Ubbiev Alisher Taiirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon matni

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarini boshqarishda sun’iy intellektdan foydalanish mexanizmlarini takomillashtirish”, 13.00.07 – Ta’limda menejment (pedagogika).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.1.PhD/Ped12505.
Ilmiy rahbar : Ismailov Abduvali Abdumalikovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi:A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti huzuridagi ilmiy daraja beruvchi DSc.01/2025.28.11.Ped.01.01 raqamli ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Xolmurodov A’zam Shaxriyorovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent; Pardaeva Mehriniso Doniyarovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat pedagogika instituti.
II. Tadqiqotning maqsadi ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarini boshqarishda sun’iy intellektdan foydalanish mexanizmlarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarining tashkiliy-boshqaruv tuzilmasi raqamli transformatsiya talablariga muvofiq boshqaruv funksiyalarini sun’iy intellekt texnologiyalarining imkoniyatlariga adaptivlik darajasini ta’minlashga qaratilgan tamoyillar va ko‘rsatkichlarning korrelyasiyasiga ustuvorlik berish asosida aniqlashtirilgan;
ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarini strategik va operativ boshqarishning ma’lumotlarga asoslangan qaror qabul qilish jarayonlarini maqbullashtiruvchi boshqaruv modelining axborot-analitik, intellektual, qarorlar qabul qilish, monitoring komponentlari qayta aloqaga asoslangan sun’iy intellekt integratsiyasi mexanizmining optimallik darajasini qat’iy belgilash orqali takomillashtirilgan;
ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida ta’lim sifati va operatsion jarayonlarni monitoring qilish axborot tizimlarining boshqaruv arxitekturasi sun’iy intellekt modellarining vertikal va gorizontal yo‘nalishlarda integratsiyalash asosida ma’lumotlarni intellektual tahlil qilish, prognozlash va boshqaruv qarorlarini qo‘llab-quvvatlash funksiyalarini amalga oshirishning tashkiliy mexanizmini ishlab chiqish orqali takomillashtirilgan;
ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonlarini tashkil etishning sun’iy intellektga asoslangan innovatsion boshqaruv mexanizmi ta’lim oluvchilarning universal-kognitiv faoliyati, ta’lim natijalari va resurslardan foydalanish holatini intellektual tahlil qilish, voqelikning keyingi rivojini bashorat qilish, istiqbolni belgilashga doir algoritmik bosqichlarning validligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarini boshqarishda sun’iy intellektdan foydalanish mexanizmlarini takomillashtirishga doir tadqiqot natijalari asosida:
ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarining tashkiliy-boshqaruv tuzilmasini raqamli transformatsiya talablariga muvofiq boshqaruv funksiyalarini sun’iy intellekt texnologiyalarining imkoniyatlariga adaptivlik darajasini ta’minlashga qaratilgan tamoyillar va ko‘rsatkichlarning korrelyasiyasiga ustuvorlik berish asosida aniqlashtirishga doir takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 14-apreldagi PF–106-son “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog‘ini kengaytirish to‘g‘risida”gi Farmoni loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2026-yil 8-iyundagi 03-33-2894-son ma’lumotnomasi). Natijada, ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarini boshqarishda dalillarga asoslangan qaror qabul qilish hamda boshqaruv samaradorligini oshirish imkoniyatlari kengaytirilgan;
ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarini strategik va operativ boshqarishning ma’lumotlarga asoslangan qaror qabul qilish jarayonlarini maqbullashtiruvchi boshqaruv modelining axborot-analitik, intellektual, qarorlar qabul qilish, monitoring komponentlarini qayta aloqaga asoslangan sun’iy intellekt integratsiyasi mexanizmining optimallik darajasini qat’iy belgilash orqali takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalar “Sun’iy intellekt bilan tanishuv” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirildi (Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2026-yil 8-iyundagi 03-33-2894-son ma’lumotnomasi). Natijada, ixtisoslashgan ta’lim muassasalari rahbar-kadrlari va pedagoglarining sun’iy intellektdan foydalanishga doir ko‘nikma va malakalarini rivojlantirishga xizmat qilgan;
ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida ta’lim sifati va operatsion jarayonlarni monitoring qilish axborot tizimlarining boshqaruv arxitekturasini sun’iy intellekt modellarining vertikal va gorizontal yo‘nalishlarda integratsiyalash asosida ma’lumotlarni intellektual tahlil qilish, prognozlash va boshqaruv qarorlarini qo‘llab-quvvatlash funksiyalarini amalga oshirishning tashkiliy mexanizmini ishlab chiqish orqali takomillashtirishga doir takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 1-martdagi PF–55-son “Ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog‘ini kengaytirish va ularning faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni loyihasini ishlab chiqish jarayonida foydalanilgan (Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2026-yil 8-iyundagi 03-33-2894-son ma’lumotnomasi). Natijada, ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida o‘qitish sifatini boshqarish samaradorligini oshirishga erishilgan;
ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonlarini tashkil etishning sun’iy intellektga asoslangan innovatsion boshqaruv mexanizmini ta’lim oluvchilarning universal-kognitiv faoliyati, ta’lim natijalari va resurslardan foydalanish holatini intellektual tahlil qilish, voqelikning keyingi rivojini bashorat qilish, istiqbolni belgilashga doir algoritmik bosqichlarning validligini ta’minlash asosida takomillashtirishga doir takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 14-apreldagi PF–106-son “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog‘ini kengaytirish to‘g‘risida”gi Farmoni loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2026-yil 8-iyundagi 03-33-2894-son ma’lumotnomasi). Natijada, ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida sun’iy intellektga asoslangan innovatsion boshqaruv mexanizmini joriy etish samaradorligini oshirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish