Soxibova O‘g‘iloy Nuralievnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ingliz adabiyotining neoromantizm kontekstida Robert Luis Stivenson ijodi”, 10.00.04 – Evropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/Fil6498.
Ilmiy rahbar: Adilova Shaxnoza Raximovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, DSc.03/2026.31.01.Fil.45.01.
Rasmiy opponentlar: Umarova Mahliyo Yunusovna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor (Kengash a’zosi); Nasriddinov Dilshod A’zamqulovich, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.    Tadqiqotning maqsadi ingliz adabiyotining neoromantizm kontekstida Robert Luis Stivenson ijodini nazariy-adabiy, estetik va badiiy-falsafiy jihatdan kompleks tahlil qilish, neoromantizmning romantizm va modernizm bilan bog‘liqligi hamda yozuvchi tomonidan shakllantirilgan yangi neoromantik qahramon modelini badiiy-estetik tizim sifatida yoritishdan iborat.
III.    Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
XIX va XX asrlar boshlarida neoromantizm olamni badiiy idrok qilishning adabiy-estetik o‘ziga xos xususiyatlariga ega, romantizm va simvolizmning badiiy an’analarini birlashtirgan adabiy harakat sifatida Evropa madaniyatining estetik utopiyalari va distopiyalarining yangi romantik sintezlarini shakllantirgani ilmiy asosda dalillangan;
klassik romantizm an’analari tarixiy, ijtimoiy va estetik jihatdan qayta talqin qilingan “Treasure Island”, “Kidnapped”, “Catriona”, “The Black Arrow” romanlarining neoromantik poetikasi, sarguzasht, tarixiylik va falsafiy-axloqiy mavzular, shaxs erki, qahramonlik kabi g‘oyalar, estetik ideal muammosi shakl va mazmun kategoriyalari asosida ochib berilgan;
neoromantik yozuvchi Robert Luis Stivensonning sarguzashtlarga boy syujet va romantik ruh hukmron bo‘lgan romanlari misolida ma’nan yuksalishga intilgan qahramon konsepsiyasi, axloqiy dualizm, realistik tafsilotlar va romantik ideal uyg‘unligi kabi neoromantizmning estetik tamoyillari aniqlangan;
neoromantizmning impressionizm, simvolizm va naturalizm tamoyillari bilan uzviyligi, janrlar tizimidagi erkinlik (drama, roman, hikoya, ertak, she’riyatning turli janrlari va boshqalarga murojaat qilish), yangi janrlarni izlash, stilizatsiyaning ustunligi, tush motivi, qahramon ruhiyatidagi evrilishlar neoromantik badiiy model sifatida asoslangan holda Stivenson ijodining keyingi adabiy jarayonlar, xususan, modernizm va ekzistensial tafakkur rivojiga ko‘rsatgan ta’siri isbotlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz adabiyotining neoromantizm kontekstida Robert Luis Stivenson ijodi sifatida talqin qilish natijalari asossida:
XIX va XX asrlar boshlarida neoromantizm olamni badiiy idrok qilishning adabiy-estetik xususiyatlarini o‘ziga xos tarzda namoyon etishi, romantizm va simvolizmning badiiy an’analarini birlashtirgan adabiy harakat sifatida Evropa madaniyatining estetik utopiyalari va distopiyalarining yangi romantik sintezlarini shakllantirishi bo‘yicha ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Yoshlar” telekanalining “Yangi Davr”, “Rostini ayting”, “Maxsus reportaj” kabi bir qator ko‘rsatuvlarning ssenariysini yozishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Yoshlar” telekanalining 2026-yil 4-fevraldagi 14-01-23-son ma’lumotnomasi). Natijada tomoshabinlarning, xususan, yoshlarning badiiy tafakkuri, estetik didi va neoromantik estetik tafakkurga bo‘lgan qiziqishini rivojlantirishga xizmat qilgan;
klassik romantizm an’analari tarixiy, ijtimoiy va estetik jihatdan qayta talqin qilingan “Treasure Island”, “Kidnapped”, “Catriona” romanlarining neoromantik poetikasi, sarguzasht, tarixiylik va falsafiy-axloqiy mavzular, shaxs erki, qahramonlik kabi g‘oyalar, estetik ideal muammosi shakl va mazmun kategoriyalari asosida ochib berilgan ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Badiiy tarjima kengashining 2025-yil yakunlariga bag‘ishlangan hisobot yig‘ilishi hamda 2025-yil 12-13-iyun kunlari o‘tkazilgan Respublika tarjimonlar forumi ishida foydalanilgan (O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining 2026-yil 2-fevraldagi 01-03/52-son ma’lumotnomasi). Natijada badiiy tarjima sifatini takomillashtirish, neoromantik asarlarni chuqurroq tahlil qilish hamda tarjimonlarning kasbiy mahoratini oshirish imkonini bergan;
neoromantik yozuvchi Robert Luis Stivensonning sarguzashtlarga boy syujet va romantik ruh hukmron bo‘lgan romanlari misolida ma’nan yuksalishga intilgan qahramon konsepsiyasi, axloqiy dualizm, realistik tafsilotlar va romantik ideal uyg‘unligi kabi neoromantizmning estetik tamoyillari aniqlangani va neoromantizmning impressionizm, simvolizm va naturalizm tamoyillari bilan uzviyligi, janrlar tizimidagi erkinlik (drama, roman, hikoya, ertak, she’riyatning turli janrlari va boshqalarga murojaat qilish), yangi janrlarni izlash, stilizatsiyaning ustunligi, tush motivi, qahramon ruhiyatidagi evrilishlar neoromantik badiiy model sifatida asoslangan holda Stivenson ijodining keyingi adabiy jarayonlar, xususan, modernizm va ekzistensial tafakkur rivojiga ko‘rsatgan ta’siri bo‘yicha ilmiy xulosalardan O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida 2023–2025-yillarda bajarilgan IL-27-4722022413-sonli “Qiyosiy adabiyotshunoslik” fanining “Komparativistika” elektron platformasini yaratish mavzusidagi innovatsion loyiha doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 2026-yil 7-apreldagi 04-04/2016-son ma’lumotnomasi). Olingan ilmiy xulosalar jahon adabiyotshunosligida romantizm, neoromantizm va modern adabiy tafakkur o‘rtasidagi aloqadorlik, ma’nan poklanishni maqsad qilgan qahramon muammolarini chuqurroq anglashga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish