Xudoyberdieva Ra’no Arabboevnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Aqliy rivojlanishida muammolari bo‘lgan bolalarni sensamotor rivojlantirishning korreksion-pedagogik ish tizimi”, 13.00.03 - Maxsus pedagogika (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.2.PhD/Ped13054.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Mahmudova Madina Sobirxonovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.01/2026.26.08.Ped.04.03.
Rasmiy opponentlar: Sharofutdinova Ra’noxon Shavkatovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent; Turg‘unboev Sirojiddin Faxriddinovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat pedagogika inistituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi aqliy rivojlanishida muammolari bo‘lgan bolalarni sensomotor rivojlantirishning korreksion-pedagogik ish tizimini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
aqliy rivojlanishida muammolari bo‘lgan bolalarni sensomotor rivojlantirishning korreksion-pedagogik shart-sharoitlari multisensor resurslardan foydalanish hamda ota-onalar va tengdoshlar bilan muloqot qilish motivatsiyasini rivojlantirish asosida aniqlashtirilgan;
aqliy rivojlanishida muammolari bo‘lgan bolalarni sensomotor rivojlantirishning klaster modeli umumiy motor va kognitiv impulslarni uyg‘unlashtirish, individual va differensial yondashuv hamda intervalli monitoringni qo‘llash asosida takomillashtirilgan;
korreksion-rivojlantiruvchi texnologiyalar nutq, harakat va idrokni yagona faoliyat kontekstida uyg‘unlashtirish, moslashtirilgan taqlid hamda muqobil kommunikatsiya vositalaridan foydalanish asosida takomillashtirilgan;
pedagogik va terapevtik yondashuvlarni integratsiyalash hamda o‘z-o‘ziga xizmat qilish, predmetlar bilan amaliy harakat qilish va o‘z ehtiyojlarini ifodalash jarayonlarini qayd etishga yo‘naltirilgan individual kuzatuv hujjatlarini yuritish asosida sensomotor rivojlantirishning amaliy mexanizmlari takomillashtirilgan
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Aqliy rivojlanishida muammolari bo‘lgan bolalarni sensomotor rivojlantirishning korreksion-pedagogik ish tizimini tahlil qilish va takomillashtirish yuzasidan ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflar asosida:
aqliy rivojlanishida muammolari bo‘lgan bolalarni sensomotor rivojlantirishning korreksion-pedagogik shart-sharoitlari, bolalarda murojaatga reaksiyani shakllantiruvchi multisensor resursni mikro (yaqinlar bilan aloqa) muhitda ota-onalarning pedagogik pozisiyasi va makro muhitda tengdoshlarning kommunikativ motivatsiyasi ustuvorligida adaptivlashtirishga oid takliflari “ART terapiya asoslari” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 14-apreldagi 136-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan 472959-raqamli guvohnoma). Natijada, aqliy rivojlanishida muammolari bo‘lgan o‘quvchilarni sensomotor rivojlantirish jarayonini yaxlit metodik algoritm asosida tashkil etish imkoniyati yaratilgan;
aqliy rivojlanishida muammolari bo‘lgan bolalarni sensomotor rivojlantirishning klaster modeli umummotorika va kognitiv soha impulsini individual va differensial yondashuv ustuvorligidagi subektlar faoliyatini mobilizatsiya qilish hamda intervalli monitoringda ta’minlashga oid tavsiyalari Samarqand, Namangan, Farg‘ona va Toshkent viloyatlaridagi ixtisoslashtirilgan davlat ta’lim muassasalarining ta’lim-korreksion jarayoniga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologok-pedagogik respublika tashxis markazining 2026-yil 12-iyun 01/10-01-250-son ma’lumotnomasi). Natijada, aqliy rivojlanishida muammolari bo‘lgan bolalarning sensomotor rivojlanish bosqichlarini didaktik jihatdan ta’minlash hamda amaliy metodlardan foydalanish imkoniyatlari takomillashtirilgan.
aqliy rivojlanishida muammolari bo‘lgan bolalarni sensomotor rivojlantirishda nutq+harakat+idrok kontekstida umumrivojlantiruvchi metodik algoritmni adaptiv imitatsiyalar va alternativ muloqot bilan parallel ravishda optimallashtirishga oid taklif va tavsiyalaridan “Namangan guldastasi” nomli ko‘rsatuvni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Namangan viloyati teleradiokanalining 2026-yil 5-martdagi 02-18/48-son ma’lumotnomasi). Natijada, aqliy rivojlanishida muammolari bo‘lgan bolalar bilan ishlashning kompleks metodlarini keng ommaga targ‘ib etish imkoniyati yaratilgan;

Yangiliklarga obuna bo‘lish