktorlarning minimal to‘plamiga asoslangan jigar fibrozining ishlab chiqilgan integral indeksini qo‘llash o‘lchanadigan parametrlar hajmini qisqartirish, tekshiruv vaqtini kamaytirish va qo‘shimcha instrumental usullarga ehtiyojni bartaraf etish hisobiga diagnostika xarajatlarini pasaytirish imkonini berib, bir nafar bemorga o‘rtacha 1100000 so‘mgacha mablag‘ni tejashni ta’minlaydi. Xulosa: mustaqil ul`trasonografik prediktorlarning minimal to‘plami va jigar fibrozining integral indeksiga asoslangan yondashuvni klinik amaliyotga joriy etish diagnostik jarayonni soddalashtirish va standartlashtirish, natijalarning aniqligi va qayta takrorlanuvchanligini oshirishga xizmat qiladi hamda bir nafar bemorga o‘rtacha 1100000 so‘mgacha iqtisodiy samaraga erishish imkonini berib, ishlab chiqilgan usulning yuqori ijtimoiy va iqtisodiy samaradorligini tasdiqlaydi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ul`trasonografik prediktorlarni qon zardobi indeksi APRI bilan birgalikda qo‘llash ularni alohida qo‘llashga nisbatan jigar fibrozini noinvaziv stadiyalash aniqligini oshirishi asoslanganligi Toshkent tibbiyot akademiyasi ekspert kengashining 2025 yil 25 fevraldagi 654-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Surunkali gepatit bilan og‘rigan bemorlarda ambulator-poliklinika amaliyotida mul`tiparametrik ul`tratovush diagnostikasi va monitoringi usullari» nomli uslubiy tavsiyalar mazmuniga kiritildi. Ishlab chiqilgan yondashuv O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, infeksion va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazining 2025 yil 6 martdagi 36-sonli buyrug‘i hamda mazkur markaz Virusologiya ilmiy-tadqiqot institutining 2025 yil 9 apreldagi 86-sonli buyrug‘i asosida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 24 oktyabrdagi 27/09-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: ul`trasonografik prediktorlarni qon zardobi indeksi APRI bilan integratsiya qilishga asoslangan kombinirlangan yondashuvni joriy etish jigar fibrozini kasallikning barcha bosqichlarida aniqlash aniqligini oshiradi, bemorlarni xavf darajasi bo‘yicha stratifikatsiyasini yaxshilaydi, davolash taktikasini asosli tanlashni ta’minlaydi hamda ambulator-poliklinika sharoitida surunkali virusli gepatitlar bilan og‘rigan bemorlarni monitoring qilish samaradorligini oshiradi. Iqtisodiy samaradorligi: kombinirlangan diagnostik modelni qo‘llash diagnostik xatolar sonini kamaytirish, invaziv muolajalar va qimmat instrumental tekshiruvlarga ehtiyojni qisqartirish hisobiga xarajatlarni sezilarli darajada kamaytirish imkonini berib, bir nafar bemorga o‘rtacha 1300000 so‘mgacha mablag‘ni tejashni ta’minlaydi. Xulosa: ul`trasonografik prediktorlar va qon zardobi indeksi APRI ni birgalikda qo‘llashga asoslangan kombinirlangan yondashuvni klinik amaliyotga joriy etish jigar fibrozini noinvaziv stadiyalashda maksimal aniqlikni ta’minlaydi, diagnostik va davolash taktikasini optimallashtiradi hamda bir nafar bemorga o‘rtacha 1300000 so‘mgacha iqtisodiy samaraga erishish imkonini berib, ishlab chiqilgan usulning yuqori ijtimoiy va iqtisodiy samaradorligini tasdiqlaydi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish