Turakulova Shaxnoza Daminovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi imoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Aqli zaif bolalarda grafomotor malakalarni shakllantirish texnologiyalari”, 13.00.03 – Maxsus pedagogika (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.2.PhD/Ped13047.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Bekmirzaev Mavlon Xudayorovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.01/2026.26.08. Ped.04.03.
Rasmiy opponentlar: Fayzieva Ubayda Yunusovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent; Isodullaeva Iqboloy Sodirdinovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi aqli zaif bolalarda grafomotor malakalarni shakllantirish texnologiyalarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
aqli zaif bolalarda grafomotor malakalarni shakllantirishning korreksion-didaktik komponentlari diqqat, makonni idrok etish, mayda motorika va harakatlar koordinatsiyasini muvofiqlashtiruvchi sensomotor funksiyalarni aqliy faoliyatning fragmentli xususiyatlarini kompensatsiya qilish jarayonida differensial maqbullashtirish asosida aniqlashtirilgan;
aqli zaif bolalarda grafomotor malakalarni shakllantirishning integrativ modeli multisensor o‘quv-tarbiya tizimida kinestetik va kinetik praksis mashqlarini qisqa intervalli takrorlanuvchi algoritmda vizual simulyasiya parallelida formativ baholash tartibida qo‘llash asosida takomillashtirilgan;
aqli zaif bolalarda grafomotor malakalarni shakllantirishning korreksion-rivojlantiruvchi texnologiyalari qo‘l harakatlarini boshqarish va egiluvchan yo‘naltirishga qaratilgan interaktiv-terapiya, impulsiv kodlash usullarini psixofiziologik propedevtika mashqlari elementlari bilan implementatsiyasini ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
aqli zaif bolalarda grafomotor malakalar shakllanganligini baholash mezonlari vizual-motor koordinatsiya, harakatlarning ravonligi va dinamikasini o‘zgaruvchan qaydlarda fiksatsiyalash hamda xatolar ustida ishlashni real va imitatsion muhitda adaptiv vositalar kombinatsiyasida tezkor ta’minlash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Aqli zaif bolalarda grafomotor malakalarni shakllantirish texnologiyalarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
aqli zaif bolalarda grafomotor malakalarni shakllantirishning korreksion-didaktik komponentlari diqqat, makonni idrok etish, mayda motorika va harakatlar koordinatsiyasini muvofiqlashtiruvchi sensomotor funksiyalarni aqliy faoliyatning fragmentli xususiyatlarini kompensatsiya qilish jarayonida differensial maqbullashtirishga oid tavsiyalar “Nogiron bolalar bilan ijtimoiy ish” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026-yil 19-martdagi 3003-8769-bb81-f7f3-6a80-5723-9755-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, aqli zaif bolalarda grafomotor malakalarni shakllantirish texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlari kengaytirilgan;
aqli zaif bolalarda grafomotor malakalarni shakllantirishning integrativ modeli multisensor o‘quv-tarbiya tizimida kinestetik va kinetik praksis mashqlarini qisqa intervalli takrorlanuvchi algoritmda vizual simulyasiya parallelida formativ baholash tartibida qo‘llash bo‘yicha tavsiyalardan oligofrenopedagoglar uchun respublika malaka oshirish tizimining “Inklyuziv ta’limda o‘quvchilar faoliyatini tashkil etish va baholash” mavzusidagi qisqa muddatli kurs mazmunini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik Respublika tashxis markazining 2026-yil 8-iyundagi 01/10-01-244-sonli ma’lumotnoma). Natijada, korreksion-rivojlantiruvchi ta’lim mazmuni, shakllari va metodlarini takomillashtirishga xizmat qilgan;
aqli zaif bolalarda grafomotor malakalarni shakllantirishning korreksion-rivojlantiruvchi texnologiyalari qo‘l harakatlarini boshqarish va egiluvchan yo‘naltirishga qaratilgan interaktiv-terapiya, impulsiv kodlash usullarini psixofiziologik propedevtika mashqlari elementlari bilan implementatsiyasini ta’minlash bo‘yicha tavsiyalari Samarqand, Jizzax va Toshkent viloyatlari ixtisoslashtirilgan davlat ta’lim muassasalari o‘quv-korreksion amaliyotiga joriy etilgan (O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik Respublika tashxis markazining 2026-yil 8-iyundagi 01/10-01-244-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, aqli zaif bolalarda yozuv ko‘nikmalarini rivojlantirish metodik tizimining takomillashtirilishiga xizmat qilgan.