Otamuratova Sadoqat To‘lqinbek qizi

Falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Munisning diniy-tasavvufiy mavzudagi she’rlarining g‘oyaviy-badiiy xususiyatlari”, 10.00.02 – O‘zbek mumtoz adabiyoti (filologiya).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Fil4569.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: G‘ayipov Dilshod Qadambaevich, filologiya fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti.
IK raqami: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti huzuridagi ilmiy daraja beruvchi DSc.03/2026.10.06.Fil.06.06 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Amonova Zilola Qodirovna, filologiya fanlari doktori, professor; Omanboeva Aziza Doniyor qizi, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Shermuhammad Munisning diniy-tasavvufiy mavzudagi she’rlarining g‘oyaviy-badiiy xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Shermuhammad Munis she’riyatidagi tasavvufiy talqinning shakllanishida Qur’on, hadis, tasavvuf allomalari va Alisher Navoiy irfoniy merosining o‘rni, Sharq mumtoz adabiyoti an’analari hamda zamondosh shoirlar bilan ijodiy aloqalarning ahamiyati asoslanib, ularning shoir diniy-irfoniy dunyoqarashi va ilohiy ishq, ma’rifat, komillik, nafsni poklash, ruhiy kamolot, vahdat, foniylik va boqiylik kabi tasavvufiy ma’nolarning shakllanishiga ta’siri ochib berilgan;
Munis lirikasida shariat, tariqat, ma’rifat va haqiqat bosqichlarining badiiy talqini yoritilib, ularning diniy-irfoniy mazmuni, o‘zaro uzviy aloqadorligi, insonning ruhiy-axloqiy kamoloti, nafsni poklash, ilohiy ishq, ma’naviy etuklik va haqiqatni anglash kabi tasavvufiy qarashlar bilan uyg‘unligi dalillangan;
Munisning Kubroviya va Naqshbandiya tariqatlari bilan bog‘liqligi asoslanib, ushbu tariqatlarga xos ilohiy ishq, nafsni jilovlash, qalbni poklash, ruhiy kamolot, zikr, tavakkul va komil inson kabi tasavvufiy g‘oyalarning shoir she’riyatidagi badiiy talqini, yor, may, soqiy, ko‘ngil, zulf, sham, parvona, nur va hijron kabi ramz hamda timsollarning tasavvufiy-irfoniy mazmuni, adabiy matndagi g‘oyaviy-badiiy vazifasi dalillangan;
    Munis she’riyatidagi yor, soqiy, may, jom, ko‘ngil, zulf, sham, parvona, nur, hijron va visol kabi irfoniy obraz hamda tasavvufiy ramzlarning ilohiy ishq, ma’rifat, ruhiy poklanish, nafsni engish va Haqqa etishish kabi g‘oyalarni ifodalashdagi badiiy-estetik vazifasi, mumtoz adabiyotda shakllangan gul, bulbul, oshiq singari an’anaviy timsollarning Munis ijodida zohiriy va botiniy mazmun uyg‘unligini ta’minlashdagi adabiy ahamiyati isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Munisning diniy-tasavvufiy mavzudagi she’rlarining g‘oyaviy-badiiy xususiyatlari” tadqiqot ishi bo‘yicha olingan ilmiy natijalardan:
    Shermuhammad Munis she’riyatidagi tasavvufiy talqinning shakllanishida Qur’on, hadis, tasavvuf allomalari va Alisher Navoiy irfoniy merosining o‘rni, Sharq mumtoz adabiyoti an’analari hamda zamondosh shoirlar bilan ijodiy aloqalarning ahamiyati asoslanib, ularning shoir diniy-irfoniy dunyoqarashi va ilohiy ishq, ma’rifat, komillik, nafsni poklash, ruhiy kamolot, vahdat, foniylik va boqiylik kabi tasavvufiy ma’nolarning shakllanishiga ta’siri ochib berilgani, Munis lirikasida shariat, tariqat, ma’rifat va haqiqat bosqichlarining badiiy talqini yoritilib, ularning diniy-irfoniy mazmuni, o‘zaro uzviy aloqadorligi, insonning ruhiy-axloqiy kamoloti, nafsni poklash, ilohiy ishq, ma’naviy etuklik va haqiqatni anglash kabi tasavvufiy qarashlar bilan uyg‘unligi dalillanganiga doir natijalardan Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida bajarilgan, Davlat ilmiy-texnik dasturi doirasida 2021 – 2023-yillarda amalga oshirilgan PF-201912258-raqamli “O‘zbek adabiyotining ko‘p tilli (o‘zbek, rus, ingliz tillarida) elektron platformasini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihani bajarishda foydalanildi (Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 27-iyundagi 01/01-2805-son ma’lumotnomasi). Natijada platformaning ilmiy-nazariy va ma’rifiy ahamiyati oshirilgan.
Munisning Kubroviya va Naqshbandiya tariqatlari bilan bog‘liqligi asoslanib, ushbu tariqatlarga xos ilohiy ishq, nafsni jilovlash, qalbni poklash, ruhiy kamolot, zikr, tavakkul va komil inson kabi tasavvufiy g‘oyalarning shoir she’riyatidagi badiiy talqini, yor, may, soqiy, ko‘ngil, zulf, sham, parvona, nur va hijron kabi ramz hamda timsollarning tasavvufiy-irfoniy mazmuni, adabiy matndagi g‘oyaviy-badiiy vazifasi dalillangani bilan bog‘liq ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining Xorazm viloyati teleradiokanali davlat muassasasida 2022–2026-yillar davomida efirga uzatilgan “Assalom, Xorazm”, “Adabiy muhit”, “Xayrli kun” kabi eshittirish va teledasturlarni tayyorlashda foydalanildi (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Xorazm viloyati teleradiokanali davlat muassasasining 2026-yil 18-iyundagi 735-son ma’lumotnomasi). Natijada teleauditoriyaning Shermuhammad Munisning diniy-tasavvufiy dunyoqarashi, badiiy-estetik tafakkuri va ma’rifatparvarlik g‘oyalari haqidagi bilimlari kengaytirilib, shoir ijodining ilmiy-ma’rifiy targ‘iboti hamda o‘zbek mumtoz adabiy merosini ommalashtirish samaradorligi oshirilgan.
Munis she’riyatidagi yor, soqiy, may, jom, ko‘ngil, zulf, sham, parvona, nur, hijron va visol kabi irfoniy obraz hamda tasavvufiy ramzlarning ilohiy ishq, ma’rifat, ruhiy poklanish, nafsni engish va Haqqa etishish kabi g‘oyalarni ifodalashdagi badiiy-estetik vazifasi, mumtoz adabiyotda shakllangan gul, bulbul, oshiq singari an’anaviy timsollarning Munis ijodida zohiriy va botiniy mazmun uyg‘unligini ta’minlashdagi adabiy ahamiyati isbotlangani bilan bog‘liq ilmiy xulosalardan Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida bajarilgan, davlat ilmiy dasturlari doirasida 2019-2021-yillarda amalga oshirilgan I-OT-2019-42. O‘zbek va ingliz tillarining elektron (Inson qiyofasi, fe’l-atvori, tabiat va milliy timsollar tasviri) poetik lug‘atini yaratish nomli grant loyihasida foydalanildi (Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2026-yil 31-iyuldagi 01/4-3517-son ma’lumotnomasi). Natijada lug‘atning ilmiy-nazariy ahamiyati oshgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish