Saydalieva Nodira Maxamatovnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Davriy g‘ilaylikli bolalarni tashxislash va davolash taktikasini takomillashtirish» 14.00.08 – Oftal`mologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022/4.PhD/Tib3153.
Ilmiy rahbar: Xamraeva Gavxar Xusanovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.06/2025.27.12.Tib.12.01.
Rasmiy opponentlar: Buzrukov Botir Tulkunovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Turgunbaev Nurlan Aytbaevich tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: davriy g‘ilaylikli bolalarni oftalmologik holatining klinik-funksional ko‘rsatkichlarini baholash orqali tashxislash va davolashning kompyuter dasturlarini ishlab chiqish va davolashga tabaqalashtirilgan yondashuvni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
davriy g‘ilaylikning turli shakllarining taqqoslama tashxislash morfofunksional mezonlari aniqlangan bo‘lib, g‘ilaylikning divergensiya ortiqchaligi turida to‘r parda parametrlari saqlanib qolgan holda binokulyar ko‘rishning markaziy mexanizmlari buzilishi bilan bog‘liqligi, konvergensiya zaifligi va asosiy turida esa to‘r pardaning morfofunksional o‘zgarishlari aniqlangan;
davriy g‘ilaylikni tashxislash uchun kompyuter dasturi ishlab chiqilgan bo‘lib, ushbu dastur g‘ilaylik mavjudligini aniqlab, ko‘z og‘ish chastotasi, burchagi va xususiyatini ob’ektiv baholash imkonini berishi isbotlangan;
tashqariga qarovchi davriy g‘ilaylikda ko‘z olmasi tashqi to‘g‘ri mushagi payida gistomorfologik o‘zgarishlar rivojlanishi, ya’ni biriktiruvchi to‘qima komponentlari nisbatining buzilishi, elastik tolalar sonining kamayishi hamda fibrotsitar qator hujayra zichligining pasayishi bilan namoyon bo‘lishi va mazkur holat jarrohlik taktikasini tabaqalashtirilgan yondashuvini asoslash uchun muhim ahamiyat kasb etishi isbotlangan;
fuzion qobiliyatni rivojlantirish va binokulyar ko‘rishni tiklashga qaratilgan apparatli davolash dasturiy majmuasi ishlab chiqilib, g‘ilaylikni jarrohlik yo‘li bilan tuzatish bilan birga kompleks ixtisoslashtirilgan o‘yinlarni o‘z ichiga olgan bu majmua ko‘rish analizatorining turli darajalariga bir vaqtning o‘zida ta’sir ko‘rsatishi orqali ko‘rish funksiyalarini yaxshilashga yordam berishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Davriy g‘ilaylikni tashxislash va davolash taktikasinini takomillashtirish bo‘yicha olingan ma’lumotlar asosida (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi xuzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2026 yil 16 fevraldagi 03/15-sonli xulosasi):
birinchi ilmiy yangilik: davriy g‘ilaylikning turli shakllarining taqqoslama tashxislash morfofunksional mezonlari aniqlangan bo‘lib, g‘ilaylikning divergensiya ortiqchaligi turida to‘r parda parametrlari saqlanib qolgan holda binokulyar ko‘rishning markaziy mexanizmlari buzilishi bilan bog‘liqligi, konvergensiya zaifligi va asosiy turida esa to‘r pardaning morfofunksional o‘zgarishlari aniqlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: mazkur natijalar «Bolalarda davriy g‘ilaylikni tashxislash va davolash algoritmi» (Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi qoshidagi Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan tasdiqlangan, 07n-p/66-son, 29.12.2023 y.) nomli uslubiy tavsiyanomalar tarkibiga kiritilgan. Joriy etilishi: amaliy sog‘liqni saqlash tizimiga, jumladan Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy amaliy markazining Samarqand filiali (buyruq №54, 27.02.2024 y.) va Jizzax filiali (buyruq №15, 04.02.2024 y.) amaliyotiga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: bolalarda davriy g‘ilaylikning turli shakllarini tashxislashning aniqligi va o‘z vaqtidaligini oshirish orqali muvofiq davolash taktikasini erta tanlash, ko‘rish funksiyalarini yaxshilash, binokulyar ko‘rishning turg‘un buzilishlari xavfini kamaytirish va bemorlarning hayot sifatini oshirish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: asossiz tashxislash va davolash tadbirlari hajmini kamaytirish, bemorlar marshrutizatsiyasini optimallashtirish va patogenetik jihatdan asoslangan davolash taktikasini tanlash tekshiruv va reabilitatsiya muddatlarini qisqartirish, shuningdek, sog‘liqni saqlash tizimi xarajatlarini kamaytirish imkonini bergan. Xulosa: optik kogerent tomografiya va elektrofiziologik tadqiqotlar ma’lumotlarini kompleks baholash asosida bolalarda davriy g‘ilaylikning asosiy shakllari o‘rtasidagi morfofunksional farqlar asoslab berildi, bu esa taqqoslama tashxislashni takomillashtirish va davolash taktikasini tanlash asosliligini oshirish imkonini bergan;
