Toshboev Jamshid Eshboevich

Siyosiy fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon.

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi: “Jamiyatning siyosiy tizimi transformatsiyalashuvida barqaror taraqqiyotni ta’minlashning asosiy yo‘nalishlari”.
Ixtisoslik shifri: 23.00.02-Siyosiy institutlar, jarayonlar va texnologiyalar.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Ss98
Ilmiy rahbar: Musaev Odil Rahmatovich, falsafa fanlar doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti
IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi DSc.03/2025.27.12.Ss.01.09 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar:
Axmedov Xusniddin Aliqulovich, siyosiy fanlar doktori (DSc), professor;
Yusubov Jamshid Qadamovich, siyosiy fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi:
Jamiyatning siyosiy tizimi transformatsiyalashuvida barqarorlikni ta’minlashning ahamiyati, tamoyillari va asosiy yo‘nalishlarini ochib berish hamda siyosiy transformatsiyani demokratik va avtoritar tendensiyalar bilan birga o‘zaro ta’sir ko‘rsatadigan tizim sifatida o‘rganish va rivojlanish istiqbollarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
jamiyat siyosiy tizimi transformatsiyalashuvi sharoitida barqaror taraqqiyotni ta’minlash va hokimiyat legitimligini mustahkamlashning ichki va tashqi omillar uyg‘unligiga asoslangan siyosiy-funksional modeli ishlab chiqilgan bo‘lib, unda milliy davlatchilik institutlari tajribasi, siyosiy lider avtoriteti va sharqona siyosiy madaniyatning ichki omillar sifatida, demokratik siyosiy tartibot, hokimiyatlar bo‘linishi va siyosiy plyuralizmning tashqi omillar sifatida o‘zaro mutanosibligi siyosiy tizimning barqaror transformatsiyalashuvining qonuniy zarurati ekanligi asoslangan;
globallashuv sharotida jamiyat siyosiy tizimi transformatsiyalashuvining modernizatsiyaviy xususiyati aniqlanib, uning innovatsion o‘zgarishlar bilan uzviy aloqadorligi asoslangan hamda barqaror taraqqiyotni ta’minlashga ta’sir etuvchi “qat’iy tartib – kreativlik – ijodiy faollik – evristik echim” kabi siyosiy-institutsional xususiyatlarning o‘zaro uyg‘unligi asosida transformatsiya jarayonlarining samaradorligini oshirish mexanizmi takomillashtirilgan;
jamiyat siyosiy tizimi transformatsiyalashuvida siyosiy elita va elektorat o‘rtasidagi munosabatlarning xalqchillik, progressivlik, o‘zaro manfaatdorlik va pragmatizm tamoyillari asosida tashkil etilishi siyosiy barqarorlik, ijtimoiy ishonch va konstruktiv siyosiy muloqotni ta’minlovchi muhim institutsional omil ekanligi asoslanib, davlat hokimiyati va fuqarolar o‘rtasidagi ikki tomonlama siyosiy kommunikatsiyani kuchaytirishga qaratilgan funksional yondashuv takomillashtirilgan;
yangi O‘zbekiston sharoitida jamiyat siyosiy tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarning global siyosiy transformatsiya tendensiyalari, milliy siyosiy ongdagi sifat o‘zgarishlari va barqaror taraqqiyotning strategik maqsadlari bilan o‘zaro uyg‘unligi ilmiy asoslanib, siyosiy tizim transformatsiyasining barqarorligini ta’minlashning “ochiqlik - qonuniylik - siyosiy ishtirok - ijtimoiy sheriklik - institutsional samaradorlik” tamoyillariga asoslangan ustuvor yo‘nalishlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tadqiqotning natijalari, undagi ilmiy xulosa va takliflarning amaliyotga joriy etilayotganligi bo‘yicha quyidagi tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilgan:
jamiyat siyosiy tizimi transformatsiyalashuvi sharoitida barqaror taraqqiyotni ta’minlash va hokimiyat legitimligini mustahkamlashning ichki va tashqi omillar uyg‘unligiga asoslangan siyosiy-funksional modeli ishlab chiqilgan bo‘lib, unda milliy davlatchilik institutlari tajribasi, siyosiy lider avtoriteti va sharqona siyosiy madaniyatning ichki omillar sifatida, demokratik siyosiy tartibot, hokimiyatlar bo‘linishi va siyosiy plyuralizmning tashqi omillar sifatida o‘zaro mutanosibligi siyosiy tizimning barqaror transformatsiyalashuvining qonuniy zarurati ekanligiga oid xulosalardan O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasining “Yangi O‘zbekistonning 2022-2026-yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasi”ni 2022-yilda amalga oshirishga oid davlat Dasturi ijrosini ta’minlash bo‘yicha partiya “Yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining 2023-yil 10-apreldagi 01-27/111 sonli ma’lumotnomasi). Natijalar O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining dacturiy hujjatlari, yo‘l xaritalarini ishlab chiqishda hamda targ‘ibot ishlarini tizimli yo‘lga qo‘yishga hizmat qilgan;
