Genjemuratov Abdiqadir Saylaubaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertasiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘rta sho‘rlangan to‘proqlar sharoitida g‘o‘za navlarini sug‘orishning suv tejamkor usullarini takomillashtirish (Qoraqalpog‘iston Respublikasi misolida)”, 06.01.02- Melioratsiya va sug‘orma dehqonchilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertasiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Qx831
Ilmiy rahbar: Djumanazarova Altingul Tengelbaevna, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertasiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.08/2025.27.12.Qx.02.01.
Rasmiy opponentlar: Norkulov Usmonkul, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Ziyatov Musulman Panjievich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertasiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Qoraqalpog‘iston Respublikasining o‘tloqi-allyuvial, mexanik tarkibi engil, sizot suvlari sathi (1,5-2 m) chuqurlikda joylashgan tuproqlari sharoitida g‘o‘zaning “S-4727” va “Sulton” navlaridan yuqori va sifatli hosil etishtirishda ilmiy asoslangan maqbul sug‘orish tartibini ta’minlovchi takomillashgan suvtejamkor egatlab sug‘orish usulini aniqlash hamda uning o‘sishi, rivojlanishi va hosildorligiga ta’sirini ilmiy asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Qoraqalpog‘iston Respublikasining o‘rta sho‘rlangan, o‘tloqi-allyuvial, mexanik tarkibiga ko‘ra engil tuproqlari sharoitida g‘o‘zaning “S-4727” va “Sulton” navlarini egat oralatib qora plyonka tushab sug‘orish usulining daryo suvlarini iqtisod qilish va suv tanqisligining salbiy oqibatlarini kamaytirishdagi samaradorligi aniqlangan, bunda tuproqning hajm massasi 0-50, 0-70 va 0-100 sm li qatlamlarda 1,38; 1,37 va 1,38 g/sm3 ga hamda g‘ovakligi mos ravishda 48,9; 48,4 va 48,0 % ni, vegetatsiya oxirida tuproqning suv o‘tkazuvchanligi 6 soatda 1277 m3/ga (0,36 mm/min) ni tashkil etib, nazorat variantiga nisbatan 52,0 m3/ga (0,02 mm/min) ga kam bo‘lganligi aniqlangan;
maqbul sug‘orish tartiblarini (ChDNSga nisbatan 70-70-60 %) ta’minlanishi g‘o‘za navlarining sug‘orish (600-630 m3/ga) va mavsumiy sug‘orish (1650-1830 m3/ga) me’yorlari hamda suv iste’moliga (41,3-46,0 m3/s) ijobiy ta’siri kuzatilgan holda, 1 s paxta hosili etishtirish uchun eng kam suv sarflashga g‘o‘zani egat oralatib qora plyonka tushab sug‘orilgan usulda erishilib, nazorat variantiga nisbatan 31,7-38,1 m3/s ga kam hamda shu usulda sug‘orilgan “S-4727” naviga nisbatan 3,2-3,5 m3/s kam sarflanganligi aniqlangan;
maqbul sug‘orish tartibida g‘o‘zani egat oralatib qora plyonka tushab sug‘orilganda nazorat variantiga nisbatan g‘o‘za navlarining g‘o‘za bosh poya balandligi 8,5-8,7 sm.ga, hosil shohlari 1,1-1,6 donaga, ko‘saklar soni 2,7-3,0 donaga, bir dona ko‘sakdagi paxtaning og‘irligi 0,08-0,21 gramga yuqori bo‘lganligi, eng yuqori hosildorlik Sulton navida kuzatilib (37,3 s/ga), nazorat variant va shu usulda sug‘orilgan “S-4727” naviga nisbatan mos ravishda 8,0 va 2,7 s/ga yuqori bo‘lganligi aniqlangan;
g‘o‘zaning “Sulton” navini maqbul sug‘orish tartibida (ChDNSga nisbatan 70-70-60 %) egat oralatib qora plyonka tushab sug‘orilganda eng yuqori iqtisodiy samaradorlikka (rentabellik darajasi 45,0%) erishilib, bu ko‘rsatkich nazorat variant va “S-4727” va naviga nisbatan 17,2 va 10,5 foiz yuqori bo‘lganligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qoraqalpog‘iston Respublikasining o‘rtacha sho‘rlangan to‘proqlar sharoitida g‘o‘za navlarini sug‘orishning suv tejamkor usullarini takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
“Qoraqalpog‘iston Respublikasining o‘tloqi allyuvial tuproqlari sharoitida g‘o‘za navlarini parvarishlashda suv resurslaridan oqilona foydalanish bo‘yicha” nomli tavsiyanoma chop etilgan va amaliyotga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasining Suv xo‘jaligi vazirligining 2025-yil 15-dekabrdagi № 03/09-3-882 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu tavsiyanoma sho‘rlangan tuproqlar sharoitida faoliyat olib borayotgan fermer xo‘jaliklari va agroklasterlarga, qishloq xo‘jaligi xodimlari va ilmiy tadqiqotchilarga qo‘llanma sifatida xizmat qilmoqda;
g‘o‘za navlarini maqbul sug‘orish tartibi va sug‘orishning suv tejamkor usullari Qoraqalpog‘iston Respublikasining Beruniy tumanidagi “Sulton Sulaymon Ali” fermer xo‘jaligining 15,3 gektar, Chimboy tumanidagi “Muftulla Muxametdin” fermer xo‘jaligida 23,4 gektar maydonga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasining Suv xo‘jaligi vazirligining 2025-yil 15-dekabrdagi № 03/09-3-882 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, Beruniy tumanida paxtadan 31,5 s/ga hosil olinib, mavsumiy sug‘orish me’yori 1830 m3/ga.ni, rentabellik darajasi 54,9 % ni tashkil etgan bo‘lsa, Chimboy tumanida paxtadan o‘rtacha 32,6 s/ga hosil olingan, mavsumiy sug‘orish me’yori 1650 m3/ga.ga teng bo‘lib, 58,4 % rentabellikka erishilgan;
g‘o‘zaning “Sulton” navini parvarishlashda sug‘orish oldi tuproq namligi ChDNS ga nisbatan 70-70-60 % tartibda egatga plyonka to‘shab sug‘orish texnologiyasi Nukus tumanidagi “Jollibay quyin” fermer xo‘jaligining 55,1 ga maydonida joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasining Suv xo‘jaligi vazirligining 2025-yil 15-dekabrdagi № 03/09-3-882 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, paxtadan 32,3 s/ga hosil olinib, mavsumiy sug‘orish me’yori 1950 m3/ga ga teng bo‘lib, rentabellik darajasi 63,4 % ni tashkil etgan;
g‘o‘za navlarini maqbul sug‘orish tartibi va sug‘orishning suv tejamkor usullari Qoraqalpog‘iston Respublikasining Chimboy, Beruniy va Nukus tumani fermer xo‘jaliklarida jami 93,8 gektar maydonga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasining Suv xo‘jaligi vazirligining 2025-yil 15-dekabrdagi № 03/09-3-882 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, daryo suvlari 26-34% ga iqtisod qilinib, suv tanqisligining salbiy oqibatlari kamaytirishga va g‘o‘za navlaridan gektaridan 2,3-3,5 sentner qo‘shimcha hosil olishga erishilgan.