ikkinchi ilmiy yangilik: davriy g‘ilaylikni tashxislash uchun yangi kompyuter dasturi ishlab chiqilgan bo‘lib, ushbu dastur g‘ilaylik mavjudligini aniqlab, ko‘z og‘ish chastotasi, burchagi va xususiyatini ob’ektiv baholash imkonini berishi isbotlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: mazkur natijalar «Bolalarda davriy g‘ilaylikni tashxislash va davolash algoritmi» (Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi qoshidagi Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan tasdiqlangan, 07n-p/66-son, 29.12.2023 y.) nomli uslubiy tavsiyanomalar tarkibiga kiritilgan. Joriy etilishi: amaliy sog‘liqni saqlash tizimiga, jumladan Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy amaliy markazining Samarqand filiali (buyruq №54, 27.02.2024 y.) va Jizzax filiali (buyruq №15, 04.02.2024 y.) amaliyotiga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: bolalarda davriy g‘ilaylikni tashxislashning ob’ektivligi va ochiqligini oshirish orqali ko‘z og‘ishining xususiyati va darajasini o‘z vaqtida aniqlashni ta’minlab, davolash natijalarini dinamik nazorat qilish hamda bolalar va ota-onalarining tavsiya etilgan davolash taktikasiga moyilligini oshirish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: ishlab chiqilgan kompyuter dasturini joriy etish hisobiga tashxislash bosqichi xarajatlarini qisqartirish va davolash qarorlarining asosliligini oshirishdan iborat bo‘lib, bu yillik 63,8 mln so‘mlik iqtisodiy samaradorlik imkonini bergan. Xulosa: bolalarda davriy g‘ilaylikni tashxislash uchun ishlab chiqilgan kompyuter dasturi kasallikni ob’ektiv klinik-funksional baholash imkoniyatlarini kengaytiruvchi, tashxislash aniqligini oshiruvchi va davolashga tabaqalashtirilgan yondashuvni takomillashtirishga yordam beruvchi ilmiy asoslangan va amaliy ahamiyatga molik vositalaridan biri hisoblangan;
uchinchi ilmiy yangilik: tashqariga qarovchi davriy g‘ilaylikda ko‘z olmasi tashqi to‘g‘ri mushagi payida gistomorfologik o‘zgarishlar rivojlanishi, ya’ni biriktiruvchi to‘qima komponentlari nisbatining buzilishi, elastik tolalar sonining kamayishi hamda fibrotsitar qator hujayra zichligining pasayishi bilan namoyon bo‘lishi va mazkur holat jarrohlik taktikasini shaxsiylashtirishni asoslash uchun muhim ahamiyat kasb etishi isbotlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: mazkur natijalar «Bolalarda davriy g‘ilaylikni tashxislash va davolash algoritmi» (Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi qoshidagi Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan tasdiqlangan, 07n-p/66-son, 29.12.2023 y.) nomli uslubiy tavsiyanomalar tarkibiga kiritilgan. Joriy etilishi: amaliy sog‘liqni saqlash tizimiga, jumladan Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy amaliy markazining Samarqand filiali (buyruq №54, 27.02.2024 y.) va Jizzax filiali (buyruq №15, 04.02.2024 y.) amaliyotiga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: bolalarda uzoqlashuvchi davriy g‘ilaylikni tashxislash sifati va xolisligini oshirishdan iborat bo‘lib, bu jarrohlik taktikasini o‘z vaqtida tanlashga, jarroxlikdan keyingi asoratlar xavfini kamaytirishga va davolashning funksional natijalarini yaxshilash imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: tashxislash va davolash algoritmini optimallashtirish, asossiz aralashuvlar va takroriy korreksiyalar hajmini qisqartirishdan iborat bo‘lib, bu bemorlarni davolash va reabilitatsiya qilish xarajatlarini kamaytirishga imkon bergan. Xulosa: uzoqlashuvchi davriy g‘ilaylikda ko‘z olmasining tashqi to‘g‘ri mushagi payida aniqlangan gistomorfologik o‘zgarishlar kasallikning morfologik asosi haqidagi tushunchalarni kengaytirib jarrohlik taktikasini tanlashda tabaqalashtirilgan yondashuv uchun ilmiy asos bo‘lib xizmat qilish imkonini bergan;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: fuzion qobiliyatni rivojlantirish va binokulyar ko‘rishni tiklashga qaratilgan geymifikatsiya modullari mavjud apparatli davolash dasturiy majmuasi ishlab chiqilib, g‘ilaylikni jarrohlik yo‘li bilan tuzatish va ixtisoslashtirilgan kompyuter o‘yinlarini o‘z ichiga olgan ko‘rish analizatorining turli darajalariga bir vaqtning o‘zida kompleks ta’sir ko‘rsatish ko‘rish funksiyalari va to‘r pardaning morfofunksional parametrlarini yaxshilashga yordam berishi aniqlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: mazkur natijalar «Bolalarda davriy g‘ilaylikni tashxislash va davolash algoritmi» (Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi qoshidagi Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan tasdiqlangan, 07n-p/66-son, 29.12.2023 y.) nomli uslubiy tavsiyanomalar tarkibiga kiritilgan. Joriy etilishi: amaliy sog‘liqni saqlash tizimiga, jumladan Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy amaliy markazining Samarqand filiali (buyruq №54, 27.02.2024 y.) va Jizzax filiali (buyruq №15, 04.02.2024 y.) amaliyotiga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: fuzion qobiliyat va binokulyar ko‘rishni tiklash hisobiga g‘ilayligi bor bolalarning funksional reabilitatsiyasi samaradorligini oshirishdan iborat bo‘lib, bu ko‘rish funksiyalarini yaxshilashga, bemorlarning hayot sifati va ijtimoiy moslashuvini oshirish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: davolash muddatlarini qisqartirish, takroriy davolash-reabilitatsiya tadbirlari sonini kamaytirish va kompleks terapiya natijadorligini oshirishdan iborat, bu esa sog‘liqni saqlash tizimi resurslaridan yanada oqilona foydalanish imkonini bergan. Xulosa: ishlab chiqilgan geymifikatsiya modullariga ega apparatli davolash dasturiy majmuasi binokulyar ko‘rishni tiklashga ilmiy asoslangan kompleks yondashuv bo‘lib, g‘ilayligi bor bolalarni funksional reabilitatsiya qilish imkoniyatlarini kengaytirib ularni klinik amaliyotga joriy etish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish