Xolbutaeva Feruzabonu Bobirjon qizining

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbek va rus tillarida ironiyaning lingvokognitiv va lingvokulturologik tadqiqi (S.Vafo va N.Teffi hikoyalari misolida)”, 10.00.13 – Qiyosiy va chog‘ishtirma tilshunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.1.PhD/Fil7263.
Ilmiy rahbar: Ibragimova Extiyotxon Ismailovna, filologiya fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qo‘qon universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Qo‘qon universiteti huzuridagi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini beruvchi PhD.03/2025.27.12.Fil.25.03 raqamli ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Egamnazarova Durdona Shuxratillaevna, filologiya fanlari doktori, dotsent; Nig‘matova Lolaxon Xamidovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi N.Teffi va Salomat Vafo hikoyalari asosida ironiyaning lingvokognitiv va lingvokulturologik ko‘rinishlarini qiyosiy tahlil qilish, ironik ma’noning shakllanish mexanizmlarini ochish, uning semantik-pragmatik vazifalarini tavsiflash hamda rus va o‘zbek badiiy diskursidagi milliy-madaniy xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Salomat Vafo va N.Teffi asarlarida ironik ma’no hosil bo‘lishi freym kutilmalarining buzilishi, konseptual metaforizatsiya, konseptual integratsiya, exoik reprezentatsiya va soxta nutqiy pozisiyaga asoslangan yagona kognitiv yadroga tayanishi, biroq ushbu mexanizmlarning lisoniy voqelanish usullari milliy-madaniy xususiyat kasb etishi asoslangan;
Salomat Vafo nasrida ironiya ko‘proq ishora, sukut, tagma’no, maishiy detal, ichki psixologik taranglik va yashirin baho orqali shakllanishi, N.Teffi asarlarida esa ironik effekt paradoks, antifrazis, giperbola, groteskli pasaytirish, nutqiy o‘yin, aforistik ifoda hamda personajning ijtimoiy niqobini buzish orqali yuzaga chiqishi isbotlangan;
ironik ma’noning shakllanishida madaniy kodlar muhim o‘rin tutishi, Salomat Vafo nasrida diniy-axloqiy, oilaviy, somatik, tibbiy, zoomorf va gender kodlari faollashishi, N.Teffi ijodida esa shahar, kasbiy-etik, bayram, sovg‘a, emigratsion va nutqiy-madaniy kodlar ustuvorlik qilishi dalillangan;
Salomat Vafo va N.Teffi badiiy diskursida ironiyaning semantik-pragmatik funksiyalari baholovchi, tanqidiy, xarakterologik, aksiologik, matn hosil qiluvchi va ta’sir ko‘rsatuvchi vazifalar sifatida namoyon bo‘lishi hamda ular orqali personajning ichki ziddiyatlari, muallif pozisiyasi va badiiy matnning qadriyatlar tizimi ochilishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek va rus tillarida ironiyaning lingvokognitiv va lingvokulturologik tadqiqi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Salomat Vafo va N.Teffi asarlarida ironik ma’no hosil bo‘lishi freym kutilmalarining buzilishi, konseptual metaforizatsiya, konseptual integratsiya, exoik reprezentatsiya va soxta nutqiy pozisiyaga asoslangan yagona kognitiv yadroga tayanishi, biroq ushbu mexanizmlarning lisoniy voqelanish usullari milliy-madaniy xususiyat kasb etishi asoslangan ilmiy xulosalardan O‘zbekiston madaniyati va san’ati targ‘ibot markazida bajarilgan 2022-2024-yillarda Yaponiya akademik almashinuv xizmati IRCI tomonidan moliyalashtirilgan APC2C/10-son “Sustainable Collection of Research Data for the Protection of Intangible Cultural Heritage: Focus on Central Asia and Small Island Developing States (2022-2024 Fiscal Year)” nomli xalqaro loyihada foydalanilgan (“Umrboqiy meros” O‘zbekiston madaniyati va san’ati targ‘iboti markazining 2026-yil 23-iyundagi ML01/01-98-son ma’lumotnomasi). Natijada badiiy matnni semantik-pragmatik, lingvokognitiv va lingvokulturologik jihatdan tahlil qilish, o‘zbek va rus tillarida yashirin baho hamda ironik ma’noni aniqlash, madaniy kodlar orqali milliy tafakkur xususiyatlarini izohlash, shuningdek, madaniyatlararo muloqotda ironiyaning to‘g‘ri talqin qilinishiga doir ilmiy-metodik yondashuvlarni boyitish imkoniyati kengaygan;
Salomat Vafo nasrida ironiya ko‘proq ishora, sukut, tagma’no, maishiy detal, ichki psixologik taranglik va yashirin baho orqali shakllanishi, N.A.Teffi asarlarida esa ironik effekt paradoks, antifrazis, giperbola, groteskli pasaytirish, nutqiy o‘yin, aforistik ifoda hamda personajning ijtimoiy niqobini buzish orqali yuzaga chiqishi isbotlangan ilmiy natijalardan Farg‘ona davlat universitetida bajarilgan ALM-202304076-05-son “Milliy neyropsixolingvistik tashxislash metodikasini yaratish” nomli amaliy loyihada foydalanilgan (Farg‘ona davlat universitetining 2026-yil 26-iyuldagi 04/7376-son ma’lumotnomasi). Natijada milliy neyropsixolingvistik yondashuvlar asosida nutqiy tafakkur, yashirin mazmunni anglash, baholovchi munosabatni idrok etish va matnni interpretatsiya qilish mezonlarini takomillashtirishga xizmat qiluvchi nazariy-amaliy qarashlar boyitildi hamda loyiha ishtirokchilarining o‘zbek va rus tillaridagi badiiy diskurs, ironik ma’no, lingvokognitiv tahlil va semantik-pragmatik talqin doirasidagi bilimlarini kengaytirishga zamin yaratilgan;
ironik ma’noning shakllanishida madaniy kodlarning muhim o‘rin tutishi, xususan, Salomat Vafo nasrida diniy-axloqiy, oilaviy, somatik, tibbiy, zoomorf va gender kodlari faollashishi, N.A.Teffi ijodida esa shahar, kasbiy-etik, bayram, sovg‘a, emigratsion va nutqiy-madaniy kodlar ustuvorlik qilishi ochib berilgan ilmiy xulosalardan O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida 2023–2025-yillarda bajarilgan IL-27-4722022413-sonli “Komparativistika” elektron platformasini yaratish mavzusidagi innovatsion loyiha doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 2026-yil 25-iyundagi 11-25/526-son ma’lumotnomasi). Natijada komparativistika, pragmalingvistika, matnshunoslik, lingvokulturologiya, badiiy diskurs tahlili va tarjimashunoslik yo‘nalishidagi ilmiy-amaliy materiallar mazmuni o‘zbek va rus badiiy matnlarida ironiyaning milliy-madaniy xususiyatlarini aniqlashga xizmat qiluvchi yangi nazariy ma’lumotlar bilan boyitilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish