Sodiqov Muhammadali Abdullaxat o‘g‘lining

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Kar va zaif eshituvchi bolalar maktablarida ona tili o‘rgatish darslarini integrativ tashkil etish metodikasi”, 13.00.03 - Maxsus pedagogika (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.2.PhD/Ped13042.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat pedagogika instituti.
Ilmiy rahbar: Jo‘raxo‘jaev Muhammadaziz Xalilxo‘ja o‘g‘li, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.01/2026.26.08.Ped.04.03.
Rasmiy opponentlar: Fayzieva Ubayda Yunusovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent; Qurbonova Zilola O‘rolovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi kar va zaif eshituvchi bolalar maktablarida ona tili o‘rgatish darslarini integrativ tashkil etish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kar va zaif eshituvchi bolalar maktablarida ona tili o‘rgatish darslarini integrativ tashkil etishning korreksion-didaktik imkoniyatlari dars, yakka va tarbiyaviy mashg‘ulotlar jarayonida o‘quvchilarning faol lug‘atini boyitishga yo‘naltirilgan ish turlarini instruksiyali modellashtirilgan muloqot jarayonida diologli refleksiv munosabatda qo‘llash orqali aniqlashtirilgan;
kar va zaif eshituvchi bolalar maktablarida ona tili o‘rgatish darslarini integrativ tashkil etish modeli bloklari kombinatsiyasi muloqotga motivatsiyalovchi vaziyatboplik, moslashuvchanlik tamoyillarini daktil, og‘zaki daktil, og‘zaki nutq kabi til o‘rganish bosqichlariga individuallik darajalarda singdirish asosida takomillashtirilgan;
kar va zaif eshituvchi bolalar maktablarida ona tili o‘rgatish darslarini integrativ tashkil etishning nutqiy nafas va ovoz, artikulyasiya mashqlari hamda bog‘langan nutqni rivojlantiruvchi interfaol usullari o‘quvchilarning mustaqil muloqotiga yo‘naltirilgan o‘zaro nutqiy korreksiya jarayonda konsentrli kommunikativlik imkoniyatlariga ko‘ra takomillashtirilgan;
integrativ tashkil etilgan ona tili darslarida o‘quvchilar nutqining rivojlanganligini baholash mezonlari daktilni o‘qish, og‘zaki murojaatni tushinish, tizimli yozma bayon qilishga o‘rgatuvchi uy topshiriqlarini darsdan tashqari paytlarda nutqiy konstruksiyalarni situativ modellashtirish jarayonida personal maqbullashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kar va zaif eshituvchi bolalar maktablarida ona tili o‘rgatish darslarini integrativ tashkil etish metodikasi bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
kar va zaif eshituvchi bolalar maktablarida ona tili o‘rgatish darslarini integrativ tashkil etishning korreksion-didaktik imkoniyatlari dars, yakka va tarbiyaviy mashg‘ulotlar jarayonida o‘quvchilarning faol lug‘atini boyitishga yo‘naltirilgan ish turlarini instruksiyali modellashtirilgan muloqot jarayonida refleksiv munosabatda qo‘llashga oid tavsiyalar “Inklyuziv ta’lim. Gospital pedagogika” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 29-maydagi 194-sonli buyrug‘i asosida tasdiqlangan 194-550 raqamli guvohnomasi). Natijada, kar va zaif eshituvchi boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga ona tilini o‘qitish jarayonini nafaqat maxsus ta’limda, balki inklyuziv ta’lim sharoitida ham integrativ o‘qitish uchun metodik ta’minot takomillashtirilgan;
kar va zaif eshituvchi bolalar maktablarida ona tili o‘rgatish darslarini integrativ tashkil etish modeli bloklari kombinatsiyasi muloqotga motivatsiyalovchi vaziyatboplik, moslashuvchanlik tamoyillarini daktil, og‘zaki daktil, og‘zaki nutq kabi til o‘rganish bosqichlariga individuallik darajalarda singdirishga doir takliflari “Inklyuziv ta’lim. Gospital pedagogika” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 29-maydagi 194-sonli buyrug‘i asosida tasdiqlangan 194-550 raqamli guvohnomasi). Natijada ona tili maxsus metodikasi bo‘yicha pedagoglarning innovasion faoliyatini tashkil etish va kadrlar tayyorlash jarayonida amaliy tajribalarga yo‘naltirilgan o‘quv muhiti yaratishga xizmat qilgan;
kar va zaif eshituvchi bolalar maktablarida ona tili o‘rgatish darslarini integrativ tashkil etishning nutqiy nafas va ovoz, artikulyasiya mashqlari hamda bog‘langan nutqni rivojlantiruvchi interfaol usullari o‘quvchilarning mustaqil muloqotiga yo‘naltirilgan o‘zaro nutqiy korreksiya jarayonini tashkil etishga oid tavsiyalari Andijon, Jizzax va Toshkent viloyatlari kar, zaif eshituvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maxsus maktab-internatlarining jarayonini innovatsion tashkil etish amaliyotida qo‘llangan (O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik Respublika tashxis markazining 2025-yil 10-sentabrdagi 01/10-01-270-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchilarga ona tilini integrativ yondashuvlar asosida o‘qitishning samarali texnologiyalarini ommalashtirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish