Djumanov Saitmurod Alibekovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Moliyaviy hisobot axborotlarini xalqaro standartlar asosida kompilyasiya qilish», 08.00.08–Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Iqt519.
Ilmiy rahbar: Xasanov Baxodir Akramovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.27.06.2017.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Ibragimov Abdugapur Karimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Tashnazarov Samiddin Nizamovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: moliyaviy hisobot axborotlarini xalqaro standartlar asosida kompilyasiya qilishni takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda moliyaviy hisobot axborot imkoniyatlari xalqaro standartlarga transformasiya qilish asosida takomillashtirilgan;
kompilyasiya tamoyillari doirasida bosh va sho‘’ba korxonalarning moliyaviy hisobotlarini konsolidasiya qilish usuli takomillashtirilgan;
kichik sanoat zonalarida faoliyat yuritayotgan xo‘jalik sub’ektlarida hisob siyosatining tarkibiy tuzilishi (tashkiliy, texnik hamda uslubiy)ning namunaviy shakli taklif etilgan;
kichik sanoat zonalarida faoliyat yuritayotgan sub’ektlarda buxgalteriya hisobini tashkil etish va yuritish bo‘yicha autsorsing xizmatlaridan foydalanish va uning samaradorligini baholash usuli taklif qilingan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Moliyaviy hisobot axborotlarini xalqaro standartlar asosida kompilyasiya qilishni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
kichik sanoat zonalarida faoliyat yuritayotgan xo‘jalik sub’ektlari uchun moliyaviy hisobotni transformasiya qilish usuli bo‘yicha taklifi “O‘ZBEKENERGO” AJning moliyaviy hisobotlarni xalqaro standartlarga o‘tkazishda foydalanilgan (“O‘ZBEKENERGO” AJning 2018 yil 3 dekabrdagi JO-01-21/6846-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif moliyaviy hisobotlarning shaffofligi va ulardagi ko‘rsatkichlar aniqligining ta’minlanishiga xizmat qilib, moliyaviy hisobotlarni xalqaro standartlarga transformatsiya qilish vaqtini tejash va mehnat resurslaridan samarali foydalanish imkonini bergan;
kompilyasiya tamoyillari doirasida moliyaviy hisobotlarni konsolidasiya qilish bo‘yicha taklifi “O‘ZBEKENERGO” AJda konsolidatsiya qilishning namunaviy nizomini ishlab chiqishda foydalanilgan (“O‘ZBEKENERGO” AJning 2018 yil 3 dekabrdagi JO-01-21/6846-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida kichik sanoat zonalarining moddiy, mehnat va moliyaviy mablag‘lari to‘g‘risidagi axborotlar umumlashtirilib, ularning investision va innovasion salohiyatini oshishiga erishilgan;
kichik sanoat zonalari sub’ektlari uchun moliyaviy hisobotni tuzish va konsolidasiya qilish uslubi bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy taklifi “Toshkent shahar Olmazor kichik sanoat zonasi” AJning namunaviy hisob siyosatini ishlab chiqishda foydalanilgan (“Toshkent shahar Olmazor kichik sanoat zonasi” AJning 2019 yil 2 apreldagi 34-b-son ma’lumotnomasi). Mazkur ishlab chiqilgan namunaviy hisob siyosatiga asosan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda moliyaviy hisobotni tuzish va moliyaviy hisobotlarni konsolidasiya qilishning tartibi hamda bosqichlari belgilab berilgan;
kichik sanoat zonalarida faoliyat yuritayotgan sub’ektlarga autsorsing xizmatlarini ko‘rsatishni tashkil etish va amalga oshirish usullari bo‘yicha taklifi “O‘ZBEKENERGO” AJning autsorsing xizmatlarini baholash mezonlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (“O‘ZBEKENERGO” AJning 2018 yil 3 dekabrdagi JO-01-21/6846-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflarning amaliyotga joriy etilishi natijasida kichik sanoat zonasida xalqaro standartlar asosida buxgalteriya hisobini tashkil etish, yuritish hamda tashqi foydalanuvchilarga moliyaviy hisobotlarni o‘z vaqtida taqdim etish ta’minlangan.