Toshpulova Nodira Sultonmurod qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Boshlang‘ich sinf kar bolalar yozma nutqini rivojlantirishning korreksion-pedagogik texnologiyalari”, 13.00.03 – Maxsus pedagogika (pedagogika).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.1.PhD/Ped12363.
Ilmiy rahbar: Xamraeva Iroda Sayfullaevna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.01/2026.26.08.Ped.04.03.
Rasmiy opponentlar: Abdullaeva Gavhar Saparovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Tursunov Hojiakbar Hamidullo o‘g‘li, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi boshlang‘ich sinf kar bolalar yozma nutqini rivojlantirishning korreksion-pedagogik texnologiyalarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
boshlang‘ich sinf kar bolalar yozma nutqini rivojlantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlari birlamchi va ikkilamchi kamchiliklar tavsifiga ko‘ra adaptivlashtirilgan passiv va faol lug‘at diagnostikasini real va imitatsion muhitda optimallashtirish asosida ochib berilgan;
boshlang‘ich sinf kar bolalar yozma nutqini rivojlantirishning nutqiy vaziyat implusi, predmetli idrok kabi xususiy, bilingvistik yondashuv, daktilologiya va global o‘qish uyg‘unligi kabi innovatsion tamoyillar intuitiv kommunikatsiyani grafikli muloqotga transformatsiyalash jarayonida tizimli yondashuv ustuvorligida aniqlashtirilgan;
boshlang‘ich sinf kar bolalar yozma nutqini rivojlantirishning korreksion-pedagogik ish tizimi tilga o‘rgatish va predmetli amaliy ta’lim darslari integratsiyasida real buyum, uning obrazi, daktil belgisi va yozma shakli parellelida shaxsiy nutq analiziga yo‘naltiruvchi didaktik kompleksni amaliy grammatika klasteri vositasida optimallashtirish asosida takomillashtirilgan;
til o‘rgatish davrlari bo‘yicha kar bolalar nutqini rivojlantirishning verbal va noverbal komponentlari doirasida og‘zaki va analitik yozma nutq integratsiyasiga asoslangan lingvokorreksion texnologiyalar kontekstli yondashuv hamda refleksiv kommunikatsiya ustuvorligida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Boshlang‘ich sinf kar o‘quvchilar yozma nutqini rivojlantirish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot natijalari asosida:
boshlang‘ich sinf kar bolalar yozma nutqini rivojlantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlari birlamchi va ikkilamchi kamchiliklar tavsifiga ko‘ra adaptivlashtirilgan passiv va faol lug‘at diagnostikasini real va imitatsion muhitda optimallashtirishga oid tavsiyalar “Surdopsixologiya” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026-yilda 18-martdagi 5673-1717-sonli ma’lumotnoma). Natijada, kar o‘quvchilar yozma nutqini rivojlantirishning pedagogik-psixologik yondoshuvlardan metodik ta’minoti takomillashtirilgan;
boshlang‘ich sinf kar bolalar yozma nutqini rivojlantirishning nutqiy vaziyat impulsi, predmetli idrok kabi xususiy, bilingvistik yondashuv, daktilologiya va global o‘qish uyg‘unligi kabi innovatsion tamoyillar intuitiv kommunikatsiyani grafikli muloqotga transformatsiyalashga oid takliflar “Maktabgacha surdopedagogika va ta’lim-tarbiya maxsus metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026-yil 6-apreldagi 9606-6356-sonli ma’lumotnoma). Natijada, o‘quvchilar yozma nutqini rivojlantirishning tayyorlov bosqichi mazmunini takomillashtirishga xizmat qilgan;
boshlang‘ich sinf kar bolalar yozma nutqini rivojlantirishning korreksion-pedagogik ish tizimi tilga o‘rgatish va predmetli amaliy ta’lim darslari integratsiyasida real buyum, uning obrazi, daktil belgisi va yozma shakli parellelida shaxsiy nutq analiziga yo‘naltiruvchi didaktik kompleksni amaliy grammatika klasteri vositasida optimallashtirishga oid takliflari respublika bo‘yicha maxsus maktab-internatlari o‘quv jarayoni amaliyotiga joriy etilgan (O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik tashxis Respublika markazining 12-iyun 2026-yildagi 01/10-01-249-sonli ma’lumotnoma). Natijada, taklif etilgan korreksion-rivojlantiruvchi texnologiyalarning ommalashishiga xizmat qilgan.