Zokirova Nargiza Akbarjonovnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Talabalarda loyihaviy ixtirochilik kompetentlikni rivojlantirishning dasturiy taminotini takomillashtirish”, 13.00.06 – Raqamli ta’lim nazaryasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.2.PhD/Ped310.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Guliston davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Mirzaolimov Avazbek Alisherovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.01/2026.26.08.Ped.04.03.
Rasmiy opponentlar: Abdullaev Botir Baxtiyor o‘g‘li, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent; Fayzieva Maxbubaxon Raximjonovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi talabalarning loyihalashtirish-ixtirochilik kompetentligini texnologik rivojlantirishning dasturiy ta’minotini takomillashtirish yuzasidan ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Loyihaviy ixtirochilik kompetentlikni rivojlantirishda kasbiy-amaliy, kreativ-adaptiv dasturiy ta’minotdan foydalanishning pedagogik imkoniyatlari ijodiy fikrlashni rag‘batlantiruvchi algoritmlarda talabalarning moslashuvchan o‘quv traektoriyasiga nostandart echimli kasbiy simulyasiyalarni vizual grafikli kiritish asosida aniqlashtirilgan;
loyihaviy ixtirochilik komponentlari bo‘yicha talabalar faoliyatini raqamli muhitda tashkil etish modeli yangi g‘oyalar generatsiyasiga motivatsiyalovchi kreativ-amaliy topshiriqlarni raqamli prototiplar va aqlli dizaynlar integratsiyasida optimallashtirish asosida takomillashtirilgan;
loyihaviy ixtirochilik kompetentlikni rivojlantirishda pedagogik va raqamli texnologiyalar integratsiyalashgan didaktik ta’minoti loyihalash bosqichlarida nostandart echimlarni taklif etishga mo‘ljallangan “iDesign.uz” platformani interaktiv deduksiya ustuvorigida mustaqil o‘rganishga moslashuvchanligini kuchaytirish asosida takomillashtirilgan;
loyihaviy ixtirochilik rivojlanganligini baholash mezonlariga raqamli indikatorlarni integratsiyalashning samaradorligi real kasbiy modellarni virtual muhitda qayta yaratish va modifikatsiyalash jarayonida perosnal o‘zlashtirish qaydlarini erkin intervalli nazoratda individual yuritish asosida asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Maxsus pedagogika modulini integrativ o‘qitish vositasida talabalarning kasbiy motivatsiyasini rivojlantirish mavzusida olib borilgan ilmiy tadqiqotlar asosida:
loyihaviy ixtirochilik kompetentlikni rivojlantirishda kasbiy-amaliy, kreativ-adaptiv dasturiy ta’minotdan foydalanishning pedagogik imkoniyatlari ijodiy fikrlashni rag‘batlantiruvchi algoritmlarda talabalarning moslashuvchan o‘quv traektoriyasiga nostandart echimli kasbiy simulyasiyalarni visual grafikli kiritishga oid tavsiyalari “Texnik ijodkorlik va dizayn” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 14-apreldagi 136-sonli buyrug‘iga asosan berilgan 624049-sonli ruxsatnoma). Natijada, ixtisoslik modullarini o‘qitish jarayonida ta’lim oluvchilarning tadqiqotchilik kompetensiyasini rivojlantirishning metodik ta’minoti takomillashtirilgan;
loyihaviy ixtirochilik kompetentlik komponentlari bo‘yicha talabalar faoliyatini raqamli muhitda tashkil etish modeli yangi g‘oyalar generatsiyasiga motivatsiyalovchi kreativ-amaliy topshiriqlarni raqamli prototiplar va aqilli dizaynlar integratsiyasiga optimallashtirish asosidagi takliflari “Texnologiya ta’limi metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar fan vazirligining 2025-yil 7-oktyabrdagi 387-sonli buyrug‘iga asosan berilgan 957348-sonli ruxsatnoma). Natijada, tajribalarni qo‘yishda kompleks talablarga rioya qilish va ta’lim oluvchilar natijalarini davriy monitoring qilishning raqamli content bloklarini ommalashtirishga erishilgan;
loyihaviy ixtirochilik kompetentlikni rivojlantirishda pedagogik va raqamli texnologiyalar integratsiyalashgan didaktik ta’minoti loyihalash bosqichlarida nostandart echimlarni taklif etishga mo‘ljallangan “iDesign.uz” platformani interaktiv deduksiya ustuvorigida mustaqil o‘rganishga moslashuvchanligini kuchaytirishga qaratilgan tavsiyalardan “Yangi avlod darsliklari asosida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining tayyorlash metodikasini ishlab chiqish” nomli amaliy loyiha faoilyatida foydalanildi (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Andijon davlat pedagogika institutining 2026-yil 15-iyundagi 04-455-sonli ma’lumotnoma). Natijada, o‘qitishning induktiv-metodik usullaridan ta’lim jarayonida differensial yondashuvlar ustuvorligida foydalanishning didaktik ta’minotini takomillashtirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish