Yormamatov Shohboz Zafar o‘g‘lining

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertasiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Samarqand viloyatida ziyorat turizmini rivojlantirish imkoniyatlari va istiqbollari», 11.00.02 - Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya (geografiya fanlari).
Dissertasiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.PhD/Gr427.
Ilmiy rahbar: Usmanov Marufjon Rustamovich, geografiya fanlari doktori, professor.
Dissertasiya bajarilgan muassasalar nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.Gr.09.11.
Rasmiy opponentlar: Nizamiev Abdurashid Gumarovich, geografiya fanlari doktori, professor; Xolmurodov Shakarbek Abdug‘anievich, geografiya fanlari falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertasiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Samarqand viloyatida ziyorat turizmi rivojlanish imkoniyatlarini aniqlash, baholash va istiqbolda rivojlantirish chora-tadbirlari bo‘yicha ilmiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ziyorat turizmining Samarqand viloyati iqtisodiyotidagi o‘rni va rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar roli aniqlangan;
Samarqand viloyati ziyorat turizm imkoniyatlari turistik obektlarning tarixiy-madaniy va mintaqaviy ahamiyati, geografik joylashuvining qulayligi, infratuzilmaning yaratilganligi mezon ko‘rsatkichlari (juda past, past, o‘rtacha, yuqori, juda yuqori) asosida baholangan va xaritalashtirilgan;
ziyorat turizmi salohiyatini baholash uchun integrallashgan geografik indikatorlar tizimi ishlab chiqilgan;
viloyatda ziyorat turizmi rivojlanishiga to‘sqinlik qiluvchi muammolar aniqlanib, ularning rivojlanish tendensiyalari prognoz qilingan hamda istiqbolda rivojlantirish bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Samarqand viloyatida ziyorat turizmini rivojlantirish imkoniyatlari va istiqbollarini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Samarqand viloyati iqtisodiyotida ziyorat turizmining rolini aniqlash, uning rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash, shuningdek, ularning hududiy xususiyatlarini belgilash asosida ishlab chiqilgan takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi faoliyatida foydalanilgan (2026-yil 11-avgustdagi 02-17/8136-son ma’lumotnoma). Natijada, hududda ziyorat turizmining iqtisodiy ahamiyati va uning rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatuvchi asosiy omillarini aniqlash imkonini bergan;
Samarqand viloyatining ziyorat turizmi salohiyatini turistik obektlarning tarixiy-madaniy va mintaqaviy ahamiyati, ularning geografik joylashuvining qulayligi, shuningdek, turistik infratuzilma bilan ta’minlanganlik darajasi kabi mezonlar asosida besh darajali (juda past, past, o‘rtacha, yuqori va juda yuqori) tasnifidan O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi faoliyatida foydalanilgan (2026-yil 11-avgustdagi 02-17/8136-son ma’lumotnoma). Natijada, hududning turistik salohiyati baholandi va turizmni rivojlantirishni hududiy rejalashtirishni amalga oshirish uchun sharoitlar yaratilgan;
ziyorat turizmining rivojlanish darajasini kompleks baholash va hududiy tafovutlarni aniqlash imkonini beruvchi integrallashgan geografik indikatorlar tizimidan O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi faoliyatida foydalanilgan (2026-yil 11-avgustdagi 02-17/8136-son ma’lumotnoma). Natijada, ziyorat turizmining rivojlanish darajasi aniqlandi va uni yanada rivojlantirish uchun istiqbolli hududlar belgilangan;
hududda ziyorat turizmining rivojlanishiga to‘sqinlik qiluvchi omillarni aniqlash, ularning o‘zgarish tendensiyalarini prognoz qilish va sohani istiqbolli rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqishga oid ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi faoliyatida foydalanilgan (2026-yil 11-avgustdagi 02-17/8136-son ma’lumotnoma). Natijada, hududda ziyorat turizmini rivojlantirish va turistik infratuzilmani takomillashtirishga qaratilgan amaliy chora-tadbirlar belgilangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish