Berdimuratov Baxtiyar Tugelbay o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Ingliz va qoraqalpoq tillarida qisqartma so‘zlarning qiyosiy lisoniy tavsifi”, 10.00.13 – “Qiyosiy va chog‘ishtirma tilshunoslik” (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Fil5654.
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Djoldasova Gauhar Batirovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/2025.27.12.Fil.04.07.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Najimov Perdebay Aymanovich, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Gadoeva Mavlyuda Ibragimovna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz va qoraqalpoq tillarida qisqartmalar (abbreviatsiya)ning strukturaviy, semantik va funksional xususiyatlarini qiyosiy jihatdan tahlil qilish hamda ularning til tizimidagi o‘rni va qo‘llanishning o‘ziga xos jihatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
chog‘ishtirilayotgan tillarda qisqartmalar (abbreviatsiyalar)ning strukturaviy va leksik-semantik xususiyatlari qiyosiy-tipologik jihatdan tahlil qilinib, ularning asosiy turlari – initsial qisqartmalar, akronimlar, qirqimlar, qo‘shma qisqartma birliklarning tasnifi ilimiy jihatdan tizimlashtirilgan;
ingliz va qoraqalpoq tillarida qisqartmalarning hosil bo‘lish yo‘llari o‘rganilib, ularning derivatsion va leksik usullar orqali shakllanish xususiyatlari tizimli ravishda tavsiflangan hamda tillararo o‘xshash va farqli jihatlar aniqlangan;
qisqartmalarning turli diskurslarda (gazeta, reklama va bosma matnlar) qo‘llanish xususiyatlari tahlil qilinib, ularning funksional-stilistik xususiyatlari va qo‘llanish faolligi ilmiy jihatdan asoslab berilgan;
ingliz va qoraqalpoq tillarida qisqartmalarning leksikalizatsiya darajasi va til tizimiga integratsiyalashuv jarayoni aniqlanib, ularning barqarorlashuvi hamda mustaqil leksik birlik sifatida shakllanish xususiyatlari ilmiy jihatdan isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Muammoni o‘rganish davomida olingan natijalarga asoslanib:
qisqartmalarning turli diskurslarda (gazeta, reklama va bosma matnlar) qo‘llanish xususiyatlari tahlil qilinib, ularning funksional-stilistik xususiyatlari va qo‘llanish faolligiga oid tadqiqot natijalari hamda materiallari xulosalaridan Qoraqalpog‘iston teleradiokanalining “Kúsh bilimde”, “Jaslar hám biz” eshittirishlari orqali keng jamoatchilikka, ayniqsa, o‘quvchi yoshlarga, talabalarga, olimlarga va ingliz hamda qoraqalpoq tilshunosligiga qiziquvchi keng jamoatchilikka etkazilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Teleradiokanalining 2026-yil 26-maydagi 05-22/266-son ma’lumotnomasi). Natijada, qisqartmalarning zamonaviy diskursdagi kommunikativ rolini ochib berish va yoshlarni tilshunoslikka qiziqtirishga xizmat qilgan;
chog‘ishtirilayotgan tillarda qisqartmalar (abbreviatsiyalar)ning strukturaviy va leksik-semantik xususiyatlari qiyosiy-tipologik jihatdan tahlil qilinib, ularning asosiy turlari – initsial qisqartmalar, akronimlar, qirqimlar, qo‘shma qisqartma birliklarning tasnifiga hamda ingliz va qoraqalpoq tillarida qisqartmalarning hosil bo‘lish yo‘llari o‘rganilib, ularning derivatsion va leksik usullar orqali shakllanish xususiyatlari tizimli ravishda tavsiflangan hamda tillararo o‘xshash va farqli jihatlariga doir ilmiy natijalardan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi huzuridagi Davlat tilini rivojlantirish departamenti tomonidan til me’yorlari va terminologik ishlarni takomillashtirishda, shuningdek, 2026-yil ish rejasining 9, 11 va 13-bandlarini tayyorlashda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining 2026-yil 12-maydagi 11-09/5-05/378-son ma’lumotnomasi). Natijada, ingliz va qoraqalpoq tillaridagi qisqartmalarning turlari va hosil bo‘lish yo‘llari tizimli tavsiflanib, olingan ilmiy natijalar til me’yorlari va terminologik ishlarni takomillashtirishga xizmat qilgan;
ingliz va qoraqalpoq tillarida qisqartmalarning leksikalizatsiya darajasi va til tizimiga integratsiyalashuv jarayoni aniqlanib, ularning barqarorlashuvi hamda mustaqil leksik birlik sifatida shakllanish xususiyatlariga oid ilmiy xulosalardan Qoraqalpoq davlat universitetida 2024–2026-yillarda amalga oshirilishi mo‘ljallangan IL-7623031203 raqamli “Janubiy Orolbo‘yi adabiy aloqalari antologiyasi” va uning elektron platformasini yaratish (o‘zbek, turkman va qoraqalpoq adabiy aloqalari asosida) mavzusidagi xalqaro innovatsion loyihada foydalanilgan (Qoraqalpoq davlat universitetining 2026-yil 11-maydagi 01-21-04/1124-son ma’lumotnomasi). Natijada, qisqartmalarning leksik-semantik va funksional xususiyatlariga oid ilmiy ma’lumotlardan qiyosiy tilshunoslik hamda elektron matnlar tahlilini ilmiy jihatdan boyitishda foydalanishga erishilgan.