Kutlimuratova Aysuliw Baxit qizining

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Mehnat faoliyatini gavdalantiruvchi maqol va matallarining lingvomadaniy xususiyatlari (ingliz va qoraqolpoq tillari misolida)”, 10.00.13 – “Qiyosiy va chog‘ishtirma tilshunoslik” (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.2.PhD/Fil.7496.
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Kdirbaeva Gulzira Kurbanbaevna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/2025.27.12.Fil.04.07.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Alniyazov Aytmurat Ismailovich, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Karimova Safo Saydullaevna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz va qoraqalpoq tillaridagi mehnat faoliyatini ifodalovchi maqol va matallar asosida “mehnat” konseptining lingvomadaniy xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ingliz va qoraqalpoq tillaridagi maqol va matallar asosida “mehnat” konseptining lingvomadaniy xususiyatlari qiyosiy-tipologik jihatdan kompleks tarzda tadqiq etilgan hamda uning semantik, kognitiv va aksiologik tuzilishi tizimli ravishda aniqlangan;
“mehnat” konseptining yadro va periferiya komponentlari paremiologik materiallar asosida aniqlanib, uning lingvokognitiv modeli (mehnat – faoliyat – natija – mukofot – ijtimoiy baho) ilmiy asosda ishlab chiqilgan;
ingliz va qoraqalpoq maqol-matallarida mehnat konseptining badiiy-konseptual ifodalanish vositalari (metafora, antiteza, ramziy obraz, parallelizm va boshqalar) qiyosiy tahlil qilinib, ularning milliy mentalitet bilan bog‘liqligi ochib berilgan;
“mehnat” konseptining lingvomadaniy interpretatsiyasi doirasida ingliz tilida individuallik va pragmatizm, qoraqalpoq tilida esa kollektivlik va axloqiy qadriyatlar ustunligi ilmiy jihatdan asoslangan hamda paremiologik diskurs orqali uning ijtimoiy-pragmatik funksiyalari (tarbiyaviy, normativ, motivatsion) aniqlashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz va qoraqalpoq tillaridagi mehnat faoliyatini gavdalantiruvchi maqol va matallarining lingvomadaniy xususiyatlariga oid ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflar asosida:
ingliz va qoraqalpoq tillaridagi maqol va matallar asosida “mehnat” konseptining lingvomadaniy xususiyatlari qiyosiy-tipologik jihatdan kompleks tarzda tadqiq etilgan hamda uning semantik, kognitiv va aksiologik tuzilishi haqidagi natijalari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat tilini rivojlantirish departamenti tomonidan zarur manba sifatida foydalanishga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat tilini rivojlantirish departamentining 2026-yil 23-apreldagi 11-09/9-04/318-son ma’lumotnomasi). Natijada, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat tilini rivojlantirish departamentining 2025-yilga mo‘ljallangan ish rejasini ishlab chiqishda, xususan, ingliz va qoraqalpoq tillaridagi mehnat faoliyatini aks ettiruvchi maqol va matallarning lingvomadaniy xususiyatlarini aniqlashda va mazkur rejaning 9, 11, 13-bandlarini tayyorlashda samarali foydalanilgan;
“mehnat” konseptining yadro va periferiya komponentlari paremiologik materiallar asosida aniqlanib, uning lingvokognitiv modeli (mehnat – faoliyat – natija – mukofot – ijtimoiy baho)ga oid ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida 2017–2020-yillarda bajarilgan “FA-F1-OO5 Qoraqalpoq folklori va adabiyotshunosligini tahlil qilish” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2026-yil 27-apreladgi 182/1-son ma’lumotnomasi). Natijada, qoraqalpoq xalq maqol va matallarining qoraqalpoq tili etnografik leksikasi shakllanishidagi ahamiyatini atroflicha o‘rganishga xizmat qilgan;
ingliz va qoraqalpoq maqol-matallarida mehnat konseptining badiiy-konseptual ifodalanish vositalari (metafora, antiteza, ramziy obraz, parallelizm va boshqalar) qiyosiy tahlil qilinib, ularning milliy mentalitet bilan bog‘liqligi haqidagi natijalaridan Qoraqalpog‘iston Respublikasi tarixi va madaniyati davlat muzeyi kolleksiyasida saqlanayotgan eksponatlarga bog‘liqligi Berdaq nomidagi Qoraqalpoq adabiyoti tarixi davlat muzeyi faoliyatida foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi madaniyat vazirligining 2026-yil 21-oktabrdagi 08-03/2455-son ma’lumotnomasi). Natijada, muzeyning qoraqalpoq xalq og‘zaki ijodi namunalari, asosan maqol va matallar bo‘yicha ko‘rgazma va ekskursiya jarayonlarida, muzeyga tashrif buyurgan mexmonlarga milliy koloritni ochib berishda qoraqalpoq tilidagi maqol va matallarni ingliz tiliga tarjima qilishga xizmat qilhan;
“mehnat” konseptining lingvomadaniy interpretatsiyasi doirasida ingliz tilida individuallik va pragmatizm, qoraqalpoq tilida esa kollektivlik va axloqiy qadriyatlar ustunligi ilmiy jihatdan asoslangan hamda paremiologik diskurs orqali uning ijtimoiy-pragmatik funksiyalari (tarbiyaviy, normativ, motivatsion) haqidagi ilmiy yangilik Qoraqalpog‘iston Respublikasi teleradiokanali “Qoraqalpog‘iston” telekanalining qoraqalpoq tilida olib boriladigan “Til baylıǵı – el baylıǵı” dasturida va radiokanalning “Tilge itibar – elge itibar” eshittirishlarining ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi teleradiokanalining 2026-yil 5-iyundagi 05-22/276-son ma’lumotnomasi). Natijada, “Til baylıǵı – el baylıǵı” dasturida va radio kanalining “Tilge itibar – elge itibar” eshittirishlarining ssenariylari emotsional birliklarning tizimli tasnifi va emotsional birliklarning semantik maydonlari asosida qayta ishlangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish