Sadullaev Baxodir Baxtiyorovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘yinlar vositasida o‘quvchilarda do‘stona munosabatlarga asoslangan ijtimoiy hamkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirish tizimi”, 13.00.01–Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.PhD/Ped142.
Ilmiy rahbar: Ma’murov Baxodir Baxshulloevich, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy- tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, PhD.28.03.2018.Ped.02.05.
Rasmiy opponentlar: Choriev Abdushukur Chorievich, pedagogika fanlari doktori, professor; Axmedov Furqat Qo‘ldoshevich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: o‘yinlar vositasida o‘quvchilarda do‘stona munosabatlarga asoslangan ijtimoiy hamkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirishning didaktik imkoniyatlarini aniqlash hamda mazkur jarayonni takomillashtirishga yo‘naltirilgan ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
andragogik ta’limning tayanch tushunchasi sifatida malaka oshirish ijtimoiy hamkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan o‘yinlarning pedagogik xususiyatlari (o‘rgatish, munosabatga kiritish, shakllantirish, baholash, ishontirish kabi) didaktik tasnifiy tuzilmani (shakliy, tarkibiy, imkoniyatli) kiritish asosida aniqlashtirilgan;
ijtimoiy o‘yinlarning tarkibiy tashkil etuvchi (turlar, ko‘rsatkichlar, algoritmik bosqichlar, o‘quv sinflari) elementlari mazmuni o‘yin guruhlari (kasbiy, rolli, vaziyatli, imitatsion) mohiyatini ochib berish asosida takomillashtirilgan;
o‘yinlar vositasida ijtimoiy hamkorlik ko‘nikmalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan o‘quv jarayonlari o‘qituvchining faoliyat funksiyalarini (instruktorlik, kuzatuvchilik, qo‘llab-quvvatlovchilik, boshqaruvchilik) belgilash asosida takomillashtirilgan;
o‘zini o‘zi rivojlantirish, milliy va umummadaniy tayanch kompetensiyalarga ishchan o‘yinlarning didaktik ta’sirini baholash mezoni blis-interv`yu, munozara, muammoli tahlil natijalariga ko‘ra indikatorlarni ajratish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘yinlar vositasida o‘quvchilarda do‘stona munosabatlarga asoslangan ijtimoiy hamkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirish yuzasidan olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
o‘zini o‘zi rivojlantirish, milliy va umummadaniy tayanch kompetensiyalar, ishchan o‘yinlarning didaktik ta’sirini baholash mezoni, blis-interv`yu, munozara, muammoli tahlil natijalariga ko‘ra indikatorlarni ajratishga oid takliflaridan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 6 apreldagi 187-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining umumta’lim fanlari bo‘yicha malaka talablari”da belgilangan faol fuqarolik tayanch kompetensiyalarni shakllantirishda foydalanilgan (Xalq ta’limi vazirligining 2018 yil 5 martdagi 01-02/2-2-78-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘yinlar vositasida o‘quvchilarda do‘stona munosabatlarga asoslangan ijtimoiy hamkorlik ko‘nikmalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon takomillashtirilgan;
ijtimoiy hamkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan o‘yinlarning pedagogik xususiyatlari, didaktik tasnifiy tuzilma, ijtimoiy o‘yinlarning tarkibiy tashkil etuvchi elementlari mazmuni, o‘yin guruhlari mohiyatiga oid takliflaridan F1-XT-1-55237 raqamli “Pedagogik atamalar mazmunini modernizatsiyalash va unifikatsiyalash parametrlari” mavzusidagi (2012-2016 yillar) hamda F1-XT-1-31247 raqamli “O‘quvchilarda o‘zaro do‘stona munosabatlarga asoslanib hamkorlikda faoliyat ko‘rsatish ko‘nikmalarini shakllantirish strategiyasi” mavzusidagi (2012–2016 yillar) fundamental loyihalarni amalga oshirishda foydalanilgan (Xalq ta’limi vazirligining 2018 yil 5 martdagi 01-02/2-2-78-son ma’lumotnomasi). Mazkur loyihalar doirasida ishlab chiqilgan ilmiy ishlanmalar “Pedagogika” ensiklopediyasini tayyorlash, o‘zaro do‘stona munosabatlarga asoslanib hamkorlikda faoliyat ko‘rsatish ko‘nikmalarini shakllantirishning ilmiy asoslarini takomillashtirishga xizmat qilgan;
o‘yinlar vositasida ijtimoiy hamkorlik ko‘nikmalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan o‘quv jarayonlari, o‘qituvchining faoliyat funksiyalariga doir takliflari 2017 yil 18 iyuldagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-3138-sonli “O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini takomillashtirishga doir kompleks chora-tadbir to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlashda fan o‘qituvchilari, sinf rahbarlari, maktab psixologi, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari, yoshlar yetakchisi faoliyatini tashkil etishga muayyan darajada xizmat qilgan (Xalq ta’limi vazirligining 2018 yil 5 martdagi 01-02/2-2-78-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘yinlar vositasida o‘quvchilarda do‘stona munosabatlarga asoslangan ijtimoiy hamkorlik ko‘nikmalarini rivojlanganligini belgilovchi indikatorlar tarkibi davlat ijtimoiy buyurtmasiga muvofiq faol fuqarolik, o‘zini o‘zi rivojlantirish, milliy va umummadaniy tayanch kompetensiyalar asosida aniqlashtirilgan.