Begmatova Dilnoza Muxtarovnaning

fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Talaba-yoshlar madaniy immunitetini rivojlantirishning individual yondashuvga asoslangan ijtimoiy pedagogik strategiyalari”, 13.00.09 – Ijtimoiy pedagogika (pedagogika).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.DSc/Ped573.
Ilmiy maslahatchi: Ibraimov Xolboy Ibragimovich, pedagogika fanlari doktori, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK nomi: Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti, DSc.28/30.07.2024.Ped.165.02.
Rasmiy opponentlar: Jumaniyozova Muhayyo Tojievna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Mamanazarov Abduhakim Bozorovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Sharifzoda Sardorbek O‘razboy tabib o‘g‘li, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi talaba-yoshlar madaniy immunitetini rivojlantirishning individual yondashuvga asoslangan ijtimoiy pedagogik strategiyalarini ishlab chiqish, uni nazariy jihatdan asoslash hamda ilmiy-metodik tavsiyalar yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talaba-yoshlarning madaniy immunitetini rivojlantirish mazmuni shaxsga yo‘naltirilgan individual yondashuv asosida qayta talqin qilinib, pedagogika turkum fanlariga milliy-madaniy qadriyatlar, ma’naviy meros va axloqiy modellarning didaktik imkoniyatlarini integratsiya qilish orqali madaniy immunitetni shakllantiruvchi ijtimoiy-pedagogik faoliyatlar tizimi ilmiy asoslangan holda takomillashtirilgan;
individual yondashuvning ijtimoiy-pedagogik imkoniyatlari talabaning shaxsiy tajribasidagi madaniy-axboriy ta’sirlarni manba, yashirin maqsad, daxldor qadriyat va javob harakati bo‘yicha tahlil qiluvchi individual “Madaniy tanlov xaritasi”ni ishlab chiqish hamda uni tengdoshlar bilan muloqot va raqamli muhitdagi mustaqil qarorlarni asoslashga yo‘naltirish orqali aniqlashtirilgan;
talaba-yoshlarning madaniy immunitetini rivojlantirish mexanizmlari talabaning qadriyatli pozisiyasi va vaziyatli qarorlari o‘rtasidagi nomuvofiqlikni aniqlash, aniqlangan ehtiyojga mos individual himoya strategiyasini tanlash hamda uni modellashtirilgan ijtimoiy-madaniy vaziyatlardagi xatti-harakat natijalariga ko‘ra qayta moslashtirish asosida takomillashtirilgan;
talaba-yoshlarning madaniy immunitetini rivojlantirishning texnologik modeli madaniy-axboriy vaziyatlar tahlili, qadriyatlarga asoslangan multimedia loyihalari va refleksiv muloqotni raqamli ta’lim resurslarida uyg‘unlashtirish hamda topshiriqlar murakkabligi va pedagogik ko‘mak hajmini talabaning madaniy tajribasi va individual ehtiyojlariga moslashtirish asosida takomillashtirilgan;
talaba-yoshlarning madaniy immuniteti rivojlanganligini baholash mexanizmi madaniy-axboriy ta’sirlardagi manipulyasiyani aniqlash, shaxsiy tanlovini milliy va umuminsoniy qadriyatlar bilan asoslash ko‘rsatkichlarini yuqori, o‘rta va quyi darajalarda aniqlash orqali vaziyatli topshiriqlar va faoliyat kuzatuvi natijalarini talabaning boshlang‘ich ko‘rsatkichlari bilan taqqoslash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Talaba-yoshlar madaniy immunitetini rivojlantirishning individual yondashuvga asoslangan ijtimoiy pedagogik strategiyalarini takomillashtirishga doir natijalar asosida:
talaba-yoshlarning madaniy immunitetini rivojlantirish mazmuni shaxsga yo‘naltirilgan individual yondashuv asosida qayta talqin qilinib, pedagogika turkum fanlariga milliy-madaniy qadriyatlar, ma’naviy meros va axloqiy modellarning didaktik imkoniyatlarini integratsiya qilish orqali madaniy immunitetni shakllantiruvchi ijtimoiy-pedagogik faoliyatlar tizimini takomillashtirishga oid mualliflik g‘oyalaridan Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy institutida bajarilgan AL-9524115131-raqamli “Talabalarning ko‘ngilli ijtimoiy-metodik harakatlari asosida inklyuziv va uydagi ta’lim samaradorligini oshirish texnologiyalari” nomli amaliy loyiha doirasida foydalanilgan (Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy institutining 2026-yil 16-iyuldagi 01-09/487-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, talaba-yoshlar madaniy immunitetini individual yondashuv va milliy-madaniy qadriyatlar asosida rivojlantirishga oid mazmuni boyitilgan;
