Saidov Baxramjon Abduraimovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Amir Temurning “Temur tuzuklari” asari inglizcha tarjimasidagi antroponimlarning lingvokognitiv va lingvomadaniy jihatdan qiyosiy tahlili. 10.00.13 – Qiyosiy va chog‘ishtirma tilshunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Fil2290.
Ilmiy rahbar: Vositov Valijon Abduvaxobovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat chet tillari instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat chet tillari instituti, DSc.03/2025.27.12.Fil.32.02.
Rasmiy opponentlar: Saidxonov Ma’mirjon Muxammedovich, filologiya fanlari doktori, (DSc), professor. Mirsanov G‘aybullo Qulmurodovich, filologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Amir Temurning “Temur tuzuklari” asari hamda uning ingliz tilidagi muqobilida qo‘llangan antroponimlarning lingvokognitiv va lingvomadaniy xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
antroponimika tizimidagi kishilar nomini anglatuvchi birliklarni lingvomadaniy jihatdan nomlashning farqlash, sodda, murakkab kabi semantik-struktur, qiyoslash-ajratish hamda vaziyat va jarayonlarni atashdagi funksional-nominatsion va nomlashda ma’lum belgi-xususiyatlarga asoslanish kabi funksional-motivatsion aspektlari hamda antroponimlarning onomastik birlik sifatidagi lisoniy maqomi, vazifalari, kommunikatsiya jarayonida tutgan o‘rnini ochib berilgan;
tadqiqot doirasida antroponimlarning struktural-semantik, kognitiv-konseptual va lingvomadaniy xususiyatlari qiyosiy tahlil asosida o‘rganilib, mazkur jarayon tarixiy-diaxronik metod orqali yoritildi, buning natijasida qiyoslanayotgan tillar antroponimik tizimida mavjud bo‘lgan umumiy (universal) va o‘ziga xos (unikal) jihatlar ilmiy asosda aniqlangan;
o‘zbek tilidagi ismlarning shakllanish jarayoni tarixiy, kognitiv, fonetik, leksik-semantik hamda grammatik jihatlar asosida tahlil qilinib, ularning shakllanish mexanizmlari aniqlashtirildi, shuningdek, mazkur antroponimlarning tasnifi hamda nominatsion-motivatsion xususiyatlari ilmiy jihatdan asoslangan;
“Temur tuzuklari” asarida uchraydigan antroponimlarning shaxsga doir ijtimoiy munosabatlar, urf-odatlar va milliy qadriyatlar bilan bog‘liq madaniy mazmunni aks ettirishi, shuningdek, ularning ikkilamchi nominatsiya vositasi sifatida namoyon bo‘ladigan lisoniy hamda kognitiv ifoda xususiyatlari dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz va o‘zbek tillari antroponimik tizimidagi laqab va taxalluslar tadqiqi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
o‘zbek antroponimika tizimidagi kishilar nomini anglatuvchi birliklarni lingvomadaniy jihatdan nomlashning farqlash, sodda, murakkab kabi semantik-struktur, qiyoslash-ajratish hamda vaziyat va jarayonlarni atashdagi funksional-nominatsion va nomlashda ma’lum belgi-xususiyatlarga asoslanish kabi funksional-motivatsion aspektlari hamda antroponimlarning onomastik birlik sifatidagi lisoniy maqomi, vazifalari, kommunikatsiya jarayonida tutgan o‘rnini ochib berishdagi ilmiy natijalar va materiallardan Davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasidagi 2022-2024-yillarda bajarilgan IL-402104209 “Axborot-qidiruv tizimlari (Google, Yandex, Google Translate) uchun avtomatik ishlov berish vositasi – o‘zbek tilining morfoleksikoni va morfologik analizatori dasturiy vositasini yaratish” amaliy grant loyihasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti umiversitetining 2026-yil 22-iyuldagi №01-4/2540-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘zbek antroponimlarining lingvomadaniy, semantik-struktur, funksional-nominatsion va funksional-motivatsion xususiyatlari, shuningdek, ularning lisoniy maqomi, vazifalari va kommunikativ ahamiyatini yoritishga oid ilmiy natijalari yordamida semantik ma’lumotlar bazasi kengaytirildi. Bu esa o‘zbek tilining morfologik analizatori va tarjima algoritmlarining aniqligini oshirishga olib kelgan.
antroponimlarning struktural-semantik, kognitiv-konseptual va lingvokulturologik xususiyatlari qiyosiy tahlil asosida o‘rganilib, mazkur jarayon tarixiy diaxronik metod orqali yoritildi, buning natijasida qiyoslanayotgan tillar antroponimik tizimida mavjud bo‘lgan umumiy (universal) va o‘ziga xos (unikal) jihatlar ilmiy asosda aniqlab berilgan xulosalardan “O‘zbekiston” teleradiokanali tomonidan tayyorlangan “Ta’lim va taraqqiyot”, “Millat va ma’naviyat”, “Adabiy jarayon”, “Jahon adabiyoti” nomli dasturlar senariysini tayyorlashda (2025-2026-yillar) foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 2026-yil 10-iyundagi 02.09.1147-son ma’lumotnomasi). Natijada, eshittirishlarning ilmiy saviyasi ortgan hamda Amir Temurning “Temur tuzuklari” asari inglizcha tarjimasidagi antroponimlarning lingvokognitiv va lingvomadaniy jihatlari bo‘yicha to‘plangan materiallar, qo‘yilgan muammolarni tadqiq etish orqali chiqarilgan xulosalar o‘zbek tilshunosligi uchun yangi ilmiy-nazariy ma’lumotlar berishi manbaa sifatida xizmat qilgan.
o‘zbek tilidagi ismlarning shakllanish jarayoni tarixiy, kognitiv, fonetik, leksik-semantik hamda grammatik jihatlar asosida tahlil qilinib, ularning shakllanish mexanizmlari aniqlashtirildi, shuningdek, mazkur antroponimlarning tasnifi hamda nominatsion-motivatsion xususiyatlari ilmiy jihatdan asoslangan xulosalardan Davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasidagi 2022-2023-yillarda bajarilgan IL-21091506 “O‘zbek ismlarining izohli imlo lug‘ati va mobil ilovasini yaratish” amaliy grant loyihasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti umiversitetining 2026-yil 22-iyuldagi №01-04/2539-son ma’lumotnomasi). Natijada, semantik ma’lumotlar bazasi kengaytirildi. Bu esa lug‘at tahriri, mobil ilovaning algoritmik strukturasi va foydalanuvchi interfeysida interaktiv tavsiyalar yaratish imkonini bergan.
“Temur tuzuklari” asarida uchraydigan antroponimlarning shaxsga doir ijtimoiy munosabatlar, urf-odatlar va milliy qadriyatlar bilan bog‘liq madaniy mazmunni aks ettirishi, shuningdek, ularning ikkilamchi nominatsiya vositasi sifatida namoyon bo‘ladigan lisoniy hamda kognitiv ifoda xususiyatlari dalillangan xulosalardan Buyuk Britaniyaning Lids universiteti hamda Andijon davlat chet tillari instituti hamkorligida amalga oshirilgan AELLCA 2025–2026 loyihasi doirasida foydalanilgan (Lids universitetining 2026-yil 22-apreldagi 1DF76A0D48-7225-481B-B0B6-3B773587795-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, “Amir Temurning “Temur tuzuklari” asari inglizcha tarjimasidagi antroponimlarning lingvokognitiv va lingvomadaniy jihatdan qiyosiy tahlili” mavzusidagi dissertatsiyasi ushbu ma’ruzalarning nazariy va amaliy mazmunini boyitishga sezilarli hissa qo‘shgan.