Matnazarova Mexribon Baxtiyarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlarining kasbiy kompetentligini uzluksiz rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirish”, 13.00.07–Ta’limda menejment (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Ped232.
Ilmiy rahbar: Begimkulov Uzokboy Shoimkulovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Bosh ilmiy-metodik markaz.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Xalq ta’limi tizimi rahbar va mutaxassis xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti, Bosh ilmiy metodik markaz, DSc.30.05.2018.Ped.68.01.
Rasmiy opponentlar: Ismailova Zuxra Karabaevna, pedagogika fanlari doktori, professor; Zufarov Sherzod Mirdjalilovich,  pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlarining kasbiy kompetentligini uzluksiz rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlarining kasbiy kompetentligini uzluksiz rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirish yuzasidan ishlab chiqilgan ilmiy va amaliy takliflar asosida:
oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlari kasbiy kompetentligini rivojlantirish mexanizmlari adaptiv darajadan tizimli modellashtirilgan darajaga o‘tishini ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlari kasbiy kompetentligini rivojlantirish modeli ta’limning maqsadli-mazmunli komponentlarini shakllanish bosqichlarini o‘zaro integratsiyalash hamda rivojlanishning funksional-faoliyatli, shaxsiy, innovatsion, uslubiy omillari uzviyligini differensial ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlarining kreativlik darajasini baholash ko‘rsatkichlari kreativ fikrlash, o‘quv muammoli vaziyatlarni yaratish va boshqarish hamda psixologik ko‘nikmalarga ustuvorlik berish asosida ishlab chiqilgan;
oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlarining kasbiy kompetentligini uzluksiz rivojlantirishning ta’lim mazmuni individual ta’lim dasturlarini malaka oshirishning bevosita va muqobil shakllari bilan uyg‘unlashtirish asosida ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlari kasbiy kompetenligini uzluksiz rivojlantirish mexanizmini rivojlantirish va takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlari kasbiy kompetentligini rivojlantirishni adaptiv darajasining funksional-faoliyatli, shaxsiy hamda tizimli modellashtirilgan darajasining innovatsion, uslubiy omillari motivatsiyali yondashuvlar asosida aniqlangan mexanizmlar Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 30 noyabr` 877-sonli buyrug‘i asosida pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish kurslarida o‘qitish natijalarini tashxis qilish maqsadida ta’lim jarayoniga joriy qilingan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 3 oktyabrdagi 89-02-2786-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida ta’lim muassasalari pedagog kadrlari kasbiy kompetentligini uzluksiz rivojlantirish pedagogik imkoniyatlari kengaytirilgan;
pedagog kadrlarni kasbiy kompetentligini rivojlantirish modeli hamda kreativ fikrlash, o‘quv muammoli vaziyatlarni yaratish va boshqarish hamda psixologik ko‘nikmalarini shakllantirish mazmuni Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 30 noyabr` 877-sonli buyrug‘i asosida kurslar faoliyatiga joriy qilingan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 3 oktyabrdagi 89-02-2786-son ma’lumotnomasi). Natijada malaka oshirish kurslari ta’lim jarayonining mazmuni takomillashtirilgan va natijaviyligi ta’minlangan hamda pedagog kadrlarda kreativ salohiyat oshgan;
malaka oshirishning bevosita va bilvosita shakllarini uyg‘unlashtirish, pedagogik faoliyatni tashxislash dasturlarini joriy etish hamda pedagogik innovatsiyalarni generatsiyalash asosida kasbiy kompetentlikni uzluksiz rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori loyihasining 1-ilovasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil  3 oktyabrdagi 89-02-2786-son ma’lumotnomasi).  Natijada kasbiy faoliyatni samarali tashkil qilish va natijaviyligini ta’minlash bo‘yicha bilimlar, malaka va ko‘nikmalarni rivojlantirishning  uzluksiz tizim mexanizmlari takomillashtirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish