Mo‘minov Xolmatjon Maxammadsoli o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yosh regbichilarning maxsus harakat ko‘nikmalarini shakllantirish metodikasi”, 13.00.04-Jismoniy tarbiya, sport mashg‘ulotlari, sog‘lomlashtirish va adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/Ped 11128.
Ilmiy rahbar: Juraxanov Xamidullo Xojimirzaevich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti, DSc.28/2025.27.12.Ped.01.01.
Rasmiy opponentlar: Allamuradov Shuxratilla Inoyatovich, biologiya fanlari doktori (DSc), professor; Akramov Jasur Anvarovich, pedagogika fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi yosh regbichilarning maxsus harakat ko‘nikmalarini shakllantirishda erkin kurash texnik usullaridan foydalanish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
yosh regbichilarni musobaqa faoliyatiga tayyorlashda maxsus jismoniy tayyorgarlik darajasini inobatga olgan holda yakkakurash texnikasiga xos ushlash, qarshilik ko‘rsatish, muvozanatni saqlash va raqib harakatini cheklash elementlarini mashg‘ulot jarayoniga differensial kiritishda tayyorlov qismida: kuch, chaqqonlik va muvozanatni rivojlantiruvchi harakatli o‘yinlar majmuasi, asosiy qismida: kontaktli harakat qobiliyatlarini rivojlantiruvchi harakatli o‘yinlar majmuasi, yakuniy qismida: kontaktli-raqobatli situatsion o‘yinlar majmuasini qo‘llash hisobiga texnik harakatlarga o‘rgatish samaradorligi oshirilgan;
yosh regbichilarning texnik tayyorgarligini rivojlantirishda regbiga xos to‘qnashuv, to‘p uchun kurash, raqibni to‘xtatish va himoyalanish harakatlariga funksional-harakat tuzilishi jihatidan mos bo‘lgan erkin kurash texnikasidagi ushlash, muvozanatdan chiqarish, yiqitish, raqib qarshiligini engib o‘tish hamda parterdagi nazorat elementlarini maqsadli integratsiyalash hisobiga regbi texnikasini o‘zlashtirish samaradorligi oshirilgan;
yosh regbichilarda musobaqa faoliyatiga xos to‘p bilan o‘ynash ko‘nikmalarini shakllantirish uchun to‘pni o‘yinga kiritish va qabul qilishga asoslangan texnik elementlarni o‘rgatish metodikasini bosqichma-bosqich tabaqalashtirilib, birinchi bosqichda: boshlang‘ich texnik harakatlarni o‘rgatish, ikkinchi bosqichda: ularni juftlik va kichik guruhlarda qarshiliksiz sharoitda takroriy mashqlar orqali mustahkamlash, uchinchi bosqichda: vaqt, masofa, yo‘nalish va raqib qarshiligini o‘zgartirish orqali murakkablashtirish hisobiga musobaqa faoliyatida to‘p bilan bajariladigan texnik harakatlarni samarali qo‘llash imkoniyati oshirilgan;
yosh regbichilarni musobaqa faoliyatiga tayyorlashda maydondagi joylashuv holatidan kelib chiqib, hujum va himoyaga xos ushlash, yiqitish, ag‘darish, to‘xtatish hamda itarish harakatlarini dastlabki o‘rgatish bosqichida to‘p bilan harakatlanish, to‘psiz harakatlanish va raqib bilan kontakt sharoitida to‘p uchun kurashish vaziyatlariga tabaqalashtirib, raqibdan to‘pni olib qo‘yish texnikasi bilan uyg‘unlashtirish hisobiga yosh regbichilarning maxsus harakat ko‘nikmalari yaxshilangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yosh regbichilarning maxsus harakat ko‘nikmalarini shakllantirishda erkin kurash texnik usullaridan foydalanish metodikasini takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalarni sport mashg‘ulotlari jarayoniga tatbiq qilish orqali o‘tkazilgan pedagogik tajribalar davomida olingan natijalar asosida:
yosh regbichilarning maxsus harakat faoliyatini shakllantirishda jismoniy tayyorgarlik darajasidan kelib chiqib mashg‘ulot qismlari (tayyorlov, asosiy, yakuniy) vazifasidan kelib chiqib yakkakurash elementlariga xos harakatli o‘yinlarni mashg‘ulot dasturiga kiritish bo‘yicha amaliy tavsiyalar “Namangan viloyati Mingbuloq sport maktabi 12-13 yoshli regbichilar mashg‘ulotlari jarayoniga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Sport Vazirligining 21-oktabr 2025-yildagi 02-16/11396-sonli ma’lumotnomasi). Natijada texnik harakatlari samaradorligi 10,7% ga, musobaqa natijalari 11,4% ga, oshganligi aniqlangan;
yosh regbichilarning maxsus harakat ko‘nikmalarini shakllantirishda erkin kurash texnikasini integratsiyalashgan holda mashg‘ulotlarda qo‘llash orqali tayyorgarlik hamda o‘yin tayyorgarligini kombinatsion rivojlantirishga qaratilgan mashg‘ulotlar jarayoniga kiritish bo‘yicha taklif va tavsiyalar “Namangan viloyati Mingbuloq sport maktabi 12-13 yoshli regbichilar mashg‘ulotlari jarayoniga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Sport Vazirligining 21-oktabr 2025-yildagi 02-16/11396-sonli ma’lumotnomasi). Natijada umumiy 10,4% ga, maxsus jismoniy tayyorgarligi 12,8% ga, o‘yin tayyorgarligi esa 9,3% ga yaxshilangani kuzatilgan;
yosh regbichilarning musobaqa faoliyatida bajariladigan hujum va himoya harakatlarini (ushlash, yiqitish, ag‘darish, to‘xtatish, itarish kabi) dastlabki o‘rgatish bosqichiga erkin kurash texnik elementlarini kiritish bo‘yicha taklif va tavsiyalar “Namangan viloyati Mingbuloq sport maktabi 12-13 yoshli regbichilar mashg‘ulotlari jarayoniga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Sport Vazirligining 21-oktabr 2025-yildagi 02-16/11396-sonli ma’lumotnomasi). Natijada hujum harakatlari 7,9% ga, himoya harakatlari 9,1% ga, yaxshilangani aniqlangan;
yosh regbichilarga musobaqa faoliyatida bajariladigan to‘p bilan o‘ynash ko‘nikmasini shakllantirish uchun to‘pni o‘yinga kiritish, qabul qilish texnikasini o‘rgatishga asoslangan to‘p bilan bajariladigan texnik elementlarni o‘rgatish metodikasini bosqichma-bosqich tabaqalashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar “Namangan viloyati Mingbuloq sport maktabi 12-13 yoshli regbichilar mashg‘ulotlari jarayoniga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Sport Vazirligining 21-oktabr 2025-yildagi 02-16/11396-sonli ma’lumotnomasi). Natijada yosh regbichilarning to‘p bilan va to‘psiz harakatlanish aniqligi 13,4% ga yaxshilangani aniqlangan.