globallashuv sharotida jamiyat siyosiy tizimi transformatsiyalashuvining modernizatsiyaviy xususiyati aniqlanib, uning innovatsion o‘zgarishlar bilan uzviy aloqadorligi asoslangan hamda barqaror taraqqiyotni ta’minlashga ta’sir etuvchi “qat’iy tartib – kreativlik – ijodiy faollik – evristik echim” kabi siyosiy-institutsional xususiyatlarning o‘zaro uyg‘unligi asosida transformatsiya jarayonlarining samaradorligini oshirish mexanizmi takomillashtirilishiga doir xulosalardan O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi faoliyatida foydalanildi. Jumladan, jamiyatning siyosiy tizimi transformatsiyalashuvida barqaror rivojlanishni ta’minlashning asosiy yo‘nalishlaridan biri jamiyat a’zolari siyosiy faolligini oshirish va fuqarolarda faol hayotiy pozisiyani shakllantirish uchun milliy-madaniy merosimiz va qadriyatlarimizni fuqarolar, ayniqsa, yoshlar ongiga singdirish bilan bog‘liq jarayonlarda siyosiy partiyalarning faolligini yanada oshirishga oid taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining 2022-yilga mo‘ljallangan ish rejasining IV. “Ijtimoiy sohani rivojlantirish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlar” bo‘limining “Buyuk alloma va adiblarimiz, aziz avliyolarimiz, engilmas sarkarda va arboblarimizning bebaho merosi, milliy qahramonlarimiz jasoratini yoshlar ongiga bolalikdan boshlab singdirish, ularda milliy g‘urur va iftixor tuyg‘ularini shakllantirish va siyosiy madaniyatini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratish” kabi bandlarini tayyorlashda foydalanildi (O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining 2023-yil 12-apreldagi 02/02-21 sonli ma’lumotnomasi). Natijada mazkur taklif va tavsiyalar partiyaning ushbu yo‘nalishda amalga oshirayotgan ishlari samaradorligini rivojlantirishga katta hissa qo‘shgan;
jamiyat siyosiy tizimi transformatsiyalashuvida siyosiy elita va elektorat o‘rtasidagi munosabatlarning xalqchillik, progressivlik, o‘zaro manfaatdorlik va pragmatizm tamoyillari asosida tashkil etilishi siyosiy barqarorlik, ijtimoiy ishonch va konstruktiv siyosiy muloqotni ta’minlovchi muhim institutsional omil ekanligi asoslanib, davlat hokimiyati va fuqarolar o‘rtasidagi ikki tomonlama siyosiy kommunikatsiyani kuchaytirishga qaratilgan funksional yondashuv takomillashtirilganligiga oid ilmiy-nazariy xulosalardan Agentlik tomonidan tashkil etilgan “Yoshlarning huquqiy va siyosiy madaniyatini oshirishning dolzarb muammolari”, “O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishning dolzarb masalalari”, “Yoshlar kelajak – bunyodkori” shiori ostida uyushmagan yoshlar bilan ishlashning ilmiy-amaliy masalalari mavzularidagi Respublika konferensiyalari hamda “Yosh vatandoshlar”, “Yoshlar poezdi”, “Yashil makon” targ‘ibot aksiyasi doirasida tashkil etilgan “Istiqlol farzandlari” festivallari konsepsiyalarini tayyorlashda keng foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining 2023-yil 06-apreldagi 3-10-21-885 sonli ma’lumotnomasi). Natijalar O‘zbekiston yoshlar ittifoqining dacturiy hujjatlari, yo‘l xaritalarini ishlab chiqishda hamda targ‘ibot ishlarini tizimli yo‘lga qo‘yishga hizmat qilgan;
yangi O‘zbekiston sharoitida jamiyat siyosiy tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarning global siyosiy transformatsiya tendensiyalari, milliy siyosiy ongdagi sifat o‘zgarishlari va barqaror taraqqiyotning strategik maqsadlari bilan o‘zaro uyg‘unligi ilmiy asoslanib, siyosiy tizim transformatsiyasining barqarorligini ta’minlashning “ochiqlik - qonuniylik - siyosiy ishtirok - ijtimoiy sheriklik - institutsional samaradorlik” tamoyillariga asoslangan ustuvor yo‘nalishlari ishlab chiqilganligiga doir xulosalardan O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasining “Yangi O‘zbekistonning 2022-2026-yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasi”ni 2022-yilda amalga oshirishga oid davlat Dasturi ijrosini ta’minlash bo‘yicha partiya “Yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining 2023-yil 10-apreldagi 01-27/111 sonli ma’lumotnomasi). Natijada jamiyatning siyosiy tizimi uning substansional negizlari transformatsiyalashuviga doir xulosalar elektorat o‘rtasida mafkuraviy immunitetni shakllantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va mafkuraviy-targ‘ibot ishlarini olib borishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish