Malikov Muzaffar Abduvaxobovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Differensiallashgan qalqonsimon bez saratoni bilan kasallangan bemorlarni jarrohlik va patogenetik davolashni takomillashtirish», 14.00.14 – Onkologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.DSc/Tib1392.
Ilmiy rahbar: Tillyashayxov Mirzagalib Nigmatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi va kengash raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.06/2025.27.12.Tib.15.01 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: G‘afur-Axunov Mirza-ali Aliyorovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Rahimova Gulnara Nishanovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Mamedov Umid Sunnatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi
Tadqiqotning maqsadi differensiallashgan qalqonsimon bez saratonini diagnostika usullarini takomillashtirish, molekulyar-genetik xususiyatlarni tahlil qilish va davolashda patogenetik yondashuvni tanlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Bethesda tizimi bo‘yicha xavflilik toifalarini (V–VI), TI-RADS tizimi bo‘yicha yuqori xavf ko‘rsatkichlarini hamda molekulyar-genetik profillashtirish natijalarini stratifikatsiyalash asosida kompleks baholash differensiallashgan qalqonsimon bez saratonida o‘sma jarayoni invaziyasi darajasini aniqroq tahlil qilishga yordam berishi va bemorlarda jarrohlik aralashuvi hajmini asoslangan holda belgilash imkonini berishi isbotlangan;
BRAF-V600E, TERT, RAS va PAX8-PPAR-γ kabi muayyan molekulyar-genetik o‘zgarishlarning mavjudligi differensiallashgan qalqonsimon bez saratonining agressiv klinik-morfologik kechishi, limfogen metastazlanish va kasallik residivi xavfining oshishi bilan assotsiatsiyalanganligi aniqlangan;
birlamchi o‘sma o‘lchami, uning molekulyar-genetik profili va regionar limfa tugunlari holatini hisobga olgan holda jarrohlik aralashuvi hajmini differensial tanlash qalqonsimon bez rezeksiyasi hajmi va regionar limfodisseksiyaga ko‘rsatmalarni individuallashtirish imkonini berishi hamda standart jarrohlik taktikasiga nisbatan 2 yillik residivsiz yashovchanlik ko‘rsatkichining statistik jihatdan ahamiyatli oshishini ta’minlashi isbotlangan;
klinik omillarni — regionar limfa tugunlari zararlanmagan kichik o‘lchamli o‘smalar va n. recurrens sindromi mavjudligini — TERT va RAS genlaridagi mutatsiyalarni aniqlash natijalari bilan birgalikda baholash jarrohlik davolash jarayonida residivlar va asoratlar rivojlanishining prediktorlarini aniqlash imkonini berishi, bu esa jarrohlik aralashuvi hajmini personallashtirilgan tarzda tanlash va patogenetik asoslangan davolashni belgilash uchun sharoit yaratishi asoslangan;
molekulyar-genetik testlash, klinik-instrumental baholash hamda jarrohlik va target terapiyani differensial tanlashni o‘z ichiga olgan takomillashtirilgan davolash-tashxislash algoritmini qo‘llash differensiallashgan qalqonsimon bez saratoni bilan kasallangan bemorlarda residivsiz yashovchanlik ko‘rsatkichlari va kasallik prognozini yaxshilashga yordam berishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Differensiallashgan qalqonsimon bez saratoni bilan kasallangan bemorlarni jarrohlik va patogenetik davolashni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: Bethesda tizimi bo‘yicha xavflilik toifalarini (V–VI), TI-RADS tizimi bo‘yicha yuqori xavf ko‘rsatkichlarini hamda molekulyar-genetik profillashtirish natijalarini stratifikatsiyalash asosida kompleks baholash differensiallashgan qalqonsimon bez saratonida o‘sma jarayoni invaziyasi darajasini aniqroq tahlil qilishga yordam berishi va bemorlarda jarrohlik aralashuvi hajmini asoslangan holda belgilash imkonini berishi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi huzuridagi Ilmiy kengashning 2025 yil 31 maydagi №5-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Differensirlangan qalqonsimon bez saratonini kombinirlangan davolash samaradorligini baholash» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot onkologiya va radiologiya markazining Samarqand filialining 2025 yil 3 noyabrdagi №26i-sonli buyrug‘i hamda ushbu markazning Sirdaryo filialining 2025 yil 1 noyabrdagi №18-sonli buyrug‘i asosida amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 2 dekabrdagi №30/58-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: nur tekshiruv usullari, TI-RADS va Bethesda klassifikatsiyalari hamda molekulyar-genetik profillashtirishni o‘z ichiga olgan kompleks davolash-diagnostik yondashuvni qo‘llash o‘sma jarayonining tarqalish darajasini aniqroq baholashga, diagnostik xatolar chastotasini kamaytirishga, ortiqcha yoki etarli bo‘lmagan jarrohlik aralashuvlarining oldini olishga, operatsiyadan keyingi asoratlar xavfini pasaytirishga hamda differensirlangan qalqonsimon bez saratoni bilan og‘rigan bemorlarning hayot sifatini yaxshilashga xizmat qiladi. Iqtisodiy samaradorligi: kompleks davolash-diagnostik yondashuvni qo‘llash jarrohlik aralashuvi hajmini optimallashtirish, takroriy operatsiyalar va asoratlar chastotasini kamaytirish hisobiga bir nafar bemorni davolashga sarflanadigan o‘rtacha xarajatlarni 3800000 so‘mgacha qisqartirish, shuningdek, statsionarda yotish muddatini 1–2 koyka-kunga kamaytirish imkonini beradi. Xulosa: kompleks davolash-diagnostik yondashuvni qo‘llash diagnostika aniqligini oshirish, jarrohlik asoratlarining oldini olish, bemorlarning hayot sifatini yaxshilash, gospitalizatsiya muddatini qisqartirish hamda bir nafar bemorga to‘g‘ri keladigan byudjet mablag‘larini o‘rtacha 3800000 so‘mgacha tejashni ta’minlaydi;
ikkinchi ilmiy yangilik: BRAF-V600E, TERT, RAS va PAX8-PPAR-γ kabi muayyan molekulyar-genetik o‘zgarishlarning mavjudligi differensiallashgan qalqonsimon bez saratonining agressiv klinik-morfologik kechishi, limfogen metastazlanish va kasallik residivi xavfining oshishi bilan assotsiatsiyalanganligi aniqlanganligi bo‘yicha takliflar Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi huzuridagi Ilmiy kengashning 2025 yil 31 maydagi №5-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Differensirlangan qalqonsimon bez saratonini kombinirlangan davolash samaradorligini baholash» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot onkologiya va radiologiya markazining Samarqand filialining 2025 yil 3 noyabrdagi №26i-sonli buyrug‘i hamda ushbu markazning Sirdaryo filialining 2025 yil 1 noyabrdagi №18-sonli buyrug‘i asosida amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 2 dekabrdagi №30/58-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: o‘smaning molekulyar-genetik profilini (BRAF-V600E, TERT, RAS, PAX8-PPAR-γ) klinik amaliyotda qo‘llash differensirlangan qalqonsimon bez saratonining agressiv shakllarini erta aniqlashga, individuallashtirilgan davolash taktikasini ilmiy asoslangan holda tanlashga, kasallik residivi xavfini kamaytirishga hamda bemorlar uchun yanada qulay prognostik natijalarni shakllantirishga xizmat qiladi. Iqtisodiy samaradorligi: molekulyar-genetik testlashni qo‘llash samarasiz davolash sxemalari va asossiz jarrohlik aralashuvlaridan qochish imkonini berib, takroriy operatsiyalar va residivlarni davolashga sarflanadigan mablag‘larni qisqartirish hisobiga bir nafar bemorga o‘rtacha 3600000 so‘m miqdorida iqtisodiy tejamkorlikni ta’minlaydi. Xulosa: molekulyar-genetik markerlardan foydalanish davolashni individuallashtirish, residivlar chastotasini kamaytirish, terapiyaning uzoq muddatli natijalarini yaxshilash hamda bir nafar bemorga to‘g‘ri keladigan moliyaviy resurslarni o‘rtacha 3600000 so‘mgacha tejash imkonini beradi.
uchinchi ilmiy yangilik: birlamchi o‘sma o‘lchami, uning molekulyar-genetik profili va regionar limfa tugunlari holatini hisobga olgan holda jarrohlik aralashuvi hajmini differensial tanlash qalqonsimon bez rezeksiyasi hajmi va regionar limfodisseksiyaga ko‘rsatmalarni individuallashtirish imkonini berishi hamda standart jarrohlik taktikasiga nisbatan 2 yillik residivsiz yashovchanlik ko‘rsatkichining statistik jihatdan ahamiyatli oshishini ta’minlashi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi huzuridagi Ilmiy kengashning 2025 yil 31 maydagi №5-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Differensirlangan qalqonsimon bez saratonini kombinirlangan davolash samaradorligini baholash» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot onkologiya va radiologiya markazining Samarqand filialining 2025 yil 3 noyabrdagi №26i-sonli buyrug‘i hamda ushbu markazning Sirdaryo filialining 2025 yil 1 noyabrdagi №18-sonli buyrug‘i asosida amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 2 dekabrdagi №30/58-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: o‘smaning molekulyar-genetik xususiyatlarini hisobga olgan holda regionar limfodisseksiya bilan kengaytirilgan tireoidektomiyani qo‘llash lokoregionar residivlar chastotasini kamaytirishga, 2 yillik residivsiz yashovchanlik ko‘rsatkichlarini oshirishga, takroriy jarrohlik aralashuvlariga bo‘lgan ehtiyojni qisqartirishga hamda bemorlarning ijtimoiy moslashuvini yaxshilashga xizmat qiladi. Iqtisodiy samaradorligi: residivlar va takroriy operatsiyalar chastotasini kamaytirish hisobiga kengaytirilgan jarrohlik davolashni qo‘llash keyingi davolash va reabilitatsiyaga sarflanadigan xarajatlarni qisqartirish imkonini berib, bir nafar bemorga o‘rtacha 4500000 so‘m miqdorida byudjet mablag‘larini tejashni ta’minlaydi. Xulosa: o‘smaning molekulyar-genetik profiliga asoslangan kengaytirilgan jarrohlik taktikasi residivsiz yashovchanlikni ishonchli ravishda yaxshilaydi, takroriy aralashuvlarga bo‘lgan ehtiyojni kamaytiradi, bemorlarning hayot sifatini oshiradi hamda 4500000 so‘mgacha moliyaviy tejamkorlikni ta’minlaydi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: klinik omillarni — regionar limfa tugunlari zararlanmagan kichik o‘lchamli o‘smalar va n. recurrens sindromi mavjudligini — TERT va RAS genlaridagi mutatsiyalarni aniqlash natijalari bilan birgalikda baholash jarrohlik davolash jarayonida residivlar va asoratlar rivojlanishining prediktorlarini aniqlash imkonini berishi, bu esa jarrohlik aralashuvi hajmini personallashtirilgan tarzda tanlash va patogenetik asoslangan davolashni belgilash uchun sharoit yaratishi asoslanganligi bo‘yicha takliflar Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi huzuridagi Ilmiy kengashning 2025 yil 31 maydagi №5-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Differensirlangan qalqonsimon bez saratonini kombinirlangan davolash samaradorligini baholash» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot onkologiya va radiologiya markazining Samarqand filialining 2025 yil 3 noyabrdagi №26i-sonli buyrug‘i hamda ushbu markazning Sirdaryo filialining 2025 yil 1 noyabrdagi №18-sonli buyrug‘i asosida amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 2 dekabrdagi №30/58-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: klinik omillar va molekulyar-genetik markerlarning kompleks baholanishi residivlar va operatsiyadan keyingi asoratlar xavfini bashorat qilish, jarrohlik davolash xavfsizligini oshirish, qaytuvchi hiqildoq nervi shikastlanishi va gipoparatireoz chastotasini kamaytirish, shuningdek, davolashning funksional hamda ijtimoiy natijalarini yaxshilash imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: asoratlarni oldindan bashorat qilish va operatsiya hajmini optimallashtirish operatsiyadan keyingi asoratlarni davolash hamda uzoq muddatli reabilitatsiyaga sarflanadigan xarajatlarni kamaytirish hisobiga bir nafar bemorga o‘rtacha 3000000 so‘m miqdorida iqtisodiy tejamkorlikni ta’minlaydi. Xulosa: klinik va molekulyar prediktorlardan foydalanish asoratlar chastotasini kamaytiradi, jarrohlik davolash xavfsizligini oshiradi, funksional natijalarni yaxshilaydi hamda asoratlarni davolashga sarflanadigan xarajatlarni 3000000 so‘mgacha qisqartirish imkonini beradi.
beshinchi ilmiy yangilik: molekulyar-genetik testlash, klinik-instrumental baholash hamda jarrohlik va target terapiyani differensial tanlashni o‘z ichiga olgan takomillashtirilgan davolash-tashxislash algoritmini qo‘llash differensiallashgan qalqonsimon bez saratoni bilan kasallangan bemorlarda residivsiz yashovchanlik ko‘rsatkichlari va kasallik prognozini yaxshilashga yordam berishi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi huzuridagi Ilmiy kengashning 2025 yil 31 maydagi №5-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Molekulyar-genetik tahlil usullarini qo‘llashni hisobga olgan holda differensirlangan qalqonsimon bez saratonini diagnostika qilish va davolash algoritmini ishlab chiqish» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot onkologiya va radiologiya markazining Samarqand filialining 2025 yil 3 noyabrdagi №27i-sonli buyrug‘i hamda ushbu markazning Sirdaryo filialining 2025 yil 1 noyabrdagi №19-sonli buyrug‘i asosida amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 2 dekabrdagi №30/58-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: takomillashtirilgan davolash-diagnostik algoritmni joriy etish differensirlangan qalqonsimon bez saratonini davolashda tizimli va personallashtirilgan yondashuvni ta’minlaydi, terapiya samaradorligini oshiradi, residivlar xavfini kamaytiradi, yashovchanlik ko‘rsatkichlarini yaxshilaydi hamda bemorlarning hayot sifatini oshirishga xizmat qiladi. Iqtisodiy samaradorligi: algoritmni kompleks qo‘llash diagnostika va davolash tadbirlarini optimallashtirish, statsionarda davolanish muddatini qisqartirish va takroriy jarrohlik aralashuvlari chastotasini kamaytirish hisobiga bir nafar bemorga o‘rtacha 5500000 so‘m miqdorida umumiy iqtisodiy tejamkorlikni ta’minlaydi. Xulosa: takomillashtirilgan davolash-diagnostik algoritmni amaliyotga joriy etish klinik natijalarni yaxshilashga, yashovchanlikni oshirishga, residivlar chastotasini kamaytirishga, gospitalizatsiya muddatini qisqartirishga hamda bir nafar bemorga to‘g‘ri keladigan byudjet mablag‘larini 5500000 so‘mgacha tejashga imkon yaratadi.