individual yondashuvning ijtimoiy-pedagogik imkoniyatlari talabaning shaxsiy tajribasidagi madaniy-axboriy ta’sirlarni manba, yashirin maqsad, daxldor qadriyat va javob harakati bo‘yicha tahlil qiluvchi individual “Madaniy tanlov xaritasi”ni ishlab chiqish hamda uni tengdoshlar bilan muloqot va raqamli muhitdagi mustaqil qarorlarni asoslashga yo‘naltirish orqali aniqlashtirishga qaratilgan metodik takliflardan Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy institutida bajarilgan IL-9524115133-raqamli “Prezident maktablari, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar o‘quvchilarini milliy ruhda tarbiyalashning 7 yillik differensial texnologiyasi” nomli innovatsion loyihani amalga oshirishda foydalanilgan (Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy institutining 2026-yil 16-iyuldagi 01-09/487-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarning madaniy-axboriy ta’sirlarni tahlil qilish va qadriyatlarga tayangan mustaqil qarorlarini asoslash ko‘nikmalarini rivojlantirishning metodik ta’minoti boyitilgan;
talaba-yoshlarning madaniy immunitetini rivojlantirish mexanizmlari talabaning qadriyatli pozisiyasi va vaziyatli qarorlari o‘rtasidagi nomuvofiqlikni aniqlash, aniqlangan ehtiyojga mos individual himoya strategiyasini tanlash hamda uni modellashtirilgan ijtimoiy-madaniy vaziyatlardagi xatti-harakat natijalariga ko‘ra qayta moslashtirish asosida takomillashtirishga oid mualliflik g‘oyalari xorijiy tillar yo‘nalishi talabalari uchun tavsiya etilgan “Umumiy pedagogika” nomli darslik mazmunida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 11-noyabrdagi 429-625-sonli nashr ruxsatnomasi). Natijada, darslikning talabalarda qadriyatli pozisiyaga mos qaror qabul qilish va individual himoya strategiyalarini vaziyatga moslashtirish ko‘nikmalarini rivojlantirishga oid metodik ta’minoti boyitilgan;
talaba-yoshlarning madaniy immunitetini rivojlantirishning texnologik modeli madaniy-axboriy vaziyatlar tahlili, qadriyatlarga asoslangan multimedia loyihalari va refleksiv muloqotni raqamli ta’lim resurslarida uyg‘unlashtirish hamda topshiriqlar murakkabligi va pedagogik ko‘mak hajmini talabaning madaniy tajribasi va individual ehtiyojlariga moslashtirish asosida takomillashtirishga doir takliflari talabalar uchun tavsiya etilgan “Obshhaya pedagogika” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026-yil 28-iyuldagi 01/01-01-720-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarning madaniy immunitetini raqamli topshiriqlar va individual ehtiyojlarga mos pedagogik ko‘mak asosida rivojlantirishning o‘quv-metodik ta’minoti boyitilgan;
talaba-yoshlarning madaniy immuniteti rivojlanganligini baholash mexanizmi madaniy-axboriy ta’sirlardagi manipulyasiyani aniqlash, shaxsiy tanlovini milliy va umuminsoniy qadriyatlar bilan asoslash ko‘rsatkichlarini yuqori, o‘rta va quyi darajalarda aniqlash orqali vaziyatli topshiriqlar va faoliyat kuzatuvi natijalarini talabaning boshlang‘ich ko‘rsatkichlari bilan taqqoslash asosida takomillashtirishga doir mualliflik g‘oyalari Buxoro davlat pedagogika instituti, Farg‘ona davlat universiteti hamda Samarqand davlat chet tillar instituti o‘quv faoliyatiga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026-yil 28-iyuldagi 01/01-01-720-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarning madaniy immuniteti rivojlanish dinamikasini boshlang‘ich ko‘rsatkichlar bilan qiyoslab, individual baholashning diagnostik ta’minoti takomillashtirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish