Do‘stmuhammedova Gulhayo Do‘stmuxamedovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon matni

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Musiqiy to‘garaklar vositasida umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilarini kasbiy tayyorgarligini rivojlantirish”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Ped2801.
Ilmiy rahbar: Panjiev Qurbonniyoz Berdievich, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti huzuridagi ilmiy daraja beruvchi DSc.01/2025.28.11.Ped.01.01 raqamli ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Kiyamov Nishon Sadikovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Abdullaeva Shaxzoda Abdullaevna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat pedagogika instituti.
II. Tadqiqotning maqsadi: musiqiy to‘garaklar vositasida umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilarini kasbiy tayyorgarligini rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
umumiy o‘rta ta’lim tizimida musiqiy to‘garaklar faoliyati o‘quvchilarning kasbiy tayyorgarligini shakllantirishning mustaqil pedagogik mexanizmi sifatida konseptual jihatdan asoslash, o‘quvchilarning musiqiy-ijodiy faoliyat samaradorligi, o‘zaro qayta aloqaga kirishish barqarorligi yuqori darajasi ta’limning prakseologik uzviyligini rivojlantirish asosida aniqlashtirilgan;
musiqiy to‘garaklar vositasida umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilarining kasbiy tayyorgarligini rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlari tizimlashtirish, kasbiy tayyorgarlikning tashkiliy-pedagogik, psixologik-didaktik va ijtimoiy-motivatsion omillarni refleksiv mexanizmlari asosida cholg‘u va xonandalik ijrochiligini egallashning individual ta’lim traektoriyasiga faol musiqiy terapiyani barqaror qo‘llash asosida aniqlashtirilgan;
musiqiy to‘garaklar vositasida umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilarining kasbiy tayyorgarligini rivojlantirish modeli pedagogik muhit va individual-psixologik xususiyatlarga kreativ, refleksiv moslashish hamda o‘quvchilarning ijodkorlik darajasining diagnostik strategiyasi kollobrativligini refleksiv ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilarining musiqiy to‘garaklar vositasida kasbiy tayyorgarligini rivojlantirish texnologiyalarini ishlab chiqish va ierarxik tartibda joylashtirilgan o‘quv maqsadlari o‘quvchilarning kasbiy rivojlantirish darajalari, mezonlari va ko‘rsatgichlarini samaradorligini aniqlash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Musiqiy to‘garaklar vositasida umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilarini kasbiy tayyorgarligini rivojlantirish yuzasidan ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflari asosida:
umumiy o‘rta ta’lim tizimida musiqiy to‘garaklar faoliyati o‘quvchilarning kasbiy tayyorgarligini shakllantirishning mustaqil pedagogik mexanizmi sifatida konseptual jihatdan asoslash, o‘quvchilarning musiqiy-ijodiy faoliyat samaradorligi, o‘zaro qayta aloqaga kirishish barqarorligi yuqori darajasi ta’limning prakseologik uzviyligini rivojlantirish asosida aniqlashtirishga oid takliflar “Musiqa to‘garaklarini tashkil etish” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 29-maydagi 232-sonli buyrug‘i). Natijada, musiqiy to‘garaklar vositasida o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirishning musiqiy-ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirish hamda kasbga yo‘llash jarayonining pedagogik imkoniyatlari yaratilgan;
musiqiy to‘garaklar vositasida umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilarining kasbiy tayyorgarligini rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlari tizimlashtirish, kasbiy tayyorgarlikning tashkiliy-pedagogik, psixologik-didaktik va ijtimoiy-motivatsion omillarni refleksiv mexanizmlari asosida cholg‘u va xonandalik ijrochiligini egallashning individual ta’lim traektoriyasiga faol musiqiy terapiyani barqaror qo‘llash asosida aniqlashtirishga oid takliflar “Fortepiano” darsligi mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 21-avgustdagi 316-sonli buyrug‘i). Natijada, musiqiy to‘garaklar vositasida umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilarini kasbiy tayyorgarligini rivojlantirishga erishilgan;
musiqiy to‘garaklar vositasida umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilarining kasbiy tayyorgarligini rivojlantirish modeli pedagogik muhit va individual-psixologik xususiyatlarga kreativ, refleksiv moslashish hamda o‘quvchilarning ijodkorlik darajasining diagnostik strategiyasi kollobrativligini refleksiv ta’minlash asosida takomillashtirishga oid takliflar doirasida tadqiqot vazifalari ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2025 yil 22-martdagi M-05-1753/04-son ma’lumotnomasi, O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazining 2026-28- yanvardagi 01/01-01-45 ma’lumotnomasi). Natijada, musiqiy to‘garaklar vositasida umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilarini kasbiy tayyorgarligini rivojlantirishda eksperimental taqqoslash va uning samaradorligini aniqlash imkoniyati yaratilgan;
umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilarining musiqiy to‘garaklar vositasida kasbiy tayyorgarligini rivojlantirish texnologiyalarini ishlab chiqish va ierarxik tartibda joylashtirilgan o‘quv maqsadlari o‘quvchilarning kasbiy rivojlantirish darajalari, mezonlari va ko‘rsatgichlarini samaradorligini aniqlash asosida takomillashtirishga oid takliflar “Musiqa to‘garaklarini tashkil etish” o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 29-maydagi 232-sonli buyrug‘i). Natijada, o‘quvchilarini musiqiy to‘garaklar vositasida kasbga yo‘naltirish mexanizmlari o‘quvchilarda musiqiy-ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirish orqali ularni kasbga yo‘llash jarayonining pedagogik imkoniyatlarini tahlil etish imkoniyati oshirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish