Azizova Gulnoza Ganijanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilarining kasbiy pedagogik faoliyatini takomillashtirish (ingliz tili materiallari misolida)”, 13.00.01– Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Ped10.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti.
Ilmiy rahbar: Maxmudova Muyassar Maxmudovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, PhD.28.03.2018.Ped.02.05.
Rasmiy opponentlar: Tojiev Mamarajab, pedagogika fanlari doktori, professor; Xodjaev Begzod Xudoyberdievich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: oliy ta’lim tizimida ingliz tili o‘qituvchilarining kasbiy-pedagogik faoliyatini takomillashtirish tamoyillari, shakl, metod va vositalarini aniqlashtirish asosida ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oliy ta’lim muassasalari ingliz tili o‘qituvchilarining kasbiy-pedagogik faoliyatini takomillashtirish imkoniyatlari kasbiy kompetentlik elementlari (ijtimoiy faollik, qadriyatlilik, ochiqlik, o‘ziga xoslik, uzluksizlik) tarkibini belgilash asosida aniqlashtirilgan;
ingliz tili materiallari asosida o‘qituvchilarining kasbiy-pedagogik faoliyatini rivojlantirish mazmuni interfaol yondashuvni (kommunikativ, kreativ, faollik) leksik va fonetik layoqatni rivojlantirish jarayoniga intensiv qo‘llash asosida takomillashtirilgan;
ingliz tili o‘qituvchilarining kasbiy mahoratini rivojlantirish bosqichlari (reproduktiv, ijodkorlik, novatorlik) etnomadaniy materiallarni (lingvistik, antropologik, madaniyatshunoslik) ijtimoiy-gumanitar va umumkasbiy fanlar tuzilmasiga kiritish asosida takomillashtirilgan;
ingliz tilini o‘rgatishda lingvistik, sotsiolingvistik, pragmatik, nutqiy, leksik kompetensiyalarni rivojlantirishning axborot-metodik ta’minoti axborot-kommunikatsiya, til muloqoti muhiti, o‘yinlar, mualliflik yondashuvi, kompyuter resurslari ta’sirini darajalash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilarining kasbiy-pedagogik faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan nazariy va amaliy takliflar asosida:
oliy ta’lim muassasalari ingliz tili o‘qituvchilarining pedagogik faoliyatini takomillashtirish imkoniyatlari, kasbiy kompetentlik elementlari tarkibini belgilashga oid takliflari takliflardan 5111400–ingliz tili bakalavriat yo‘nalishi Davlat ta’lim standartlarini takomillashtirishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 3 iyuldagi 89.03-2500-son ma’lumotnomasi). Natijada ingliz tili bakalavriat yo‘nalishi o‘quv dasturlarini takomillashtirish, ta’lim mazmuni va o‘qitish texnologiyalarini tanlash samaradorligini oshirishga erishilgan;
ingliz tili materiallari asosida oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilarining kasbiy-pedagogik faoliyati mazmuni, tizimli-struktur tahlilga asoslangan samarali hamkorlikdagi faoliyatni takomillashtirish, ingliz tili o‘qituvchilarining kasbiy mahoratini rivojlantirish bosqichlarini aniqlashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalaridan OT-F8-062 raqamli “Ingliz tili o‘qituvchilarining kasbiy faoliyatini tashkil etish texnologiyalari” (2016-2019 yy.) amaliy loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 3 iyuldagi 89.03-2500-son ma’lumotnomasi). Natijada oliy ta’lim muassasasi ingliz tili o‘qituvchilari faoliyatini zamonaviy yangi yondashuvlar (lingvomadaniy, antropotsentrik, pragmatik) asosida takomillashtirishga erishilgan;
ingliz tilini o‘rgatishda kommunikativ, lingvistik, sotsiolingvistik, pragmatik, nutqiy, leksik kompetensiyalarni rivojlantirishning axborot-metodik ta’minoti axborot-kommunikatsiya, til muloqoti muhiti, o‘yinlar, mualliflik yondashuvi, kompyuter resurslari ta’sirini darajalashga doir taklif va tavsiyalardan “Ingliz tili” fanlarining nazariy va amaliy mashg‘ulot jarayonlarida dasturiy-didaktik majmua va tavsiyalarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 3 iyuldagi 89.03-2500-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarda lingvistik kompetensiyalarni shakllantirish, tilni o‘zlashtirish malakalari bo‘yicha turg‘un ko‘nikma va tasavvurlarni kengaytirish imkoniyati oshirishga erishilgan.