Boboxonov Sherzod Quchqor o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Metabolik sindrom va stress holatidagi onalardan tug‘ilgan avlodlar yuragi morfologiyasi», 14.00.02 – Morfologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Tib5322.
Ilmiy rahbar: Axmedova Sayyora Muxamadovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat tibbiyot universiteti, DSc.06/2025.27.12.Tib.01.03.
Rasmiy opponentlar: Hasanova Dilnoza Axrorovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Qaxhorov Zafar Abdurahmonovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Xoja Ahmad Yassaviy nomidagi xalqaro qozoq-turk universiteti (Qozog‘iston Respublikasi).
II. Tadqiqotning maqsadi: tajribaviy metabolik sindrom holatidagi onalardan tug‘ilgan avlodlar yuragining devori va klapanlari morfologik o‘zgarishini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tajribaviy metabolik sindrom chaqirilgan ona kalamushlardan tug‘ilgan avlodlarda postnatal ontogenezning 7, 14, 21, 30 va 60 kunlik bosqichlarida yurak devori va klapan apparatining (mitral, uch tavaqali, aortal va o‘pka klapanlari) morfologik hamda morfometrik rivojlanish xususiyatlari nazorat guruhi bilan qiyosiy ravishda kompleks aniqlangan;
onadagi metabolik sindrom avlod miokardida morfologik etilishning sekinlashishiga, kardiomiotsitlar o‘lchamlarining kichrayishiga, interstisial va perivaskulyar maydonlarning kengayishiga hamda miofibrillalar arxitektonikasining buzilishiga olib kelishi postnatal ontogenez bosqichlari kesimida isbotlangan;
metabolik sindrom sharoitidagi onalardan tug‘ilgan avlodlarda barcha klapanlarda qopqacha qalinligi, stroma maydoni va hujayraviy zichlik ko‘rsatkichlarining nazoratga nisbatan ishonchli oshishi, eng yaqqol o‘zgarishlar aortal klapanda namoyon bo‘lishi aniqlangan;
klapan stromasida kollagen tolalarining ortiqcha to‘planishi, elastik tolalar arxitektonikasining buzilishi va fibroz jarayonlarining yosh ortishi bilan bosqichma-bosqich kuchayishi asosida ekstratsellyulyar matriks remodelingining morfologik mezonlari asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tajribaviy metabolik sindrom holatidagi onalardan tug‘ilgan avlodlar yuragining devori va klapanlari morfologik o‘zgarishini baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: tajribaviy metabolik sindrom chaqirilgan ona kalamushlardan tug‘ilgan avlodlarda postnatal ontogenezning 7, 14, 21, 30 va 60 kunlik bosqichlarida yurak devori va klapan apparatining (mitral, uch tavaqali, aortal va o‘pka klapanlari) morfologik hamda morfometrik rivojlanish xususiyatlari nazorat guruhi bilan qiyosiy ravishda kompleks aniqlanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialining Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2025 yil 8 iyulda 108-25 son bilan tasdiqlangan “Eksperimental metabolik sindrom holatidagi onalardan tug‘ilgan avlodlar yuragining morfologiyasi” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Surxondaryo viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 10.10.2025 yildagi 119T-son hamda Akademik Yo.X.To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Surxondaryo filiali bo‘yicha 14.10.2025 yildagi 37T-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 05.03.2026 yildagi 04/10–son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: mazkur ko‘rsatkichlar xavf guruhlarini erta aniqlash va profilaktik kuzatuvni tashkil etishga xizmat qilib, bolalar o‘rtasida yurak-qon tomir kasalliklari rivojlanishini kamaytirishga zamin yaratadi. Bu esa aholining mehnat qobiliyatini saqlash va hayot sifatini yaxshilashga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Iqtisodiy samaradorligi: yurak klapan fibrozini kech bosqichda davolash (uzoq muddatli medikamentoz terapiya, xirurgik aralashuvlar) bilan bog‘liq xarajatlarni qisqartirish imkoni yuzaga keladi. Erta diagnostika va profilaktika choralarini joriy etish sog‘liqni saqlash tizimi xarajatlarini kamaytirishga va byudjet mablag‘laridan oqilona foydalanishga xizmat qiladi;
ikkinchi ilmiy yangilik: onadagi metabolik sindrom avlod miokardida morfologik etilishning sekinlashishiga, kardiomiotsitlar o‘lchamlarining kichrayishiga, interstisial va perivaskulyar maydonlarning kengayishiga hamda miofibrillalar arxitektonikasining buzilishiga olib kelishi postnatal ontogenez bosqichlari kesimida isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialining Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2025 yil 8 iyulda 108-25 son bilan tasdiqlangan “Eksperimental metabolik sindrom holatidagi onalardan tug‘ilgan avlodlar yuragining morfologiyasi” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Surxondaryo viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 10.10.2025 yildagi 119T-son hamda Akademik Yo.X.To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Surxondaryo filiali bo‘yicha 14.10.2025 yildagi 37T-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 05.03.2026 yildagi 04/10–son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: aniqlangan morfologik markerlar asosida xavf guruhiga kiruvchi bolalarni erta skrining va dinamik kuzatuvga olish mumkin bo‘ladi. Bu esa yurak klapan disfunksiyasi va kelgusidagi aritmogen holatlarning oldini olishga, bolalar salomatligini saqlashga va ularning hayot sifatini yaxshilashga xizmat qiladi. Iqtisodiy samaradorligi: klapan fibrozini kech bosqichda davolash bilan bog‘liq yuqori xarajatlar (uzoq muddatli medikamentoz terapiya, diagnostika, ehtimoliy xirurgik aralashuvlar)ni kamaytirish imkoni yaratiladi. Erta diagnostika va profilaktika choralarini joriy etish sog‘liqni saqlash tizimidagi moliyaviy yuklamani qisqartirishga hamda byudjet mablag‘laridan samarali foydalanishga zamin yaratadi;
uchinchi ilmiy yangilik: metabolik sindrom sharoitidagi onalardan tug‘ilgan avlodlarda barcha klapanlarda qopqacha qalinligi, stroma maydoni va hujayraviy zichlik ko‘rsatkichlarining nazoratga nisbatan ishonchli oshishi, eng yaqqol o‘zgarishlar aortal klapanda namoyon bo‘lishi aniqlanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialining Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2025 yil 8 iyulda 108-25 son bilan tasdiqlangan “Eksperimental metabolik sindrom holatidagi onalardan tug‘ilgan avlodlar yuragining morfologiyasi” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Surxondaryo viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 10.10.2025 yildagi 119T-son hamda Akademik Yo.X.To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Surxondaryo filiali bo‘yicha 14.10.2025 yildagi 37T-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 05.03.2026 yildagi 04/10–son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: mazkur o‘zgarishlar asosida xavf guruhiga mansub bolalarni erta aniqlash va kardiologik kuzatuvni tashkil etish imkoni yaratiladi. Bu aritmiya, to‘satdan yurak o‘limi va yurak etishmovchiligi kabi og‘ir asoratlarning oldini olishga xizmat qiladi, bolalarning hayot sifati va uzoq muddatli funksional faolligini saqlashga zamin yaratadi. Iqtisodiy samaradorligi: tekshiruv vaqti qisqaradi, ortiqcha qo‘shimcha diagnostikaga bo‘lgan ehtiyoj kamayadi va tibbiy qaror qabul qilish jarayoni tezlashadi;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: klapan stromasida kollagen tolalarining ortiqcha to‘planishi, elastik tolalar arxitektonikasining buzilishi va fibroz jarayonlarining yosh ortishi bilan bosqichma-bosqich kuchayishi asosida ekstratsellyulyar matriks remodelingining morfologik mezonlari asoslanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialining Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2025 yil 8 iyulda 108-25 son bilan tasdiqlangan “Eksperimental metabolik sindrom holatidagi onalardan tug‘ilgan avlodlar yuragining morfologiyasi” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Surxondaryo viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 10.10.2025 yildagi 119T-son hamda Akademik Yo.X.To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Surxondaryo filiali bo‘yicha 14.10.2025 yildagi 37T-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 05.03.2026 yildagi 04/10–son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: morfometrik va molekulyar markerlarning o‘zaro bog‘liqligi asosida yurak klapan disfunksiyasi va aritmogen holatlar rivojlanishini erta prognozlash imkoni paydo bo‘ladi. Bu xavf guruhidagi bolalarni o‘z vaqtida kuzatuvga olish, profilaktik choralar ko‘rish va yurak-qon tomir asoratlarini kamaytirishga xizmat qiladi. Iqtisodiy samaradorligi: yurak patologiyasini kech bosqichda aniqlash va davolash bilan bog‘liq yuqori xarajatlar (ko‘p marotabalik diagnostika, statsionar davolash, xirurgik aralashuvlar) qisqarishi mumkin. Erta prognozlash va monitoring mexanizmlarini joriy etish sog‘liqni saqlash tizimi mablag‘laridan samarali foydalanishga hamda uzoq muddatli tibbiy xarajatlarni kamaytirishga zamin yaratadi.