Abduraximov Muzaffar Daminjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Strategik menejment usullari asosida milliy arxiv ishini boshqarishni takomillashtirish», 08.00.13–Menejment (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan  raqam: B2019.1.PhD/Iqt306.
Ilmiy rahbar: Nurimbetov Ravshan Ibragimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruv akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc 27.06.2016.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: G‘ulomov Saidaxror Saidaxmedovich, iqtisodiyot fanlari doktori, akademik; Suyunov Dilmurod Xolmurodovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: strategik menejment usullari asosida milliy arxiv ishini boshqarishni takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III .Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
davlat arxivlari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish, arxiv ma’lumotnomalarini sifatli tayyorlash, belgilangan muddatlarda so‘rovlarni bajarish hamda taqdim etishni tartibga solish mexanizmi interaktiv usulda markazlashgan tarzda arxiv xizmatlarini ko‘rsatish asosida takomillashtirilgan;
«O‘zarxiv» agentligida «Arxiv ishi va ish yuritish ilmiy tadqiqot hamda kadrlar malakasini oshirish markazi»ni tashkil etish asosida milliy arxiv ishi tizimi xodimlari faoliyatining samaradorligini oshirish taklif etilgan;
«O‘zarxiv» agentligida «Arxiv ishi va ish yuritish bo‘yicha nazorat bo‘limi»ni tashkil etish asosida arxiv xizmatlarini belgilangan tartibda va sifatli ko‘rsatilishini nazorat qilish tizimi taklif etilgan;
arxiv xizmatlari bozorida raqobat muhitini yaratish va davlat arxivlari ma’muriy xarajatlarni kamaytirish maqsadida biznes va elektron arxivlar faoliyatini tashkil etish taklif etilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
 Strategik menejment usullari asosida milliy arxiv ishini boshqarish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
davlat arxivlari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini markazlashgan tartibda ko‘rib chiqish va bajarish bo‘yicha berilgan takliflar «O‘zarxiv» agentligining arxiv xizmatlari ko‘rsatish faoliyatiga joriy etilgan («O‘zarxiv» agentligining 2019 yil 23 martdagi 01-26/163 son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflar asosida «O‘zarxiv» agentligi huzurida Toshkent shahri bo‘yicha «Arxiv xizmatlarini ko‘rsatish markazi» tashkil etilgan. Natijada jismoniy va yuridik shaxslarning ortiqcha ovoragarchiliklari oldi olinib, o‘z vaqtida va sifatli arxiv xizmatlari ko‘rsatishga hamda murojaatlarni markazlashgan tartibda qabul qilish, qayta ishlash, bajarish va nazorat qilishga imkon yaratilgan;
«O‘zarxiv» agentligida «Arxiv ishi va ish yuritish ilmiy tadqiqot hamda kadrlar malakasini oshirish markazi»ni tashkil etish bo‘yicha berilgan takliflar «O‘zarxiv» agentligining boshqaruv faoliyatiga joriy etilgan («O‘zarxiv» agentligining 2019 yil 23 martdagi 01-26/163 son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi «O‘zarxiv» agentligi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida»gi qaror loyihasini tayyorlashda foydalanilgan;
«O‘zarxiv» agentligida «Arxiv ishi va ish yuritish bo‘yicha nazorat inspeksiyasi»ni tashkil etish bo‘yicha berilgan takliflar «O‘zarxiv» agentligining tashkiliy tuzilmasini takomillashtirishda foydalanilgan («O‘zarxiv» agentligining 2019 yil 23 martdagi 01-26/163-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi arxiv xizmatlari ko‘rsatish bo‘yicha belgilangan tartiblarga rioya etilishini nazorat qilish imkonini bergan;
arxiv xizmatlari bozorida raqobat muhitini yaratish va davlat arxivlarining byudjet xarajatlarini kamaytirish maqsadida biznes va elektron arxivlar faoliyatini tashkil etish bo‘yicha berilgan takliflar  «O‘zarxiv» agentligining boshqaruv faoliyatida foydalanilgan («O‘zarxiv» agentligining 2019 yil 23 martdagi 01-26/163-son ma’lumotnomasi). Biznes va elektron arxivlar faoliyatini tashkil etilishi arxiv xizmatlari bozorida raqobat muhitini yaratishga va arxiv ishi sohasiga davlat xarajatlarini kamaytirishga imkon bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish