Achilova Risolat A’zamovnaning
fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i):
“Ingliz va o‘zbek tillaridagi allyuziyalarning lingvokulturologik tadqiqi”, 10.00.13 – Qiyosiy va chog‘ishtirma tilshunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi royxatga olingan: B2023.3.DSc/Fil 646.
Ilmiy rahbar: Saidov Yoqub Siddiqovich, filologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoloyat ko‘rsatayotgan muassasa(muasssasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti. DSc.03/2025.27.12.Fil.08.07.
Rasmiy opponentlar: Qosimova Nafisa Farxodovna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Odilov Yorqinjon Raxmonalievich, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Nasrullaeva Nafisa Zafarovna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor. 
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz va o‘zbek tillaridagi allyuziyalarning lingvokulturologik, pragmatik, intertekstual va konseptual xususiyatlarini qiyosiy-tipologik aspektda kompleks ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
presedent birliklarning allyuziv funksiyalari, allyuziyaning vertikal kontekst hosil qilishdagi roli va pragmatik implikatsiya yaratish mexanizmlari aniqlangan, allyuziyalarning lingvomadaniy birliklar tizimidagi o‘rni ingliz va o‘zbek tillarining faktik materiallari bilan belgilangan;
ikkala tildagi allyuziyalar ilk bor qiyosiy-tipologik hamda lingvokulturologik aspektda kompleks tadqiqot ob’ekti sifatida o‘rganilib, ikki madaniyatga xos allyuziv birliklarning universal va milliy-madaniy o‘ziga xosligi ilmiy asosda dalillab berilgan;
tarixiy shaxslar va asar qahramonlari asosida vujudga kelgan allyuziyalarning lingvomadaniy xususiyatlari, ularning ingliz va o‘zbek madaniy kodlaridagi semantik-pragmatik salohiyati ochib berilgan, realiya va o‘xshatish asosli allyuziv birliklarning tipologik tasnifi ishlab chiqilgan;
metaforik va metonimik allyuziyalarning konseptual metafora va metonimiya nazariyasi asosida tahlil qilinishi natijasida ularning madaniy qadriyatlar tizimidagi o‘rni va kognitiv-semantik shakllanish mexanizmlari aniqlangan;
diniy markerlangan va mifologik dunyoqarash asosida shakllangan allyuziyalarning madaniy-semantik xususiyatlari, ularning intertekstdagi vazifalari va lingvokulturologik xususiyatlari ingliz va o‘zbek tillari materiali asosida qiyosiy aspektda ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz va o‘zbek tillaridagi allyuziyalarning lingvokulturologik,  pragmatik, intertekstual va konseptual xususiyatlarini qiyosiy-tipologik aspektda kompleks tahlil qilish yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida: presedent birliklarning alluziv funksiyalari, allyuziyaning vertikal kontekst hosil qilishdagi roli va pragmatik implikatsiya yaratish mexanizmlari ilmiy yoritilgan, allyuziya lingvomadaniy birliklar tizimida tutgan o‘rnini aniqlashga oid ilmiy-nazariy xulosalar va metodologik yondashuvlardan Buxoro davlat pedagogika institutida 2024-2025-yillarda bajarilgan 209131-raqamli Buyuk Britaniyaning Tashqi ishlar, Hamdo‘stlik va Taraqqiyot vazirligi hamda Toshkent shahridagi Britaniya elchixonasi tomonidan moliyalashtirilgan “English and Inclusion project within the framework of the Accelerating English Language Learning in Central Asia” (AELLCA) xalqaro loyihasini bajarishda foydalanilgan (Buxoro davlat pedagogika institutining 2026-yil  2-iyuldagi 397-son ma’lumotnomasi). Natijada O‘zbekistondagi yetakchi oliy ta’lim muassasalarida amalga oshirilgan grant loyihalari va ilmiy-tadqiqot ishlari nazariy jihatdan boyitilishiga erishilgan;  
ingliz va o‘zbek tillaridagi allyuziyalar ilk bor qiyosiy-tipologik hamda lingvokulturologik aspektda kompleks tadqiqot ob’ekti sifatida o‘rganilib, ikki madaniyatga xos alluziv birliklarning  universal va milliy-madaniy o‘ziga xosligini dalillashga doir umumlashmalardan O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida 2022-2024-yillarda “Musiqa va san’at o‘quv masalalari uchun “Bolalar raqslari” fanidan interaktiv o‘quv qo‘llanma yaratish” mavzusidagi bajarilgan F3-202003161-raqamli fundamental ilmiy loyihani bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasining 2026-yil 12-iyundagi 1/04-64-son ma’lumotnomasi). Natijada ingliz va o‘zbek allyuziyalarning mushtarak va farqli jihatlari yoritib berilgan; 
metaforik va metonimik allyuziyalarning konseptual metafora va metonimiya nazariyasi asosida tahlillarga doir xulosalardan Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari institutida 2023-2026 yillarda bajarilgan 101129076. – EMPOWER –ERASMUS-EDU-2023-CBHE (Enhancement of Entrepreneurship Skills among Women to Provide Gender Equality and Employability for Citizens of Uzbekistan) mavzusidagi xalqaro loyihani bajarishda foydalanilgan (Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari institutining 2026-yil 16-iyuldagi 2166-03-son ma’lumotnomasi). Natijada allyuziyalarning madaniy qadriyatlar tizimidagi o‘rni va kognitiv-semantik shakllanish mexanizmlari dalillashga xizmat qilgan;
tarixiy shaxslar va asar qahramonlari asosida vujudga kelgan allyuziyalarning lingvomadaniy xususiyatlari, ularning ingliz va o‘zbek madaniy kodlaridagi semantik-pragmatik salohiyati bilan bog‘liq xulosalardan 2024-2024-yillarda O‘MTRK “O‘zbekiston” teleradiokanalining “Bedorlik”, “Ijod zavqi”, “Ta’lim va Taraqqiyot”, “Millat va Ma’naviyat” ko‘rsatuvlarini tayyorlashda, ssenariylarini yozishda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat muassasasining 2026-yil 12-iyundagi 26-36-74-son ma’lumotnomasi). Natijada semantik-pragmatik salohiyati ochib berilgan, realiya va o‘xshatish asosli alluziv birliklarning tipologik tasnifi ishlab chiqilgan;
diniy markerlangan va mifologik dunyoqarash asosida shakllangan allyuziyalarning madaniy-semantik xususiyatlari, ularning intertekstdagi vazifalari va lingvokulturologik talqini bilan bog‘liq nazariy xulosalardan Oliy ta’limning 60111800- Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili) ta’lim yo‘nalishi talabalariga mo‘ljallangan “Madaniyatlararo muloqot” (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026-yil 10-fevraldagi 2821-9769-8ad4-bf63-a166-8802-0553 raqamli nashr ruxsatnomasi) nomli darslikni yaratishda foydalanilgan. (Buxoro davlat pedagogika institutining 2026-yil 7-sentabrdagi 03/03/01-1741-sonli ma’lumotnomasi). Natijada tilshunoslikka oid adabiyotlar allyuziyalarning madaniy-semantik xususiyatlari, ularning intertekstdagi vazifalari va lingvokulturologik jihatlarining qiyosiy umumlashmalari bilan boyitilgan. 


 

Yangiliklarga obuna bo‘lish